244
4-
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Texnologik jixozlarga TXK va T ni tashkil qilish usullari.
I. Ishdan maqsad:
Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, avtoservis
korxonalarida ishchilar
meyyoriy ish sharoitlarini tahminlash va texnik jihozlarni meyyorlash.
II. Ish mazmuni:
Ushbu laboratoriya ishlab chiqarishdagi filiallarida o’rganiladi hamda talabalar texnologik
jihozlarga texenik xizmat ko’rsatish va tahmirlashni tashkil etishni o’rganadilar.
Umumiy mahlumotlar:
Texnologik jihozlarni o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish
va tahmirlash jihoz ishlab
chiqargan firma vakillari yoki avtoservis korxonasi bosh mexanik xizmatchilari tomonidan amalga
oshirilishi mumkin. Bosh mexanik bosh muxandisga bo’ysinadi. Ushbu xizmat xodimlari
texnologik jihozlarni umumiy ro’yxatini
olib boradi, TX va tahmir o’tkazish rejalarini tuzadi,
xisobotlar tayyorlaydi, jihozlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalarini tuzadi.
Bundan
tashqari xodimlarni yangi jihozlar bilan ishlashga o’qitadi, malakasini oshiradi hamda texnika
xavfsizligi talablariga rioya qilishni tahminlaydi.
Bosh mexanik shtati avtoservis
korxonasidagi jihozlar soni, murakkabligiga qarab aniqlanadi va
ular asosan 2-6 malakali (razryad) chilangar-mexaniklar va elektrkilardan tashkil topadi.