Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda bajariladigan ishlar. Kundalik texnik xizmat
ko’rsatishda (KXK) bajariladigan ishlar.
Kundalik texnik xizmat ko’rsatishda (KXK) qo’yidagi
ishlar bajariladi:
-
nazorat ishlari;
-
tozalash-yuvish ishlari;
-
yonilg’i moylash materiallari va boshqa suyuqliklar sathini tekshirish va to’ldirish;
-
avtobuslar va engil avtomobillarga xos ishlar.
Birinchi texnik xizmat ko’rsatishda
(1-TXK) bajariladigan ishlar. Avtomobilni umumiy
nazoratdan o’tkazish: avtomobilni ko’zdan kechirib va kabina, platformalar (kuzov), oynalar, orqani
ko’rish ko’zgusi, old, nomer belgilari holatini, eshik mexanizmlari, platforma bortlarini dvigatel va
yukxona kapoti ilgichlarini hamda shataklovchi asboblar sozligini tekshirish. Oyna tozalagich, old
oynani yuvish qurilmasi, shamollatish tizimi, qishki mavsumda esa isitish tizimi va old oynani
isitish va issiq havo bilan shamollashtish qurilmasini ishi tekshiriladi.
Dvigatel, sovutish va moylash tizimlari. Dvigatelni sovutish va moylash tizimlarini, ishga
tushirish isitkichini germetikligi hamda dvigateldagi agregat va tarmoqlarni qotirilganligi
teshkiriladi, lozim bo’lganda qotiriladi. Uzatma tasmalarini tarangligi sozlanadi, lozim bo’lganda
dvigatel, ovoz so’ndirgichni quvur o’tkazgichlari qotiriladi.
Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatishda
(2-TXK) bajariladigan ishlar. Avtomobilni umumiy
nazoratdan o’tkazish: avtomobilni ko’zdan kechirib kabina, platformalar (kuzov), oynalar, orqani
258
ko’rish ko’zgusi, old, nomer belgilari holatini, eshik mexanizmlari, platforma bortlarini dvigatel va
yukxona kapoti ilgichlarini hamda shataklovchi asboblar sozligini tekshirish. Oyna tozalagich, old
oynani yuvish qurilmasi, shamollatish tizimi, qishki mavsumda esa isitish tizimi va old oynani
isitish va issiq havo bilan shamollashtish qarilmasini ishi tekshiriladi.
Avtomobillarga TXK va T texnologiyasi
-bu ish qobilyatini ta’minlash maqsadida uning texnik
holatini o’zgartirish metodlarini yig’indisidir.
Texnologik jarayon
-vaqt birligida avtomobilda (agregatda) rejali va ketma-ket bajariladigan
operatsiyalar yig’indisidir.
Operatsiya
-texnologik jarayonni tugatilgan qismi bo’lib, bitta ishchi joyida bita yoki bir nechta
bajaruvchilar ob’ektda (avtomobilda) yoki uning elementlarida bajariladigan ishdir.
O’tish
-bu ishlatilayotgan jihoz yoki asbob holatini o’zgartirmasdan bajariladigan operatsiyani
bir qismidir.
|