|
Касбий психология Pdf ko'rish
|
bet | 153/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,46 Mb. | | #237153 |
Bog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi2,3-TAJRIBA IShI
Mavzu: Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimiga texnik xizmat ko’rsatish
texnologiyasi
1. Ishdan maqsad
Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimidagi (GTT) priborlarni diagnostikalash va
ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini bajarish bo’yicha ko’nikmalarini hosil qilish.
II. Ish mazmuni
1. Avtomobillarni GTTini konstruktiv jihozlarini o’rganish.
2. Siqilgan va suyultirilgan gazlarda ishlaydigan GTT dagi asosiy qurilmalarni tuzilishi va
ularni ishlash prinstiplarini o’zlashtirib olish.
3. Avtomobillarni gaz apparaturasini tekshirish - sinash va sozlash tartibini o’rganish.
4. Gaz ballonlarni shahodatlash (osvidetelstvovanie) tartibi bilan tanishish.
III. Ishchi postidagi jihozlar
1. To’la komplektli Zil 138A eki Gaz 53-07 rusumli gaz ballonli avtomobil.
2. Asboblar komplekti.
3. Sozlash uchun maxsus asboblar.
4. Shtangenstirkul, pezometr.
IV. Umumiy malumotlar
Avtomobil dvigatellari uchun gazsimon yonilg’i, siqilgan yoki suyultirilgan holatlarda
ishlatiladi. Metan 20 MPa bosimfgacha siqiladi va qalin devorli ballonlarda saqlanadi. Etan, propan
va butan 1,6 MPa bosimda suyuq holatga o’tadi va ular ham shu ko’rinishda ballonlarda saqlanadi.
Gaz-havo aralashmasining detonatsiyaga turg’unligi, benzin-havo aralashmasiga qaraganda
yuqori bo’ladi. Bu esa dvigatelning siqish darajasini oshirish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini
yaxshilashga imkon beradi. Gazli dvigatellarda aralashma deyarli to’liq yonadi va ishlatilgan
gazlarning zaharliligi ancha past bo’lganligidan atrof-muhit kam zararlanadi.
Gazlarning qo’llanilishi porshen va gilza devorlaridan moy par-dasini yuvilib ketishiga
barham beradi, yonish kameralarida qurum hosil bo’lishini kamaytiradi, benzin bug’lari
bo’lmaganligi uchun stilindr gilzalarining devorlaridagi moy kuyib ketmaydi, natijada dvigatelni
ishlash muddati va moy almashtirish davri 1,5-2 martaga uzayadi.
Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta’minnlash tizimi murakkab, yong’in va portlash
xavfsizligiga qo’yiladigan talablar esa yuqori bo’ladi. Gaz havo bilan aralashganda benzinga
nisbatan ko’p hajmni egallagani uchun gazli dvigatellarning quvvati karbyuratorli dvigatelga
qaraganda 10-20 foiz kam bo’ladi. Gaz ballonli uskunalarning katta vazni tufayli avtomobil
o’zining yuk ko’taruvchanlik imkoniyatining bir qismini yo’qotadi.
Siqilgan yoki suyultirilgan gazlarda ishlovchi dvigatellar, asosan, karbyuratorli dvigatellar
bazasida yaratiladi. Buning uchun karbyuratorli dvigatel maxsus gaz apparatlari va ballonlari bilan
jihozlanadi. Shu bilan birga benzinda ishlash qobiliyatini ham saqlaydi. Bu holatda oktanlar soni
100 birlikdan yuqori bo’lgan gazlarning detonastiyaga turg’unligini yuqoriligidan unumli darajada
foydalanilmaydi, chunki dvigatelning siqish darajasi, gazga qaraganda ancha oz bo’lgan, benzindagi
oktanlar soniga muvofiq tanlanadi.
|
| |