• Ta’mirboplik
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet204/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Saqlanuvchanlik
    -
    bu avtomobillarni saqlash, tashish va undan keyingi ekspluatasiya qilish
    vaqtida ekspluatasion-texnik ko’rsatkichlarini saqlash xossasidir. Saqlanuvchanlik avtomobillarni
    saqlash va konservatsiyalashni hamda ruxsat etilgan masofani (tashish vaqti oralig’i, avtomobilni
    ta’mirlashsiz undan keyingi ekspluatasiya qilishga sozligi) maqsadga muvofiqligi bilan aniqlanadi.
    Ta’mirboplik
    -bu avtomobil konstruktsiyasini tejamli texnologik jarayonlarni qo’llash bilan
    hamma turdagi TXK va T ishlarini bajarishga mosligi xossasidir. Avtomobillarni ta’mirbopligi
    konstruktorlik-ishlab chiqarish va ekspluatasion omillar bilan aniqlanadi. Konstrutorlik-ishlab
    chiqarish omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni yaratishda
    hisobga olinadi. Ekspluatasion omillar konstruktsiya xossasi namoyon etiladigan muhitni aniqlaydi,
    bunda ular avtomobilni yaratishda va ekspluatasiya qilishda hisobga olinadi.
    Konstruktorlik
    -ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: nazoratbo’lik, engil etishishlik,
    engil almashuvchanlik, o’zaro almashuvchanlik, agregat va tizimlarni unifikatsiyasi, TXK va
    nazorat-diagnostika jihozlari va boshqa vositalarni ishlata olinishi.
    Ekspluatasion omillar
    -bu TXK va ta’mirlash ishlarini bajarish shaklini tashkil etish, ishlab
    chiqarish texnik negizini holati, TXK va ta’mirlash ishlarini bajruvchilarini malakasi, ehtiyot
    qismlar va materiallarga bo’lgan talabni to’la qondirish, texnik hujjatlarni to’laligi va sifatliligi va
    boshqalar.
    Nazoratbo’lik
    -texnik diagnostikalashni turli vositalari va uslublari bilan avtomobil, agregat va
    tizimlarni texnik holati diagnostik parametrlarini nazorat qilish omilidir. Ular avtomobillarga TXK
    va ta’mirlashni yangi samaraliroq uslublarini amaliyotga joriy qilishga asosiy ta’sir ko’rsatadi.
    Nazoratbo’lik avtomobilni ishonchliligini ta’minlash va xavfsiz harakatlanish talablari bilan
    aniqlanadi.
    Engil almashuvchanlik
    -bu buyumni eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan almashtirishga
    mosligidir. engil almashuvchanlik bilan engil etishuvchanlikni bir-biriga almashtirib bo’lmaydi,
    chunki avtomobilda shunday buyumlar borki, ekspluatasiya davrida ularga etishish oson, lekin
    almashtirish qiyin. engil almashuvchanlik asosan ekspluatasiya jarayonida almashtiradigan
    buyumlarni qotirilganlik uslublari, bo’linuvchilar konstruktsiyasi, almashtiriladigan elementlarni
    massasi va gabarit o’lchovlari bilan aniqlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish