187
tarmog’ini o’chirish bilan amalga oshiriladi, 1-2 soatga to’xtaganda magistral ventil berkitiladi.
Ballon (5) tubida saqlagich klapan (2) (1,68 MPa da ochiladi), teskari klapani bo’lgan to’ldirish
ventili, ballonni maksimal to’lishni belgilovchi ventil va suyultirilgan gaz sathi datchigi joylashgan.
Ballonni to’ldirish uchun ventildan (4) foydalaniladi. Gazning
qizishi natijasida ballon
yorilib ketmasligi uchun uning 90 foiz hajmi to’ldiriladi, holos. Suyuq gaz sathi to’ldirilayotgan
paytda sathni ventil ko’rsatkichi (1) trubkasi yordamida nazorat qilinadi. Haydovchi gaz miqdorini
ko’rsatkich (3) yordamida kuzatish bilan nazorat qiladi. Gaz ballonli uskunalarga yonilg’i quyish
faqatgina gaz to’ldiruvchi shohobchalarda, dvigatel ishlamay turgan paytda ruxsat etiladi.
Ballonlarga suyultirilgan gaz quyayotganda muzlashdan ehtiyot bo’lish kerak.
Gaz qurilmalari
nosoz bo’lgan va gaz chiqib turgan gaz ballonli avtomobillarni ishlatish taqiqlanadi. Agar gaz
chiqishini bartaraf etib bo’lmasa, u holda uni (odamlar va olov manbalaridan olisda) atmosferaga
chiqarib yuboriladi.
Gaz ballonli avtomobillarni boshqarishga va ularga xizmat ko’rsa-tishga, maxsus
tayyorgarlikdan o’tgan, texminimum hamda xavfsizlik texnikasidan imtihon topshirgan shaxslar
qo’yiladi.