• Konstruktorlik
  • Ta’mirlararo resurs
  • Birinchi mukammal ta’mirgacha resurs
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet197/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Resurs - bu avtomobilni texnik hujjatlarida ko’rsatilgan chetki holatigacha bosib o’tiladigan
    yo’lidir. Resurslar kafolatli, ta’mirlararo, birinchi mukammal ta’mirgacha va ruyxatdan
    chiqarishgacha bo’ladi.
    Kafolat resursi - bu ob’ektni ishlash vaqti bo’lib, iste’molchi ekspluatasiya qilish shu
    jumladan saqlash va tashish qoidalariga rioya qilish sharti bilan ishlab chiqaruvchi uni buzilmay
    ishlashini kafolatlaydi. Yangi avtomobillarga avtomobil ishlab chiqaruvchi, ta’mirlangan
    avtomobillarga esa avtota’mir zavodlari tamonidan kafolat resursi o’rnatiladi.
    Konstruktorlik-
    texnologik sabablari bo’yicha yoki avtokorxonalarni ta’mirlash bo’limlari aybi bilan vaqtdan oldin
    avtomobillar buzilsa, u yoki bu agregatlarni buzilishga bo’lgan moddiy zararni qo’lash uchun
    o’rnatilgan tartibda reklamatsiya beriladi.
    Ta’mirlararo resursob’ektni ikkita ketma-ket ta’mirlari oralig’idagi ishlash vaqti. U
    avtomobillarni ekspluatasiya qilish tadqiqotlari komoleksi va tajribalarni umumlashtirish asosida
    tarmoq vazirligi tomonidan ornatiladi.
    Ruyxatdan chiqarishgacha resurs- bu ob’ektni ishlash vaqti yig’indisi bo’lib bunga


    257
    erishganda avtomobilni ekspluatasiya qilish to’la to’xtatiladi.
    Birinchi mukammal ta’mirgacha resurs - bu ob’ektni ishlash vaqti bo’lib, bunga erishganda
    buyum mukammal ta’mirga yuboriladi.
    Xizmat muddati - bu ob’ektni boshlang’ich holatidan uni chetki holatiga kelguncha taqvimiy
    (kalendarli) ekspluatasiya qilish davridir. Kafolatli, ta’miralararo, birinichi mukammal ta’mirgacha
    va ruyxatdan chiqarguncha xizmat muddatlari bo’ladi. Xizmat muddati avtomobillar ishlash
    jarayonida va tabiat kuchlari ta’sirid fizik eskiradi hamda texnik rivojlanish natijasida ma`naviy
    eskiradi. Fizik eskirishni asosiy sababi avtomobil transportini doimiy eksoluaiatsiya qilish
    jadalligini oshirib borishdir.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish