• 5-TAJRIBA IShI Mavzu: Avtomobillarning transmissiyasi agregatlariga TXK texnologiyasi: Avtomobillarning ilashish muftasiga TXK texnologiyasi
  • Elektr jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet162/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Elektr jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi
    bo’yicha
    Hisobot
    I
    .Ishdan maqsad:
    II
    . Ishning mazmuni:
    III
    . Jihozlar va asboblar:
    -Avtomobil turi ___________________
    -Avtomobil turi uchun yoritgichlarni sozlash ekrani shakli va uning o’lchamlari:


    196
    -NIIAT E-6 yoki PRAF-2 asbobining tuzilishi shakli
    a) optik kamera shakli:
    b) farani tekshirishda asbobni o’rnatish shakli:
    -Faranitekshirish va sozlash tartibi:
    -O’t oldirish momentini o’rnatish ketma-ketligi.
    -Xulosa:
    5-TAJRIBA IShI
    Mavzu: Avtomobillarning transmissiyasi agregatlariga TXK texnologiyasi:
    Avtomobillarning ilashish muftasiga TXK texnologiyasi
    1.Ishdan maqsad:
    Avtomobillar ilashish muftalarining nosozliklarini aniqlash, ularga TXK va T ni o’rganish.
    2. Ishning mazmuni:
    Laboratoriya ishi kafedra laboratoriya bazasida yoki ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi.
    Talabalar avtomobillarning turli xildagi ilashish muftalari nosozliklarini aniqlash, ularni diagnostika
    qilish hamda TXK texnologiyasi va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan texnologik jihoz va
    asboblar bilan tanishib ko’nikma hosil qiladilar.
    3. Jihozlar:
    1. Avtomobillar KAMAZ, ZiL, Otayo’l, Neksiya va h.k.
    2. Ko’rish chuqurchasi.
    3. Asboblar komplekti.
    4. Ishni bajarish tartibi:
    1.Ilashish muftasi va uning yuritmasini tashqi nazorat yo’li bilan texnik holatini aniqlash.
    2.Ilashish muftasi tepkisining to’liq va erkin harakatlanish yo’lini aniqlash.
    3.Ilashish muftasi yuritmasidan havoni chiqarish.
    5. Umumiy ma’lumotlar
    Avtomobil transmissiyasining asosiy agregatlaridan biri ilashish muftasi hisoblanib, uning
    ekspluatastiya jarayonida yuklanish ostida yaxshi ko’shilmaslik, to’liq ajralmaslik, birdaniga
    qo’shilish, qizib ketish, taqillash va shovqin bilan ishlash kabi nosozliklarni uchratish mumkin.
    Yuqorida keltirilgan nosozliklarni oldini olish maqsadida TXK va T ishlari bajariladi.
    TXK vaqtida tekshiruv nazorat, mahkamlash va sozlash ishlari bajariladi.
    Nazorat yo’li bilan yuritmaning zichlikligi, bachokdagi suyuqlik sathi va agregatlarni
    qotirilganligi tekshiriladi. Nazorat natijalariga ko’ra zichliklikni va qo’zg’almaslikni ta’minnlash
    uchun mahkamlash ishlari bajariladi.
    Sozlash yo’li bilan ilashish muftasi yuritmasi tepkisining to’liq harakatlanish yo’li
    me’yoriga keltiriladi. To’liq harakatlanish yo’lini aniqlash uchun ilashish muftasining tepkisi bilan
    rul chambaragining pastki qismigacha bo’lgan masofa-A aniqlanadi, so’ngra tepki to’liq bosilib
    yana masofa-V aniqlanadi. A va V masofalar orasidagi farq 130-136 mm bo’lishi kerak. Agar bu
    masofa me’yoridan farq qilsa, u holda sozlash ishlari bajariladi.


    197
    Tepki(30) ning to’liq harakatlanish yo’li 38-chegaralovchi gayka bo’shatilib, 37-tayanch
    boltni burash bilan sozlanadi.
    Tepkining erkin harakatlanish yo’li esa 58-chegaralovchi gayka bo’shatilib, 57-shtokning
    uzunligini o’zgartirish bilan sozlanadi. Tepkining erkin yurish yo’li 8-15 mm oralig’ida bo’lishi
    kerak.
    Ilashish muftasining yuritmasidan havoni chiqarish asosan bosh yoki ishchi stilindrlarning
    manjetlari almashtirilganda yoki yuritma quvuri germetiksizligini bartaraf qilinganda amalga
    oshiriladi.
    Buning uchun ishchi stilindr chang va iflosliklardan tozalaniladi. Ilashish muftasi
    yuritmasining suyuqlik quyish sig’imining qopqog’i
    ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi
    sig’imnin rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min”
    belgisidan past bo’lmasligi kerak. Ishchi stilindrning
    chiqarish klapani (59) ning rezina qopqog’i olinib,
    o’rniga rezina shlanga tiqiladi va bir uchi 1
    /
    3...1
    /
    2
    hajmda tormoz suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga
    tushuriladi. Yuritma tepkisi qarshilik sezilguncha, yahni
    tepkining yurish yo’li o’zgarmagunga qadar tez-tez
    bosib harakatlantiriladi, so’ngra tepkini bosib turib
    klapan 1
    /
    2...3
    /
    4 aylanaga buraladi va tepki ohirigacha
    bosilgach klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin
    qo’yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo
    pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi.
    Operastiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz
    suyuqligi sathi tekshirilib va me’yoriga keltirib turiladi.
    Nihoyat klapan qotirilib, shlanga echib olinadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish