• Ishlash tezligi va samaradorlikka ta’sir
  • «Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida




    Download 117.5 Kb.
    bet5/6
    Sana27.11.2022
    Hajmi117.5 Kb.
    #32012
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2 antivirus2
    IELTS TASK 2 WRITING
    Ishongin-u, tekshirgin
    Zararli dasturlarga qattiq qarshi turish uchun ba’zi foydalanuvchilar bir nechta antivirus dasturlarini o‘rnatadilar. Bu hol qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarishga o‘xshaydi. Aslida, antivirus dasturlar kompyuterda «raqobatchi»lari borligini aniqlab, o‘rnatilishdan bosh tortadilar. Nimadir qilib o‘rnatib oldingiz ham deylik. Lekin bu bilan baribir himoya kuchayib qolmaydi – dasturlar viruslarga qarshi alohida-alohida kurashadilar. Qolaversa, har bir ochiladigan fayl yoki ishga tushadigan dastur ikki qayta tekshiruvdan o‘tadi va bu kompyuter ishlashining sezilarli sekinlashuviga olib keladi.
    Samaradorlik kamayishidan tashqari, antiviruslar bir-biri bilan chiqishmasligi ham bor. Bu esa boshqa dasturlar va butun tizim ishining izdan chiqishiga olib keladi. Shu sababli, hech qachon kompyuteringizga ikkita antivirus o‘rnatmang.
    Kompyuterda ishlayotgan antivirusdan judayam shubhalanayotgan bo‘lsangiz, boshqa antivirus kompaniyalarining skanerlaridan foydalanib ko‘ring. Skanerlarni bepul yuklab olish mumkin. Shuni hisobga olingki, ularning antivirus bazalari faqat yuklab olgan kun uchun ahamiyatli bo‘lib, qayta yangilanmaydi.

    Ishlash tezligi va samaradorlikka ta’sir
    Windows va ilovalarning ishlashiga antivirusning ta’sir ko‘rsatishi faqat uni o‘chirganingizdan keyingina bilinadi – tizim chaqqonroq ishlay boshlaydi, dasturlar tez ishga tushadi va h.k. Lekin boshqa antivirus o‘rnatganingiz zahoti yana eski holatga qaytiladi.
    Antivirusning kompyuter ishlashiga ta’siri bir necha jihatlarga bog‘liq.
    Apparatlar konfiguratsiyasi. Ma’lumki, kompyuter qanchalik qudratli bo‘lsa, uning ishlashiga antivirus dasturining ta’siri shunchalik kamayadi. Lekin mobil qurilmalarda (noutbuk, smartfon va b.) himoyaning ishlashi batareyaga ta’sir ko‘rsatib, uni tezroq «o‘tirishi»ga olib keladi.
    Antivirus arsenali. Antivirusda himoya modullari qanchalik ko‘p bo‘lsa, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi shunchalik keng ko‘lamda bo‘ladi. Masalan, tarmoqdagi faollik monitoringi yoki siz kirgan veb-manzillarni tekshirish brauzerning ishlashini, soddaroq aytganda, Internetdagi sahifalarning ochilishini sekinlashtiradi.

    Download 117.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 117.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida

    Download 117.5 Kb.