• 9-TAJRIBA IShI Mavzu: Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi
  • Avtomobillarni oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Avtomobillarni oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash
    texnologiyasi. Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi
    bo’yicha
    Hisobot
    1.Ishdan maqsad:
    2. Ishning mazmuni:
    3. Jihozlar:
    Avtomobil turi ______________ Ishlab chiqarilgan yili _______________
    Shkvoren brikmasi yoki kronshteynning holati
    1-jadval

    Ko’rsatkichlar
    Me’yoriy
    qiymat
    Sozlashdan
    avval
    Sozlashdan
    so’ng
    1 Radial og’ish, mm yoki grad.
    2 O’q bo’ylab og’ish, mm yoki grad.
    Oldingi g’ildiraklar ichkariga og’ish va yaqinlashuv burchaklarining holati

    Ko’rsatkichlar
    Me’yoriy
    qiymat
    Sozlashdan
    avval
    Sozlashdan
    so’ng
    1 Ichkariga og’ish burchagi, grad.
    2 Yaqinlashuv burchagi, grad.
    Xulosa:
    9-TAJRIBA IShI
    Mavzu: Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi
    1.Ishdan maqsad.
    ATK sharoitida avtomobil shinalariga TXK va ularni ta’mirlash ishlari bilan tanishish.
    II.Ishning mazmuni. Laboratoriya ishi ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi. Talabalar


    206
    mahruza paytida olgan bilimlarini chuqurlashtirish, shinalarni nazorat-diagnostikalash, ularga TXK
    va JT jarayonlarini o’rganish, hamda diagnostik va ta’mirlash jihozlarini amaliyotda ishlatish
    bo’yicha ko’nikma hosil qiladilar.
    II.Umumiy ma’lumotlar.
    Shinalar avtomobilning eng muhim va qimmat elementlaridan biridir. Shinalar
    avtomobilning tortish-to’xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg’unligiga, tekis yurishiga, yonilg’i
    tejamkorligiga, harakat havfsizligiga tahsir ko’rsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish
    muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog’liqdir. Shinalarning
    muddatidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning me’yoridan ortiqligi yoki
    pastligi, g’ildiraklar yaqinlashuv va og’ish burchaklarining me’yorida emasligi, tormoz
    barabanining ezilib tuxumsimon bo’lib qolishi, g’ildiraklardagi tormoz mexanizmlarining bir xil
    ishlamasligi, avtomobillarga me’yoridan ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o’tkir qirrali predmetlar
    tahsirida shikastlanishi, haydovchi mahoratining pastligi, yo’l va iqlim sharoitlarining
    o’zgaruvchanligi va boshqalardan iborat.
    Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
    -Diagnostika(D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o’tkazish va 1-TXK paytida
    ichki bosimni normal holatga keltirish.
    -Shinalarni qarovdan o’tkazish, chegara eyilishini aniqlash, qoplamiga va ular orasiga
    tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish.
    -2-TXK yoki servis xizmat ko’rsatish vaqtida shinalarni avtomobildan echib olib yoki
    echmasdan muvozanatlash.
    Shinalarni joriy ta’mirlash.
    Shinalarni joriy ta’mirlash ularni ajratish, yig’ish, kameralar jipsligini va shinalarni
    shikastlangan joylarini tiklashdan iborat. Ta’mirlangan kamera va shinalar g’ildiraklarga yangidan
    yig’iladi. Har bir ajratish va qayta yig’ishdan keyin engil avtomobilning hamma shinalari, avtobus
    va yuk avtomobillarining esa, oldingi g’ildiraklari muvozanatlanadi.
    Engil avtomobil g’ildiraklari qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan jihozlarda, yuk avtomobili va
    avtobus g’ildiraklari esa qo’zg’aluvchan jihozlarda muvozanatlanadi.
    G’ildiraklarni muvozanatlash.
    Muvozanatlash mazmuni g’ilidirak diskalariga o’rnatiladigan yuklarning og’irligini va
    ularni o’rnatish joylarini aniqlashdir. Amaliyotdan nomuvozanatlik g’ildirakning aylanish o’qi
    bo’yicha va uning o’qiga nisbatan shinani simetrik yuzasi orqali aniqlanadi. Birinchi holda "statik",
    ikkinchi holda "dinamik" nomuvozanatlik deyiladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan jihozlarda avval statik,
    so’ngra esa dinamik muvozanatsizlikni aniqlaydi, AMR-4 markali jihoz bir vaqtda g’ildirakning
    ichki va tashqi tarafiga qo’yiladigan yuklar og’irligini avtomatik holda ko’rsatadi, yahni bir vaqtda
    statik va dinamik muvozanatlash sharoitini yaratadi.
    G’ildiraklarni muvozanatlash uchun qo’llaniladigan jihozlar tasnifi:
    A) Sh-501 markali engil avtomobillar shinalarini ajratish-yig’ish jihozi.
    Jihozlarning ishlashi quyidagicha:
    -G’ildirak shina bilan jihoz gupchagiga o’rnatiladi, o’rnatuvchi shtirga kiritilib, stilindr
    shaklidagi flanestli gayka bilan qotiriladi.
    -Ajratiladigan shina kamerasidan havo to’liq chiqariladi.
    -Jihozni bosuvchi roliklar g’ildirak tegagchalari chetiga qo’yiladi.
    -O’ng tomondan tepki yordamida elektrodvigatel ishga tushiriladi. Natijada jihoz
    gupchagiga o’rnatilgan g’ildirak aylanadi. Chap tepki yordamida pnevmostilindrga qisilgan havo
    yuboriladi va bosuvchi roliklar g’ildiraklardan tegarchak shina chetini ajratadilar.
    Shinaning tepa cheti tagiga maxsus ajratuvchi richag kiritiladi, richagning ikkinchi uchi
    jihoz tirgovichiga bekitiladi. O’ng tepki yordamida elektrodvigatel ishga tushiriladi va g’ildirak bir
    marta aylanishida to’liq ajratiladi.
    Jihoz elektr tarmog’idan uzilib, shina ichidagi kamera sug’urib olinadi.
    B)6140 rusumli kamera yamash jihozi.
    Kamera yamash jihozi korpus, qizdiruvchi element va qisuvchi tuzilma, to’sin, tirgovuch,
    vint va qisuvchi vintlardan tuzilgan.


    207
    Qizdiruvchi element keramik asosli, uning chuqurchalarida diametri 0,5 mm nixrom simidan
    yasalgan ochiq spiral joylashgan. Cho’yan asosan issiqlikni qizdiruvchi elementdan ishchi yuzaga
    uzatishga hizmatqiladi. Vulkanizator termoelementi 143
    ±
    5
    °
    S haroratga mo’ljallangan bo’ladi. Jihoz
    ishga tushgandan 40 min o’tib ishlatishga tayyor bo’ladi.
    V)Engil avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlashga mo’ljallangan AMR-4 jihozi.
    Bu jihoz g’ildirak diskining diametri 10...18 dyuymli, og’irligi 35 kg gacha bo’lgan engil
    avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlashga moslashgan. Dinamik muvozanatsizlikni aniqlash uchun
    dastgoh o’qiga g’ildirak biriktiriladi va ozgina erkin siljish imkoniyatiga ega bo’lgan suyanchiqqa
    o’rnatiladi, bu esa o’q tebranishiga sharoit yaratadi, o’qning tebranishi tizimlar orqali indukstion
    datchikka uzatiladi.
    ARM-2 markali g’ildiraklarni avtomobildan
    echib muvozanatlash jihozi: 1-dvigatelni
    yurgizish pulni; 2-muvozanatlash yuzalarini
    almashtirish dastasi; 3-muvozanatlanuvchi
    g’ildirak
    EWK-15 markali g’ildiraklarni avtomobildan
    echmasdan muvozanatlash jihozi
    U o’z navbatida tebranishlarni elektr impulsiga aylantiradi va elektron hisoblash blokidagi
    o’lchash asbobiga uzatadi. Bu asbob impuls uzunligiga qarab, muvozanatsizlik og’irligini grammda
    ko’rsatadi. G’ildirak muvozanatsizlik massasining holati stroboskopik lampa va graduslarga
    bo’lingan gardish yordamida aniqlanadi.
    G’ildiraklarni avtomobildan echmasdan turib EWK-15 jihozida muvozanatlash xam mumkin.
    Shakli keltirilgan g’ildiraklarni muvozanatlashga mo’ljallangan SWB-1762 markali jihoz SAN
    firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, u avtomobilning o’zida g’ildiraklarni muvozanatlashga
    mo’ljallangan.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish