|
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕBog'liq 155-158
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 24
Часть–1_ Июль –2023
157
2181-3187
Bu sxema katalizatorning reaksiya oxirida kimyoviy jihatdan o’zgarmay
qolishini va reaksiya tezligining katalizator miqdoriga proparsional ekanligini
ko’rsatadi.Avtokataliz -kimyoviy reaksiyani uning molekulalaridan biri yordamida
katalitik tezlashishidir.
Masalan: protonlar, protonlar /H+/ murakkab efirlarning gidrolizini
tezlashtirishi mumkin. Avtokatalizda bu protonlar hosil bo’lgan maxsulotning
dissotsiyalanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Chunonchi, etilasetatning gidrolizlanish
maxsuloti -sirka kislota proton /gidroksoniy ioni/ hosil qilib dissotsiyalanadi:
CH
3
COOC
2
H
5
+H
2
O → CH
3
COOH+C
2
H
5
OH
CH
3
COOH+H
2
O→ CH
3
COO
-
+H
3
O
+
H
3
O
+
→ H
+
+H
2
O[6]
hosil bo‘lgan protonlar gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi.
Avtokatalitik reaksiyalarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular
katalizatorning konsentratsiyasini o’zgaruvchan oshishi sharoitida beradi. Shu
sababli Avtokatalitik reaksiyaning tezligi boshlangich davrda oshib boradi, o’zaro
ta'sir etuvchi rengenlarning konsentratsiyasi kamaygach reaksiya tezligi
sekinlashadi.Biologik sistemalarda kataliz juda katta rol o’ynaydi. Ovqat xazm qilish
sistemasida, qonda odam va xayvonlarning xujayralarida boradigan ko’pgina
kimyoviy reaksiyalar katalitik reaksiyalar hisoblanadi. Bu yerda ishtirok etadigan
katalizatorlar ularni fermentlar deb yuritiladi. Ular oddiy yoki murakkab oksillardan
iborat. Oshqozon suyuqligida bo’ladigan pepsin esa oksillarni parchalanishini
tezlashtiradi. Odam organizmida 30000 ga yaqin turli-tuman fermentlar bo’lib
ulardan har biri o’ziga xos reaksiyalar uchun katalizatorlik vazifasini bajaradi.
Fermentativ reaksiyalar katalitik reaksiyalarning umumiy qonuniyatlariga
bo’ysunadi. Shu bilan bir qatorda biologik katalizatorlar bilan fermentativ
reaksiyalarning anorganik katalizdan farq qiladigan tomonlari ham bor. Ayni
reaksiya uchun o’zi katalizator emas lekin katalizatorlarga ozgina qo’shilganda
katalizatorlarning aktivligini bir necha barobar oshirib yuboradigan moddalar
promotorlar deyiladi.Misol: Ushbu reaksiyada platina katalizator, unga temir,
alyuminiy .qo’shilsa platinani katalitik aktivligi bir necha barobar ortib ketadi. Bu erda
temir, alyuminiy promotor vazivasini bajaradi. Temir va alyuminiy bu reaksiyaga o’zi
katalizatorlik qila olmaydi.Ba’zi moddalar qattiq katalizatorlarning aktivligini
kamaytiradi yoki butunlay yo’qotadi. Bunday moddalar katalitik zaharlar
deyiladi.Misol: Mishyak, simob, oltingugurt, qo’rg’oshin birikmalarini, sianli
birikmalarni keltirish mumkin Ular ayniqsa platina katalizatoriga tez ta’sir ko’rsatadi.
ushbu reaksiyaga platina katalizator, agar reaksiyaga kirishayotgan moddalarga
katalitik zahar qo’shilib qolsa katalizator bilan katalitik zahar o’rtasida reaksya ketadi.
Ammiak hosil bo’lish reaksiyasiga katalizatorlik qila olmaydi. Ya’ni katalizator
zaharlandi, katalizatorlik xususiyatini to’xtatdi degani.
|
| |