|
b) Havo yuritmali tormoz tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi Pdf ko'rish
|
bet | 165/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,46 Mb. | | #237153 |
Bog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasib) Havo yuritmali tormoz tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi:
1. Kompressor texnik holatini aniqlash va tasmalarning tarangligini sozlash.
Kompressorni tekshirishdan avval kompressor tasmasining tarangligi tekshiriladi va
sozlanadi. Ikki shk IV o’rtasidan tasmani 30-40 N kuch bilan bosganda, uning egilishi 10-15 mm ni
tashkil etishi kerak.
Kompressorni tekshirish uchun dvigatel ishga tushirilib havo bosimining ko’tarilish tezligi
aniqlanadi. Havo bosimining 0 dan 0,6-0,7 MPa ko’tarilishi 5-6 minut davom etishi kerak.
2. Havo sozlagichni tekshirish va sozlash.
Havo sozlagich kompressorni tizimdan 0,7-0,74 MPa bosimda uzishi va 0,55-0,6 MPa
bosimda ulashi kerak. Yuqori bosim zichlagichlar sonini oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan pastki
bosim kalpokchani qotirish yoki bo’shatish yo’li bilan sozlanadi.
3.Tormoz tizimining zichlikligini tekshirish va sozlash.
Zichlik ikki uchastkada tekshiriladi:
-Kompressor - tormoz krani uchastkasi:
Ishlab turgan dvigatel o’chiriladi va havo bosimini pasayishi manometr yordamida kuzatib
boriladi. Tormoz tepkII bosilmagan holatda, bosimning 10-12 minut davomida pasayishi 0,01 MPa
dan oshmasligi kerak. Bosimning me’yoridan tez pasayishi kompressor-ressIVer-tormoz krani
uchastkasida zichliklik buzilganligini ko’rsatadi.
-Tormoz krani - tormoz kamerasi uchastkasi:
Ishlamayotgan dvigatelda tormoz tepkisi to’liq bosiladi va manometr yordamida bosimning
pasayishi tekshiriladi. Bunda bosim tezda 0,10-0,15 MPa ga pasayishi so’ngra pasaymasdan turishi
zarur. Bosimning me’yoridan pasayishi tormoz krani-tormoz kamerasi uchastkasida zichliklik
buzilganligini ko’rsatadi. Havo chiqish joyi eshitish yoki sovun aralashmasini shubhali joylarga
surtish bilan aniqlanadi.
4. Tormoz kranini tekshirish va sozlash.
Tormoz tepkisining erkin yurish yo’li chegaralovchi gayka
bilan mahkamlangan bolt yordamida sozlanadi. Tormoz
tepkisining erkin yurishi (30 ... 60 mm), tormoz krani yuqori
richagining (1...2 mm) erkin yurishga mos keladi. Tormoz tepkisi
bosilganda, yahni tormoz kamerasi va ressIVerda bosim
tenglashganda, uning orqa tomoni kabina poliga 10...30 mm
etmasligi kerak. Agar shu shart bajarilmasa, tepki tagiga
biriktirilgan vilka yordamida bu masofa sozlanadi.
5. Tormoz kameralari shtoki yo’lini tekshirish va sozlash.
Shtok yo’uining uzunligi lineyka yordamida aniqlanadi, bu oraliq
oldingi g’ildiraklarda 15...25 mm, orqa g’ildiraklarda 20...30 mm
bo’lishi kerak. Shtok yo’li, uning uchiga o’rnatilgan vilkani
oldinga yoki ketinga burash yo’li bilan sozlanadi. Sozlash davrida chap va o’ng g’ildiraklardan
kamera shtogi yo’li bir xil bo’lishi kerak.
|
| |