Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Abrazivli eyilish-bu ishqalanish sirtidagi qattiq zarrachalarni kesishi yoki tirnashi natijasidir.
Bunday zarrachalar tashqaridan detallarni ishqalanuvchi sirtlari orasiga chang va qum ko’rinishida
(misol, tormoz kolodkasi ustqo’ymasi va barabani orasiga) yoki ochiq ishqalanuvchi tarmoqlardagi
(shkvorenli birikmalar, ressor sharnirlari) moylash materiallari tarkibiga tushib ularni eyilishini
oshiradi. Abrazivli eyilish boshqa eyilish turi bilan birgalikda avtomobillarni deyarli hamma
ishqalanuvchi detallarida uchraydi.
Oksidlanishli eyilish mexanik eyilish muhitni agressiv ta’siri natijasida paydo bo’ladi, bularni
ta’sirida ishqalanuvchi detal sirtida mustahkam bo’lmagan oksid pardasi hosil bo’ladi. Bu oksid
parda mexanikaviy ishqalanishda yulib olinadi va yalang’och bo’lgan sirtda yana oksidlanadi.
Bunday eyilishlar tsilindr porshen guruhlari, gidrokuchaytirgich, gidrouzatmali tormoz tizimi
detallarida va boshqalarda uchraydi.
Charchashdan eyilish ishqalanish va qaytariluvchi yuklama natijasida materialni sirtidagi
qatlami mo’rtlashadi va emiriladi, buning natijasida undan oastda yotgan yumshoqroq va mo’rtroq
qatlam yalang’ochlanib qoladi. Bunday turdagi eyilish oodshioniklarni yugurish yo’lkalarida va
shesternya tishlarida uchrashi mumkin.
Eroziyali eyilish detal sirtiga juda katta tezlikda harakatlanayotgan, tarkibida abraziv
zarrachalari hamda elektr razryadi bo’lgan suyuqlik va (yoki) gaz oqimi ta’siri natijasida paydo
bo’ladi. Eroziya jarayonini harakteriga ko’ra gazli, kavitatsion, elektr va abrazivli eroziya turlari
mavjud.
Gazli eroziya gaz molekulasini mexanik va issiqlik ta’sirida detal materialini shikastlanishida
sodir bo’ladi. Gazli eroziya klaoanlarda, porshen halqalarida va tsilindrlarni oynasimon devorlarida
hamda chiqindii gazlar chiqarish tizimi detallarida kuzatiladi.
Kavitatsion eroziya suyuqlik oqimini bir tekisligini buzilishi sodir bo’ladi, bunda suyuqlikda
havo oufakchalari paydo bo’lib, detal sirti oldida yoriladi va suyuqlikni metall sirtida ko’p sonli
gidravlik zarbalariga olib keladi va metall sirtini shikastlaydi. Bunday shikastlanishlar sovutish
suyuqligi bilan kontaktda bo’lgan dvigatel detallarida, ya’ni blok tsilindrlardagi sovutish tizimi
ko’ylaklarida, tsilindrlar gilzasi tashqi sirti, sovutish tizimi patrubkalarida uchraydi.
Elektr eroziyali eyilish elektr toki o’tganda razryadlar ta’siri natijasida detal sirtlari eroziyali
eyilishida paydo bo’ladi. Misol, yondirish shami elektrodlari hamda taqsimlagich kontaktlari
orasida.
Abrazivli eroziya suyuqlik (gidroabrazivli eroziya) yoki gaz (gazabrazivli eroziya) oqimi
tarkibidagi abraziv zarrachalarni detal sirtlariga mexanik ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Avtomobil
kuzovini tashqarii qismida uchraydi.
 Qotib qolishdan eyilish  detal materialini chuqur uzib olib bitta sirtdan boshqa sirtga
ko’chirishi natijasida detallarni ishchi sirtlarida uyiqlar (zadirlar) paydo bo’lishiga, qotib qolishiga
va shikastlanishiga olib keladi. Misol, dvigatel moylash tizimi ishini buzilishi natijasida tirsakli
valni qotib qolishi va vkladishlarni aylanib ketishi.
Freting eyilish-bu birikma detallarini tebranma harakatida mikrosiljishlari natijasida mexanik
eyilishidir. Agar bunda muhit agressiv ta’sir qilsa, freting korrozion eyilish sodir bo’ladi. Bunday


255
eyilish tirsakli val bo’yni vkladishini ularni yostig’i bilan tegib turgan joylarida oodshioniklar
qo’qog’ida sodir bo’ladi.
olastik deformatsiya va shikastlanish avtomobil detallari materialini oquvchanlik (po’lat
materiallarda) yoki mustahkamlik (cho’yan materiallarda) chegarasiga etishishiga yoki oshib
ketishiga bog’liq. Bu shikastlanish avtomobillarni ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish natijasidir
(ortiqcha yuklama, noto’g’ri boshqarish hamda yo’l-transport hodisasi). Ba`zan detallarni olastik
deformatsiyalanishiga ularni eyilishi natijasida geometrik o’lchamlarini o’zgarishi va mustahkamlik
zaxirsaini pasayishi sabab bo’ladi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish