254
Glossariy
Eyilish
-bu detallni shikastlanishi va uning sirtidan materialni ajralishi va (yoki) ularni
ishqalanishida qoldiq deformatsiyani to’planishidir, bular o’zaro ta’sirlagi
detallarni shaklini va va
o’lchovini doimo o’zgartirishi bilan namoyon bo’ladi.
Eyilganlik
-bu detal sirti o’lchovini, shaklini va holatini o’zgarishi ko’rinishida paydo bo’luvchi
eyilish natijasidir. eyilganlik mkm/km, mkm/moto-soatlarda o’lchanadi.
Ishqalanishni
uch turi mavjud: quruq, suyuqlik va aralash muhitda. quruq ishqalanishda
ishqalanayotgan sirtlar bir-biri bilan ta’sirda bo’ladi (misol, tormoz kolodkalarini tormoz
barabanlariga ishqalanishi, ilashish muftasi etaklovchi diskini maxovika ishqalanishi va hokazo).
Bu turdagi ishqalanish ishqalanayotgan detal sirtlarini jadal eyilishi bilan kuzatiladi. Suyuqlik
(gidrodinamik) ishqalanishida ishqalanayotgan detal sirtlari orasida moy qatlami hosil qilinadi, bu
moy qatlami ishqalanayotgan detal sirtlari mikronotekisliklaridan katta bo’lib,
detal sirtlarini
kontaktda bo’lishiga yo’l qo’ymaydi (misol, tirsakli val oodshioniklari), bu detallar sirtini eyilishini
kamaytiradi. Amalda avtomobil mexanizmlari ishlash jarayonida bu ikkita ishqalanish turi
almashib turadi va bir-biriga o’tib aralash ishqalanish turini hosil qiladi.
Abrazivli, okisidlanishdan, charchashdan, eroziyadan eyilish hamda qotib qolishdan, freting va
freting korroziyadan eyilish turlari mavjud.