Texnologik jihozlarni davlat texnik nazoratidan o’tkazish




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Texnologik jihozlarni davlat texnik nazoratidan o’tkazish
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish QOIDALARI O’zbekiston Respublikasi
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi boshlihgining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-son buyruhgining 1-ilovasiga
asosan avtotransport korxonalarida foydalaniladigan texnika qurilmalarining bahzi turlari:
1. 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera
bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan jihozlar (qozonlar, bosim ostida
ishlaydigan idishlar, buhg quvurlari), isitish uskunalari, issiqlik punktlari va issiqlik tarmoqlari
jihozlari, yuqorida nomlari keltirilgan jihozlarni foydalanishda ishlatiladigan avariyaga qarshi
himoya, signalizatsiya va nazorat vositalari, asboblari va tizimlari;
2. Ko’tarish inshootlari (yuk ko’tarish kranlari, osma po’lat arqon yo’llari, ko’tarma
platformalar, yukni tutib turuvchi yechiladigan qismlar va moslamalar, maxsus ishlarni bajaradigan
uskunalar, mashinalar va agregatlar);
3. Suyuqlik va vakuumda ishlaydigan nasoslar, nasos agregatlari, havo va gazda ishlaydigan
kompressorlar hamda kompressor agregatlari;
4. Texnologik jihozlar uchun metall konstruksiyalar, suyagichlar va himoya qoplamalari;
5. Gaz bilan tahminlash (gazni taqsimlash va gazni istehmol qilish) tizimi jihozlari va
texnika qurilmalari (jumladan: qozonlar, texnologik liniyalar va agregatlarning gaz jihozlari,
sihgimli va oqib o’tkazuvchi suv isitgichlarning gaz gorelkali qurilmalari, polietilen gaz quvurlarini
payvandlash uchun jihozlar va boshqa jihozlar);
6. Xavfli moddalar uchun maxsus mo’ljallangan sihgim (sisterna)lar va konteynerlar hamda
idish (ballon)lar;
7. Xavfli yuklarni tashish (transportirovka qilish) uchun jihozlar.
Yuk ko’tarish mashinalari va almashuvchi yuk ilish moslamalari Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirining 2008 yil 17 dekabrdagi 75-sonli buyruhgi bilan va Davlat texnik
nazorati (Davtexnazorat)
tomonidan tasdiqlangan 46-sonli “Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari”ga
asosan ekspluatatsiya qilinadilar. Bundan tashqari ular “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi
tomonidan tasdiqlagan “Yuk ko’tarish kranlarini ekspluatatsiya etish va qurish” qoidalari talabiga
ham mos kelishi kerak.


245
Yuk ko’tarish qobiliyatlari 1 tonnadan oshmaydigan qo’l kuchi yordamida boshqariladigan
pnevmatik yoki gidravlik ko’tarish silindriga ega bo’lgan qo’zhgaluvchan yoki konsolli kranlardan
tashqari, barcha turdagi kranlar Davtexnazorat tashkiloti tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan
bo’lishlari shart.
Barcha yuk ko’tarish mashinalari, hamda almashtiriluvchi yuk ko’tarish moslamariga
shaxsiy raqam bilan berilishi va ularni shu raqam bilan avtokorxonaning “Yuk ko’tarish mashinalari
va almashtriluvchi moslamalar qaydnomasi”da ro’yxatga olinadilar.
Yuk ko’tarish mashinalari korxona yozma arizasiga va mashina hujjatiga (pasport) muvofiq
Davtexnazorat tashkilotiga ro’yxatga olinadilar.
Mashinalar ro’yxatdan chiqarilganda yoki boshqa tashkilotga o’tkazilganda egasining
yozma arizasi asosida ro’yxatdan o’chiriladi.
Davtexnazorat ro’yxatiga olinishi zarur bo’gan yuk ko’tarish mashinalari ularni yangi
joyda o’rnatgandan, qayta jihozlagandan va kapital tahmirdan o’tkazilgandan so’ng ishlatilishga
ruxsat olinadi. Ushbu turdagi ruxsatni olish uchun mashina egasi Davtexnazort tashkilotiga uning
texnik ko’rikdan o’tkazilganligi to’hgrisidagi dalolatnomani taqdim etadi. Davtexnazort
tashkilotining maxalliy inspektori yuk ko’tarish mashinasi holatini qayta nazorat tikshiruvidan
o’tkazishi, hamda nazorat va texnik xizmat ko’rsatish korxonasini ham tekshiruvdan o’tkazishi
mumkin.
Davtexnazorat tashkilotidan qaydnomasiga kiritilishi shart bo’lmagan yuk ko’tarish
mashinalarini ishlatish ruxsatini, mashinani ishlab chiqargan korxona hujjatlari va uni texnik
ko’rikdan o’tkazish natijasi asosida, avtotransport korxonasidagi yuk ko’tarish mashinalarini
nazorat qiluvchi shaxs tomonidan beriladi. Almashuvchi yuk ilish moslamalarini ishlatishga ham
ruxsat shu shaxs tomonidan beriladi.
Avtotransport korxonasida o’rnatilgan barcha yuk ko’tarish mashinalari, hamda almashuvchi
yuk ilish moslamalari ishga tushirishdan avval majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilishlari zarur.
Undan so’ng har 12 oyda bir marotaba davriy qisman ko’rikdan, 3 yildan kami bilan 1 marotaba
to’liq texnik ko’rikdan o’tkazilishlari shart.
Navbatdan tashqari texnik ko’rik, mashina kapital tahmirlangandan so’ng yoki mashinaning
ko’tarish mexanizmi almashtirilganda, ilgaklar, arqonlar almashtirilganda mashinani ishga
tushirishga ruxsat olinish zarurati tuhgilganda o’tkaziladi.
Texnik ko’rikning maqsadi yuk ko’tarish mashinasi, uning uskunasi va unga ko’rsatiladigan
xizmatlarning texnik talablar va qoidalarga mos kelishini, ishlatilishi xavfsiz texnik yaroqli holatda
ekanligi aniqlash xisoblanadi.
Texnik ko’rik vaqtida yuk ko’tarish mashinasi ko’zdan kechirilib chiqariladi, hamda statik
va dinamik sinovlar o’tkaziladi. Texnik ko’rikdan o’tkazish davomida mexanizm va elektr jihozlari,
xavfsizlikni tahminlovchi priborlari, tormoz va boshqaruv apparatlari, hamda yoritish va
ogoxlatirgichlar ishchi jarayonida tekshiriladi.
Ko’rikdan o’tkazish jarayonida metalkonstruksiyalarning holati, payvand va tihgizlik
birikmalari tekshirish talab etiladi va yoriqlarni, pachoqlanish, zanglash tufayli devorlarni
yupqalanishi, tihgizlik birikmalarini bo’shab qolmaganligiga ishonch hosil qilinadi.
Yuk ko’tarish mashinalarini statik sinovlari jihozning, uning bahzibir qismlari
mustahkamligini tekshirish uchun bajariladi.
Birlamchi texnik qarov vaqtida, hamda matal konstruksiyalarni kapital tahmiridan, ko’tarish
mexanizmlarining kapital tahmiridan yoki almashtirilgandan, ilgak yoki arqon almashtirgandan
so’ng yuk ko’tarish mashinasi o’zining maksimal ko’tarish qobiliyatidan 25% ortiq yuklanishda,
davriy texnik ko’rikda esa 10% ortiq yuklanishda sinaladi. Barcha yuk ko’tarish mashinalarinig
statik sinovlari o’ta o’gir ish sharoitida (munkin bo’lgan eng katta egilish holatida) yukni 200 – 300
mm balandlikga ko’tarib, 10 minut davomida tutib turib o’tkaziladi.
Dinamik sinovlar yuk ko’tarish mashinasi mexanizmi va tormozini ishlashini yuk ko’tarish
qobiliyatidan 10% ortiq yuklangan holatda tekshirishdan iborat. Buning uchun yuklar qayta-qayta
ko’tarilib tushiriladi, va boshqa mexanizmlarning ishlashi tekshiriladi. Dinamik sinovlarni ishchi
yuk bilan o’tkazishga ruxsat etiladi.
Texnik qarovlar o’tkazilgandan so’ng qarovni o’tkazishga mahsul bo’lgan shaxs tomonidan
yuk ko’tarish mashinasining texnik pasportiga zarur bo’lgan yozuv kiritiladi.


246
Almashuvchi ilgak moslamalarini 25% ortiq yuklanishda ko’zdan kechirish va sinash talab
etiladi.
Almashuvchi ilgak moslamalariga xizmat ko’rsatishga mashul shaxs, jihoz egasi tomonidan
o’rnatilgan muddatlarda: har 6 oydan kam bo’lmagan muddatda – traversalarni, har 1 oyda
qichqich va turli ilgaklarni, har 10 kunda stropa va idishlarni ko’zdan kechirishi lozim. Tekshiruv
natijalari jurnalga kiritilib boriladi.
Yuk ko’tarish mashinalarining maxsus tablichkasida qayd etish raqami, yuk ko’tarish
qobiliyati, keyingi sinov muddati aniq ko’rsatilib qo’yilishi lozim.
Yuk ko’tarish moslamalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy amallardan biri bu po’lat
arqonlarni o’z vaqtida buroqlash hisoblanadi. Ulardan ehtiborsizlik bilan foydalanish arqonning
uzilishiga va noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% ortiq statik yuklanishda
hamda hisoblangandan 10% ortiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu
haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yo’riqnomasi bilan
boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta o’tkaziladi.
Osma kajavani ko’tarish uchun ishlatiladigan po’lat simlar hisob bilan tekshirilgan bo’lishi
va to’qqiz baravardan kam bo’lmagan mustahkamlik darajasiga ega bo’lishi kerak. Osma
kajavalarni ko’tarish uchun xizmat qiladigan yuk ko’tarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan
xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
Ishlatilayotgan po’lat arqonlar bir o’ram qadamidagi uzilgan simlar sonlari orqali buroqga
chiqariladi. Arqon yuzasida yeyilish yoki simlarning zanglash alomatlari sezilsa, o’ramdagi simlar
soni kamaygan deb hisobga olinadi.
Simning dastlabki holatidan yeyilganlik yoki zanglash 40% va undan ortiq bo’lsa, arqon
buroqga chiqarilishi lozim. Arqonning aylana diametri mikrometr yordamida o’lchanadi.
Davtexnazorat qoidasining talabi bo’yicha elektrotelferlar, tallar, lebedka va agregat yoki
o’gir bo’laklarni tashuvchi boshqa jihozlar ko’zga yaqqol tashlanadigan ranglar (sariq fonda qalin
qora chiziq) bilan bo’yalgan bo’lishlari zarur.
Davriy texnik qarov vaqtida domkratlar pasport bo’yicha ruxsat etilgan yuk ko’tarish
qobiliyatidan 10% ortiq yuk bilan shtokning eng yuqori holatida 10 minut davomida tutib turilib
statik yuklanishda sinaladi.
Gidravlik domkratlarda sinov tugamaguncha tizimdagi suyuqlik bosimining pasayishi 5%
dan oshmasligi kerak.
Bosim ostida ishlovchi sihgimlarni o’rnatish, tamirlash va ekspluatatsiyasi
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bosim ostida ishlovchi
idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish” Qoidalari talablari asosida amalga oshiriladi.
Bu qoidalar quyidagi sihgimlar uchun tahaluqli:
-
suyultirilgan gazlar uchun sisterna va bochkalar (50°S haroratda buhglarning bosimi
0,07 MPa dan ortiq bo’lmagan);
-
suyultirilgan gaz, suyuqlik, bosimsiz yoyiluvchan moddalar uchun, lekin 0,07 MPa dan
ortiq bosim ostida bo’shab qoluvchi sihgim va idishlar;
-
bosimi 0,07 MPa dan yuqori bo’lgan siqilgan, suyultirilgan va eruvchi gazlar uchun
ballonlar.
Ishchi bosimi 0,07 MPa dan past bo’lgan uskunalar, suv harorati 115°S dan past bo’lgan
qozonlar va bosim bilan hajm ko’paytmasi 25
<
P
×
V
<
200 atrofida bo’lgan sihgimlarning texnik
qarovdan o’tkazish va ishlashini nazorat qilish avtotransport korxonasi mahmuriyati zimmasiga
yuklatilgan.
Sihgimi 100 l. dan kichik bo’lgan gazlarni tashish uchun mo’ljallangan bochkalar, ballonlar, va
noishqor, zaxarsiz devorlar harorati 200°S gacha bo’lganda portlamaydigan moddalar uchun
idishlardan tashqari, bosim ostida ishlovchi sihgimlar, agar ularning litr o’lchamidagi
sihgimlarining bosimga ko’paytmasi 10 000 dan oshmaydigan (ishqoriy, zaxarli va portlovchi
moddalar uchun 500) Davtexnazorat bo’limlarida ro’yxatdan o’tmaydilar. Qolgan barcha yuqori
bosim ostida ishlovchi sihgimlar Davtexnazoratda ro’yxatdan o’tadilar.
Bosim ostida ishlovchi sihgimlar 4 yilda kami bilan 1 marotaba ko’zdan kechiriladilar.


247
Sigimlarning muddatidan avval texnik qarovi Davtexnazorat inspektori xoxishiga binoan,
hamda ularda payvandlash (yamash) jarayonlarini qo’llab tamirlangandan so’ng, qo’llanilishdan
olib tashlanganidan so’ng bir yildan ortiq muddat ishlatilmaslik holatlarida sihgimlarning yaroqli
holati va nazoratiga mashul shaxslar tomonidan o’tkaziladi.
Bugli va suv isitish qozonlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizligi “Sanoatkontexnazorat”
Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Buhg va buhg isitish qozonlarini xavfsiz ekspluatatsiya
etish va qurish” Qoidalari talablariga amalga oshiriladi.
Bosimi 0,7 MPa ortiq bo’lmagan qo’zhgalmas va qo’zhgaluvchan buhg qozonlari, buhgni
qayta isitgichlar, va ekonomayzerlar va suv harorati 115°S dan yuqori bo’lgan suv isitish
qozonlaridan foydalanish ularni Qozonnazorat inspeksiyasida ro’yxatga olingandan so’ng ruxsat
etiladi. Buning uchun ularda ishlab chiqarish korxonasi tomonidan berilgan pasport, o’rnatilish va
bo’gichli kitob va uskunani binoda joylashtirish chizmalari mavjud bo’lishi kerak.
Qozonlarning ichki qismini nazorati kami bilan 4 yilda 1 marotaba, gidravlik sinov esa kami
bilan 8 yilda 1 marotaba o’tkaziladi. Qarovlar natijasi qozonning pasportida qayd etiladi. 12 oyda
kami bilan bir marotaba manometrlar ko’zdan kechirilib plombalanadi.
Yuqori bosimda ishlovchi sihgimlardan foydalanishda “Bosim ostida ishlovchi idishlarni
xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish” Qoidalari talabiga amal qilish kerak.
Ko’chmas kompressor qurilmalari havo quvurlari va gazquvurlarini ekspluatatsiya etish va
qurish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Ko’chmas kompressor
qurilmalari havo quvurlari va gazquvurlarini ekspluatatsiya etish va qurish” Qoidalari talablariga
mos kelishi kerak.

Download 6,46 Mb.
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jihozlarni davlat texnik nazoratidan o’tkazish

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish