b) pnevmatik tormoz tizimi bo’yicha




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

b) pnevmatik tormoz tizimi bo’yicha:
1. Tasma tarangligini sozlash va kompressorning tehnik holatini aniqlash.
2. Havo sozlagichni tekshirish va sozlash.
3. Tormoz tizimi zichlikligini tekshirish va sozlash.
4. Tormoz kranini tekshirish va sozlash.


199
5. Tormoz kameralari shtoki yo’lini tekshirish va sozlash.
6. G’ildirak tormoz mexanizmini to’liq va qisman sozlash.
5. Umumiy ma’lumotlar:
Ko’pgina yo’l-transport hodisalari tormoz tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi. Shuning
uchun tizimdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish alohida o’rin tutishi kerak.
Hozirgi vaqtda avtomobillarda asosan gidravlik va pnevmatik tormoz tizimlari qo’llaniladi.
Tormoz tizimining ishonchliligini jihozlar yordamida va yo’l sinovlarida tekshiriladi.
Agar tekshirish jarayonida tormoz tizimi o’ziga qo’yilgan talabga javob bermasa, uning
nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish talab etiladi.
a) Gidravlik tormoz tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi:
1. Tormoz tizimini nazorat qilish.
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va zichlikligini tekshirish hamda
avtomobil g’ildiragini osib qo’yib, uning engil aylanishini aniqlash.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo’lini tekshirish va sozlash.
1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-
tormoz tepkisi; 4-to’xtash chirog’ini
yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to’xtatish
chirog’ini o’chirgich; 7-tepkini tortib
turuvchi prujini; 8-bosh stilindr.
Chizg’ichning bir uchi polga qo’yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi
va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo’lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi.
So’ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa
sozlanadi.
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni aniqlash va sozlash. GAZ-
3110, VAZ, MOSKVICh va UZDEU engil avtomobillarida qoplama va baraban orasidagi tirqish
avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo’lgan avtomobillarda (GAZ yuk
avtomobillari, PAZ avtobuslari) tirqish g’ildirakning orqa tomonidan tayanch disk (1) dagi barmoq
eksstentrigi (2) yordamida sozlanadi.
Oldi va orqa kalodkalar tayanch barmoqlari gaykasi bo’shatiladi va tormoz tepkisiga 150-
200 N kuch bilan bosiladi. Tayanch barmoqlarini ohirigacha katta kuch sarf qilmasdan buriladi va
gaykalarni tortib qo’yiladi. Tormoz tepkII qo’yib yuborilib, barabanning engil aylanishi tekshiriladi.
Agar kalodka barabanga tegib aylansa, u holda operastiya yana qaytadan bajariladi.
Baraban echilib maxsus o’lchash barabani o’rnatiladi va yassi shuplar yordamida kolodka va
baraban orasidagi tirqish aniqlanadi.
Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi (0,15 mm),
bu o’z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga sozlaydi.
4. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish.
Bosh tormoz stilindri va g’ildirak ishchi stilindrlari chang va
iflosliklardan tozalaniladi. Tormoz suyuqligi uchun sig’im qopqog’i
ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi sig’imning rezbali
qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min” belgisidan past bo’lmasligi kerak.
Ishchi stilindr chiqarish klapani (1) ning rezina qopqog’i olinib, o’rniga
rezina shlanga (2) tiqiladi va bir uchi 1
/
3...1
/
2 hajmda tormoz suyuqligi
to’ldirilgan shisha idishga tushuriladi.
Tormoz tepkisi qarshilik sezilguncha, yahni tepkining yurish
yo’li o’zgarmagunga qadar tez-tez bosib-harakatlantiriladi, so’ngra
tepkini bosib turib klapan 1
/
2...3
/
4 aylanaga buraladi va tepki ohirigacha
bosilgach klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo’yib yuboriladi.
Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom


200
ettiriladi. Operastiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va
me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat klapan qotirilib, shlanga echib olinadi. Shu havo chiqarish
ketma-ketligi eng uzoq nuqtadan yaqin nuqtagacha bosqichma-bosqich bajariladi. GMO’z engil
avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa g’ildirakdan boshlab diagnal bo’yicha amalga
oshiriladi (orqa chap-oldingi o’ng, orqa o’ng-oldingi chap).
5. Qo’l tormozini tekshirish va sozlash.
Orqa kolodka qoplamalarining edirilishi, trossning cho’zilishi, qo’l tormozi ushlagichi yo’lini
ko’payib ketishiga olib keladi. Orqa g’ildiraklarning to’liq tormozlanishi ushlagichni 2
/
3 to’liq yo’li
bo’yicha 400 N kuch bilan tortganda amalga oshadi. Uni sozlash uchun ushlagich ostiga ulangan
kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim.

Download 6,46 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish