• 2-rasm. Suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunaning shakli
  • Texnik xizmat ko’rsatish
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet156/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Asosiy nosozliklar
    . Ular birinchi navbatda tizim germetikligining buzilishiga va gazning
    sizib chiqishiga bog’liqdir. Redukstiyalovchi uzelning klapanini va korpus detallarining
    birikmalarini germetik emasligi - yuqori bosim reduktorining asosiy nosozliklaridir. Drossel
    zaslonkalari ochilganda reduktorning chiqishida bosimning keskin pasayishi filtrni
    ifloslanganligidan dalolat beradi.
    Past bosimli gaz reduktorining asosiy nosozliklar – dvigatel ishlamayotganda klapanlar
    orqali gazni qo’yib yuborishi hamda gazni umuman yoki etarli darajada uzatmasligidir.
    Birinchi bosqich klapanining nogermetikligini past bosim ma-nometri yoki eshitish orqali
    aniqlash mumkin.
    Ikkinchi bosqich klapanining nogermetikligi dvigatelning o’t olishini qiyinlashtiradi, salt
    ishlash rejimida dvigatelning ishlashini yomonlashtiradi, dvigatel to’xtagandan so’ng, gaz kapot osti
    bo’shlig’iga sizib chiqadi.
    2-rasm. Suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunaning shakli:
    1- maksimal sathni ventil-ko’rsatkichi; 2-saqlagich klapani; 3- bakdagi suyuqpik sathining
    ko’rsatkichi; 4- to’ldirish ventili; 5- past bosimli ballon; 6-magistral ventil, 7- monometrlar; 9-
    bo’shatish kurilmasining trubkasi; 10, 17- o’tkazgichlar; 11- filtr; 12-ikki pog’onali reduktor; 13-
    ekonomayzer; 14-gaz o’tkazgich; 15- karbyurator-aralashtirgich; 16-bug’latgich; 18, 19- bug’ va
    suyuqlik uchun ventillar
    Birinchi bosqich diafragmasi germetikligining buzilishi na-tijasida birinchi bosqich
    prujinasining rostlash gaykasidagi teshik orqali gazning sizib chiqishi hosil bo’ladi. Ikkinchi
    bosqich diafragmasining germetikligi buzilganda esa, gaz, shu bosqichni rostlash nippeuining
    qopqog’i orqali sizib chiqadi.
    Texnik xizmat ko’rsatish
    .
    Kundalik xizmat ko’rsatish
    da, gaz bal-lonlarining
    mahkamlanishi va gaz tizimining hamma birikmalari germetikligi ko’rish orqali tekshiriladi. Ish
    kunining ohirida esa ballonlar armaturalari va sarflash ventillari germetikligi tekshiriladi. Past


    188
    bosimli gaz reduktoridan quyqum to’kiladi. Benzin o’tkazuvchi birikmalarda va elektromagnitli
    klapan-filtrda benzinning tomchilashi bor-yo’kligi tekshiriladi.
    1-TXK
    da KXK da bajariladigan ishlardan tashqari, yuqori bosimli gaz reduktorining saqlash
    klapanining ishlashi ham tekshiriladi. Magistral, to’ldirish va sarflash ventillarining shtoklaridagi
    rezbalar moylanadi. Magistral va yuqori bosimli reduktor filtrlarini filtrlash elementlari echib
    olinadi, tozalanadi va o’z o’rniga o’rnatiladi. Gaz tizimining germetikligi siqilgan azot va siqilgan
    havo bilan tekshiriladi. Dvigatelning o’t olishi va salt ishlash rejimida kanday ishlashi, ham gazda,
    ham benzinda tekshiriladi.
    2-TXK
    da KXK va 1 -TXK da bajariladigan ishlardan tashqari, past va yuqori bosimli
    reduktorlarning germetikligi tekshiriladi va lozim bo’lganda chiqishdagi bosim hamda saqlash
    klapanining ishga tushish bosimi rostlanadi (yuqori bosimli reduktorda). Past bosimli reduktorning
    birinchi va ikkinchi bosqichidagi bosim qiymati ham rostlanadi. Gaz ballonining saqlash klapanini
    hamda yuqori va past bosim manometrlarini qanday ishlashi tekshiriladi. Karbyuratorning
    mahkamlanishi hamda aralashtirgich o’tkazgichini karbyuratorga mahkamlanishi tekshiriladi.
    Isitgich echiladi, tozalab yuviladi va uning germetikligi tekshiriladi, zaslonkani hamda uning
    yuritmasini qanday ishlashi tekshiriladi, so’ng o’z joyiga o’rnatiladi. Havo filtri echiladi va tozalab
    yuviladi, uning vannasiga toza moy quyiladi. Aralashtirgich tekshiriladi va lozim bo’lganda,
    ishlatilgan gaz tarkibidagi uglerod oksidining eng kam miqdoriga rostlanadi.
    Mavsumiy xizmat ko’rsatish
    karbyurator-aralashtirgichni, reduk-torlarni, filtrlarni va
    elekromagnitli to’sish klapanlarini qismlarga ajratish, tozalash va rostlash ishlarini o’z ichiga oladi.
    Yuqori bosimli reduktorning saklash klapanining ishga tushish bosimini ham tekshirib ko’rish
    lozim. Uch yilda bir marta gaz ballonlari ko’rikdan o’tkaziladi. Qishda ishlatishga taerlashda
    cho’kindilar to’kiladi va avtomobilning benzin baki yuviladi.
    Gaz o’tkazgichlar va birikmalarni nogermetikligi quyidagicha bartaraf etiladi:
    1. Yuqori bosimli reduktor va ballonlar orasidagi trubkani ta’mirlash yoki almashtirish
    uchun (tashqi tomoni qizil bo’yoq bilan bo’yalgan) ballonlarni sarflash ventillari berkitiladi,
    tizimdagi gaz ishlatib bo’lingandan yoki chiqarib yuborilgandan so’ng qismlarga ajratiladi va
    trubka almashtiriladi.
    2. Birikmalarni nogermetikligi gaykalarni qo’shimcha burash bilan tuzatiladi. Agar bu natija
    bermasa, u holda birikma qismlarga ajratiladi, trubka uchini nippel bilan birgalikda kesib tashlanadi
    va yangi nippel kiydirilib birikma yig’iladi, bunda trubkani torest qismi shtusterning ichki torest
    qismiga qadalib turishi lozim.
    3. Shikastlangan rezinali shlanglar almashtiriladi.
    Yu qori bosimli reduktor gazning bosimini reduktordan chiqishda 1,2 MPa bo’lishini
    ta’minnlashi kerak. Rostlash ishlarini bajarishda bosimni ko’paytirish uchun vint (3-chizma) (1)
    soat strelkasi bo’yicha aylantiriladi.
    Past bosimli reduktor filtrining to’rini tozalash uchun krestovinadagi magistral ventil
    berkitiladi, gazni ishlatib bo’lib o’t ol-dirish tizimi o’chiriladi, filtrlovchi elementni bo’shatib
    chiqariladi, to’rni echib olinadi va uni benzinda, astetonda yoki boshqa qandaydir erituvchida
    yuviladi, so’ng siqilgan havo bilan purkaladi.
    3-rasm. Yuqori bosimli gaz reduktori:
    1- rostlash vinti; 2- kontrgayka; 3-
    vtulka; 4- prujina tarelkasi; 5- prujina;
    6- saqlash klapani; 7- membrana; 8-
    tashlanma gayka; 9-rudukstion klapan;
    10-reduktor korpusi; 11- klapan
    korpusi; 12-filtr; 13- vint; 14- shayba
    Reduktorni avtomobilda rostlash mumkin, buning uchun qisqa chiqarish quvurining
    teshigiga (4- rasm), pezometrni (2) ulaydigan trubkasi bo’lgan tiqin (4) o’rnatiladi. Qopqoqning


    189
    qisqa quvurini pezometrga (1) shlang yordamida, oldindan tayyorlangan uchlik (5) orqali ulanadi.
    Trubkalar (6 va 8) orqali vakuumli nasos yordamida redukgorni yuksizlantarish qurilmasidagi
    bo’shliqda siyraklanish hosil qilinadi. Birinchi bosqich bo’shlig’ini kirish joyiga filtr shtusteriga
    ulangan shlang (15) orqali, kompressorda 0,22 - 0,6 MPa bosimgacha siqilgan havo uzatiladi.
    Birinchi bosqich bo’shlig’idagi gaz bosimi 0,18 - 0,20 MPa bo’lishi lozim. U gayka (1) bilan
    rostlanadi (qotirilgan holatda bosim ko’payadi) va manometr (10) orqali nazorat qilinadi.
    Rostlashdan so’ng kontrgayka 13 qotirib qo’yiladi.
    4-rasm. Past bosimli reduktorni rostlash: 1, 2-
    pezometrlar; 3- reduktor qopqog’i; 4-trubkali
    tiqin; 5-uchlik; 6, 8, 15-trubkalar; 7-
    ekonomayzer quril-masining qopqog’i; 9-
    reduktorni ikkin-chi bosqichi; 10- haydovchi
    kabinasidagi
    manometr; 11-birinchi
    bosqichning rostlash gaykasi; 12-manomstr
    datchigi; 13, 17- kontrgayka; 14- reduktorni bi-
    rinchi bosqichi;16- birinchi bosqich kla-pani
    korpusi;18- ikkinchi bosqichning rostlash
    nippeli; 19- shtok sterjeni
    5-rasm. Karbyurator-aralashtirgich K.-91:
    1-benzinda ishlaganda aralashma tarki-bini sifat
    jihatidan rostlash vinti;
    2-salt ishlash trubkasi;
    3-qaytarish klapanining korpusi;
    4- vintlar; 5-aralashtirgich o’tkazgich;
    6-karbyurator;
    7-aralashma miqiorini rostlash vintch;
    8- salt ishlash tnzimiga gazning umumiy
    uzatilishini rostlash vinti;
    9-salt ishlashda tirsakli valning aylanishlar
    chastotasini rostlash vinti
    So’ngra ikkinchi bosqich klapanining ochilishi rostlanadi. Buning uchun qopqoq (3) echib
    olinadi, kontrgayka bo’shatiladi va rostlash vintini, ikkinchi bosqich klapanidan havo chiqishi
    boshlanguncha bo’shatiladi (eshitish bilan aniqlanadi). Rostlash vintini 1/8 - 1/4 marta aylantirib
    qotiriladi, klapan orqali chiqayotgan havoni to’xtashini eshitish orqali aniqlab, so’ng kontrgayka
    qotirib qo’yiladi. 6 va 8 trubkalar orqali yuksizlantirish qurilmasi bo’shlig’ida siyraklanish hosil
    qilinadi va uning miqdori pezometrga (1) qarab 0,7 - 0,8 kPa chegaragacha keltiriladi. Bunda
    ikkinchi bosqich klapani ochilishi kerak. Uni rostlangandan so’ng ikkinchi bosqich bo’shlig’ida,
    pezometr (2) bo’yicha, nippelni (18) aylantirish bilan atmosfera bosimidan 0,05-0,07 kPa ga ortiq
    bo’lgan bosim hosil qilinadi, bu paytda yuksizlantirish qurilmasida avvalgi siyraklanish mavjud
    bo’ladi. So’ng kontrgayka (17) qotiriladi va sterjenning (19) yo’li tekshiriladi. Agar sterjenning
    yo’li ikkinchi bosqich klapani ochilganda 5 mm.dan kam bo’lsa, reduktorni echib nosozlikni
    bartaraf etish lozim.
    Reduktorni rostlashda, avval, ikkinchi bosqich klapanining yo’li tekshiriladi: tekshirishni
    ikkinchi bosqich diafragmasining sterjeni yo’li bo’yicha amalga oshiriladi (bu yo’l 5 mm. dan kam
    bo’lmasligi kerak).Gaz dvigatelin i yurgazish paytida yuqori bosim manometri bo’yicha ballondagi
    gaz miqdori tekshiriladi (bo-sim 1,2 MPa dan ko’p bo’lishi lozim), ballonlardagi sarflash ventillari
    va krestovinadagi magistral ventil ochiladi. Yonilg’i turini almashlab ulagichi «Gaz» holatiga
    qo’yiladi, drossel zaslonkasini qo’l bilan boshqariladigan tugmachasini esa shunday holatga ko’yish
    lozimki, bunda qizigan dvigatel 700 - 800 min
    -1
    aylanish chastotasini hosil qilinadi. O’t oldirish


    190
    tizimi va startyor ulanadi (aylan-tirish vaqti 5 s. dan oshmasligi lozim). Dvigatel ishlay boshlashi
    bilanoq sterter uziladi va 1-2 daqiqadan so’ng drossel zaslonkasini sekin-asta bir oz ochiladi hamda
    valning 800 - 1000 min
    -1
    aylanishlar chastotasida dvigatel qizdiriladi. Drossel zaslonkasini qo’l
    bilan boshqariladigan tugmachasi to’la ochiq holatga keltiriladi.
    Dvigatelni gaz bilan o’t oldirishda havo zaslonkalarini berkitish tavsiya etilmaydi, chunki
    bunda aralashma quyuqlashib, dvigatelni o’t oddirish qiyinlashadi.
    Agar dvigatel o’t olgan yoki benzinda ishlayotgan bo’lsa, u holda uni gazga o’tkazish uchun
    ballonlardagi va krestovinadagi ventillar ochiladi, yonilg’i turini almashlab-ulagichini «O» holatiga,
    so’ngra qalqili kameradagi benzin ishlatib bo’lingandan keyin (dvigatel notekis ishlay boshlaydi)
    almashlab-ulagichni «Gaz» holatiga o’tkaziladi va shu bilan dvigatel gazda ishlay boshlaydi.
    Gazdan benzinga o’tishni teskari tartibda amalga oshiriladi.
    Gazda salt ishlashni rostlash, faqatgina to’la qizigan dvigatelda amalga oshiriladi. Dvigatelni
    to’xtatib, vint (7) (5-chizma) benzinda ishlayotgan holatiga nisbatan 1/2 aylanaga qotiriladi, vintlar
    (8 va 9) esa ohirigacha qotiriladi. Keyin vint (8) uch marta aylantirib, vint (9) esa bir marta
    aylantirib bo’shatiladi. Vintlar (8 va 9) qotirilganda aralashma suyuqlashadi, bo’shatilganda esa
    quyuqlashadi. Vintlar (4) bo’shatiladi va aralashtirgich-o’tkazgich (5) flanestini ostiga teshiksiz
    qistirma o’rnatib, flanestni, qaytarish klapani korpusiga vintlar (4) bilan qotiriladi. Dvigatel gazda
    o’t oldiriladi va bir maromda drossel zaslonkasi ochiladi. Agar tirsakli valning aylanishlar
    chastotasi 1300-1400 min
    -1
    bo’lsa, rostlashni bajarilmaydi, aks holda vintni (8) burab gaz berilishini
    o’zgartiriladi. Dvigatel to’xtatiladi, aralashtirgich-o’tkazgich flanesti ostidagi qistirma teshikka ega
    bo’lgan qistirma bilan almashtiriladi va yana dvigatel yurgizilib, tirak vint (7) yordamida valni
    turg’un aylanish chastotasi o’rnatiladi (500-600 min
    -1
    ). Aralashma vint (9) bilan suyuqlashtiriladi,
    dvigatel aniq uzilish bilan ishlay boshlagandan so’ng, vint (9) 1/16 aylanaga bo’shatiladi.
    Rostlashning to’g’riligini drossel zaslonkasi pedalini birdaniga bosish bilan tekshiriladi, agar
    dvigatel aylanishlar chastotasini tez surhatda ko’paytirmasa, vint yana 1/16 aylanaga bo’shatiladi.
    Yonilg’ining bir turidan ikkinchi turiga o’tganda tirsakli valning salt ishlash rejimidagi aylanishlar
    chastotasi, faqatgina tirak vint (7) yordamida rostlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish