|
Gaz apparaturasini tekshirish va rostlash Pdf ko'rish
|
bet | 158/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,46 Mb. | | #237153 |
Bog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi5.2. Gaz apparaturasini tekshirish va rostlash.
Ikki bosqichli past bosimli gaz reduktorida (3a-rasm) ikkinchi bosqichdagi bosim qiymati
dvigatelni yurg’izmasdan aniqlanadi, bir yo’la engillatish (ruzgruzochno’y) va ekonomayzer
qurilmalaridagi zichlik tekshiriladi. Reduktorning 1-bosqichidagi bosimni rostlash sozlovchi
stakanni burash orqali amalga oshiriladi (burab mahkamlansa bosim ko’payadi, bo’shatilganda esa
bosim pasayadi). Bosim qiymati 0,15-0,20 MPa bo’lishi kerak, buni reduktor manometridan
ko’riladi. Bosim rostlangandan keyin stakan holati kontrgayka bilan stoporlanadi.
Tekshirishning keyingi etapida 2-bosqich klapanini yopilish germetikligi tekshiriladi.
Buning uchun reduktorning shtokini barmoq bilan bosiladi. II-boskichdagi gaz chiqarib yuboriladi.
II-bosqich klapani yopilganda manometr strelkasi bosim qiymatini ko’rsatadi. Bu bosim sekin asta
0,20 MPa gacha ko’tarilishi mumkin va bu qiymat 2 minutgacha saqlanib turishi kerak.
Reduktorning 2-bosqichdagi klapani uni maksimal ochilishiga sozlanadi. Lekin bu holatda
uni zich yopilishi saqlanib qolishi zarur. Uni sozlash uchun lyuk kopqog’i echib olinib kontrgayka
bo’shatilib vint 1/3-1/2 aylanishga buraladi va konturgayka qotiriladi. Klapanni zich yopilganligi
quloq bilan eshitib aniqlanadi. Shtok yo’li reduktor shtokini siljish masofasiga qarab aniqlanadi.
Buning uchun reduktordagi havo chiqarib yuboriladi va shtokni ohirigacha bosib uni siljish
masofasi o’lchanadi. Bu masofa 8 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Reduktorning 2-bosqichidagi bosimini sozlash ishlari sozlovchi stakan yordamida bajariladi.
Bosim qiymati esa suvli pezometrdan nazorat qilinadi. Pezometr uchlama (troynik) orqali salt
ishlash tizimiga biriktiriladi. Stakan qotirilsa bosim ko’payadi, stakan bo’shatilsa 2-bosqichdagi
bosim kamayadi. Rostlash ishlari dvigatelni 500-600 ayl/min. rejimida ishlab turgan vaqtida
bajariladi. Yaxshi to’o’ri rostlangan reduktor dvigatelni shu ishlash rejimida 2-bosqichidan
chiqishda 7-8 mm suv ustuni bosimi hosil qilishi kerak.
Chiqindi gazlarda uglerod oksidini (SO) me’yoriy qiymati GOST 17.2.2.03.87 talabiga
javob berishi kerak. Bu standartga ko’ra 1.01.80 yildan keyin ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun
salt ishlash rejimida eng kam tirsakli valni aylanishlar sonida SO miqdori 1,5 % dan, tirsakli valni
0,8 nom yoki 2000 ayl/min chastotasida SO miqdori - 2,0 % dan ko’p bo’lmasligi kerak.
|
| |