|
Kataliz nazariyalari. Fermentativ kataliz Reja
|
bet | 5/8 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 29,88 Kb. | | #260006 |
Bog'liq Kataliz maruzaFermentlar ko’pgina reaksiyalarni “yumshoq” sharoitlarda olib borishga imkon beradi. Masalan oqsillar pH 7 da proteaza deb ataladigan fermentlar yordamida gidrolizlanadi. Boshqa fermentlar ta’irida azot vodotod bilan uy haroratida va atmosfera bosimida (0,1 Mpa) birikadi, vaxolanki sintetik, anorganiq (geterogen) katalizatorlar yordamida bu jarayonni olib borish uchun 700-800 K ҳarorat va yuqori bosimlar (o’nlab atmasfera) zarur bo’ladi. Jonli tabiatdagi hamma jarayonlar maxsus fermentlar tomonidan boshqarib boriladi. 1.Haroratning ta’siri. Har bir katalizator tarkibi va tayorlanish sharoitiga qarab, ma’lum reaksiya uchun malum haroratlar chegarasida eng katta aktivlikka ega bo’ladi. Odatda, katalizator qancha aktiv bo’lsa, uning past temperaturadagi aktivligi shuncha katta bo’ladi va xaroratning katalizator normal ishlaydigan ish haroratidan oshishi uning aktivligini kamaytiradi va xatto, uni butunlay passiv qilib qo’yadi. Shuning uchun katalitik va ayniqsa haddan tashqari oshib ketish katalizator uchun haflidir. 2.Bosimning ta’siri. Umuman olganda, bosim o’zgarishi bilan katalitik reaksiyalarning unumi Le-Shatel’e prinsipiga bo’ysinadi. Lekin geterogen katalitik reaksiyalarda jarayonning birinchi bosqichi adsorbilanish bo’lgani uchun bosim o’zgarishi bilan reaksiyaning tezligi, binobarin, katalizatorning aktivligi ham o’ziga xos ravishda o’zgaradi. Baezan bosimning o’zgarishi reaksiya yo’nalishini ham o’zgartirish mumkin. Vodorod bilan bo’la oladi. Normal bosimda reaksiyaning asosiy maxsuli metan bo’ladi. Reaksiya oksid katalizatorlar ishtirokida yuqori bosimda olib berilsa, metil spirti, juda yuqori bosimda esa yuqori molekulali spirtlar xosil bo’ladi. 3.Katalizatorning maydalanganlik darajasi (dispersligi). Katalizator donachalarining o’lchami kichraygan sari uning yuzasi ortib boradi, natijada uning aktivligi ham oshadi. Boshqa tomondan, donachalar kichiklashgan sari reagentlarning diffuziyalanishi qiyinlasha boradi, bu esa katalizator aktivligining kamayishiga sabab bo’ladi. Demak, optimal disperslikni topish zarur.
KATALIZATOR AKTIVLIGI TURLI OMILLARNING TA’SIRI
|
| |