• Tezkor xotirani band etish
  • Tizim (ilovalar) ishga tushishi tezligi
  • Skanerlash tezligi
  • «Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida




    Download 117.5 Kb.
    bet6/6
    Sana27.11.2022
    Hajmi117.5 Kb.
    #32012
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2 antivirus2
    IELTS TASK 2 WRITING
    Vazifalaringiz doirasi
    Tizimda qanday ish qilishingizga qarab antivirus dasturlari turlicha yo‘l tutadi. Ba’zi antiviruslar standart sozlamalarda Internetda va ofis dasturlarida ishlash uchun qulay bo‘ladi. boshqalari esa, ko‘plab fayllarni ko‘chirib olish va ISO- va WIM-timsollarni ulashga mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Tezkor xotirani band etish
    Antiviruslarning tezkor xotiraga bo‘lgan talabi turlicha. Lekin ularning barchasi zamonaviy kompyuterlar uchun maqbul darajada bo‘ladi. Masalan, 2-4 GB tezkor xotiraga va ikki yadroli protsessorga ega noutbuk har qanday antivirus bilan ishlay oladi.

    Tizim (ilovalar) ishga tushishi tezligi
    Mobil kompyuterlarda tez ishga kirishish uchun uyqu rejimidan foydalanish juda qulay. Bu tizimning yangidan ishga tushishini minimumga yaqinlashtiradi va antivirusning tizim ishga tushishiga ta’siri ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Stolusti kompyuterlarida tizimning ishga tushishi jarayoni aynan antivirus dasturi tufayli ancha sekin kechadi.
    Shuningdek, ba’zi antiviruslar standart fayl va dasturlar bilan ishlashni ham sekinlashtiradi. Shuning uchun ba’zida, faqat ichki fayllar bilan ishlayotganda, Internetga ulanmagan holatda, antivirusni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Shunda tizim ishlash tezligi ko‘z o‘ngimizda ortadi.
    Skanerlash tezligi
    Antivirus qanchalik tez skanerlasa, tizimda ishlash shunchalik samarali bo‘ladi. Skanerlash ikki rejimda amalga oshiriladi:
    Talabga ko‘ra (on-demand, skaner) – bu sizning buyrug‘ingizga ko‘ra bajariladi. Masalan, muayyan fayl yoki papkani tekshirish uchun antivirusni ishga tushirish. Kompyuterni jadval bo‘yicha rejali tekshiruvdan o‘tkazish ham shu rejimga kiradi.
    Duch kelinganda (on-access, monitor) – real vaqtdagi tizimning antivirus himoyasi. Chunonchi, antivirus Internetdan olingan dasturlar va fayllarni, arxiv va hujjatlarni tekshiruvdan o‘tkazadi. Fayl va papkalardan nusxa ko‘chirilayotganda ham shu amal bajariladi.
    Ba’zi dasturlar bu rejimlarning birida faolroq ishlasa, boshqalari ikkinchi rejimda muvaffaqiyatliroq ish ko‘rsatadilar.
    Xulosa
    Yuqori samaradorlikka erishish uchun tizimga va ilovalarga qo‘yadigan vazifalaringizni aniq belgilang. Ya’ni, kompyuterdan nima maqsadda foydalanishingizni o‘zingiz bilib oling. Skanerlash tezligi unchalik ahamiyatli emas, chunki rejali tekshiruvni kompyuter sizga kerak bo‘lmayotgan vaqtga to‘g‘rilash mumkin. Doimiy monitoring esa ishlashingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, nuqul Internetda o‘tirsangiz yoki muntazam ofis ilovalarida ishlasangiz, fayllar ochilishidagi bir necha sekundlik ushlanib qolishlarni deyarli payqamaysiz. Lekin yirik arxivlar bilan ishlaydigan bo‘lsangiz, ko‘p miqdorda fayllar ko‘chirishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, monitoringni tez o‘tkazadigan antivirus o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi. O‘rnatilgan antivirusni o‘zingizga moslab sozlab olishingiz ham mumkin, ammo bunda dasturning xavfsizligi kamayishi turgan gap.
    Xulosa qiladigan bo‘lsak, qaysi antivirus yaxshi, qaysi biri yengilroq degan savolga hammaga birdek to‘g‘ri keladigan aniq javob berib bo‘lmaydi. Himoya dasturini tanlashda har bir foydalanuvchining maqsadi, ishlash usuli va kompyuteri konfiguratsiyasiga qarab maslahat beriladi. Biz bu maqolada antivirus tanlash mezonlarini sanab o‘tdik. Ular asosida o‘zingizga maqbulini tanlab oling.
    Download 117.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 117.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida

    Download 117.5 Kb.