256
(tsisternyasini) shikastlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Soz holati-avtomobilning me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlaridagi barcha
talablarga mos keladigan vaqtdagi holati.
Nosozlik-avtomobilning me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarida belgilangan
talablarning hatto birortasiga ham mos kelmaydigan holati.
Ishga yaroqlilik-bu berilgan parametrlar qiymatini me’yoriy hujjatlarda belgilangan darajada
saqlagan holda belgilangan vazifalarni bajara olishidagi avtomobilning holati, ya’ni avtomobil ishga
yaroqli, agar u harakat xavfsizligiga xavf solmagan holda oassajirlar va yuk tashib olsa. Ishga
yaroqli avtomobil nosoz bo’lishi mumkin, misol, dvigatelni moylash tizimida moy bosimi
me’yoriydan oast bo’lsa, tomobilni tashqi ko’rinishi yomonlashgan va boshqalar.
Ishga yaroqsizlik-avtomobilning belgilangan vazifalarni bajarish hususiyatini harakterlovchi
kamida bitta parametr qiymati me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarda belgilangan
talablariga mos kelmaydigan vaqtdagi holati.
Buzilish-avtomobilning ishlay olish hususiyatini buzilish jarayonidir. Buzilishlar tasnifi ularni
kelib chiqish sabablarini aniqlash, ogohlantirish va bartaraf qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish uchun kerak. Buzulishlarni bir nechta tasnifiy belgilari mavjud bo’lib, ulardan asosiylarini
ko’rib chiqamiz.
Avtomobilni chetki holatida uni vazifasi bo’yicha ishlatish ruxsat etilmaydi, iqtisodiy
maqsadga muvofiq emas yoki ishga yaroqlilik holatini tiklash mumkin emas yoki maqsadga
muvofiq emas. Shunday qilib, xavfsizlik talablari buzilishini bartaraf qilish imkoni bo’lmaganda
yoki texnik holati chetki holatni ruxsat etilgan chegarasidan chiqib ketsa, avtomobil chetki holatga
o’tadi.
Ishonchlilik- bu avtomobilni vaqt ichida yoki bosib o’tilgan yo’l bo’yicha ekspluatasion
ko’rsatkichlarini talab etilgan chegarada saqlagan holda berilgan mezonda va ishlash sharoitida,
TXK, ta’mirlash, saqlash va transportirovka qilishda (tashishda) transport ishini bajarish xossasidir.
Avtomobillarni ishonchliligi uning loyihalashda va tajriba namunasini me’yorga etkazishda
kiritiladi, ishlab chiqarish jarayonida ta’minlanadi va muhim ekspluatasion xossalaridan biri sifatida
ekspluatasiya jarayonida paydo bo’ladi va saqlanadi. Shuning uchun avtomobillarni konstruktorlik,
ishlab chiqarish va ekspluatasion ishonchliligi mavjud.
Buzilmasdan ishlash-bu avtomobilni ma’lum vaqt yoki bosib o’tgan yo’li birligida uzluksiz
ishga yaroqli holatini saqlash xossasidir, u kilometrlar yoki vaqtlar (moto-soat ishlashi) o’lchanadi.
Buzilmasdan ishlash ehtimolligi- bu berilgan vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l oralig’ida avtomobil
elemenlarida buzilish sodir bo’lmaydi.
Buzilish jadalligi- bu vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l birligida berilgan vaqt yoki bosib o’tilgan
yo’l momentidan keyin buzilish momentigacha sodir bo’lmagan sharti bilan avtomobil
elementlarini buzilish ehtimolligi
Buzilish oqimi parametri-bu vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l birligida avtomobil elementlarini
o’rtacha buzilishlari soni.
Uzoq muddat ishga yaroqlilik (chidamlililik) - bu TXK va ta’mirlashga turishini hisobga
olgan holda avtomobilni ishga yaroqliligini chetki holatigacha saqlash xossasidir. Avtomobillarni
chetki holati, uni samaradorligini, rentabelligini pasayishi, eyilishni ko’payishi yoki harakat
xavfsizligi bo’yicha ekspluatasiya qilish mumkin emasligi bilan aniqlanadi. Chidamlilik
ko’rsatkichlari resurs (kilometrlarda) va xizmat muddatidir (yillarda).