|
Gapni to‘g‘ri javob bilan to‘ldiring. ........elektr toki deyiladiBog'liq 6-sinf fizika uzb9. Gapni to‘g‘ri javob bilan to‘ldiring. ........elektr toki deyiladi.
A) Zaryadlangan zarralarning harakatiga...
B) Zarralarning tartibli harakatiga...
C) Zaryadlangan zarralarning tartibli harakatiga...
D) Elektronlarning tartibli harakatiga...
10. Elektr zanjirining chizmasi deganda nimani tushuniladi?
A) Turli elektr asboblarining shartli belgilari.
B) Elektr asboblarining tasviri o‘rniga shartli belgilar bilan tasvir lanishi.
C) Elektr asboblarining ulanish chizmasi.
D) Asboblarning shartli belgilari yordamida o‘zaro ulanish chizmasi.
11. Qaysi belgi galvanik elementni ifodalaydi?
A)
B)
C)
D)
12. Tok kuchi qanday asbob yordamida o‘lchanadi?
A) Voltmetr.
B) Ampermetr.
C) Galvanometr.
D) Elektrometr.
130
13. Quyidagi asboblardan qaysi biri yordamida suvni isitish mumkin?
A) Elektr dazmoli.
B) Elektr lampochkasi.
C) Mikroto‘lqinli pech.
D) Ventilyator.
14. Tok mavjud bo‘lishining shartini ko‘rsating.
A) Elektr zanjirida tok manbai va iste’molchilarning bo‘lishi.
B) Zanjirda iste’molchi, uzib-ulagich va manbaning bo‘lishi.
C) Tok manbai va zanjir berk bo‘lishi.
D) Zanjirda iste’molchi, uzib-ulagich bo‘lishi.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz V bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari
bilan tanishasiz.
Jismlarning
elektrlanishi
Jismlar bir-biriga ishqalanib yaqinlashtirilganda biri dan
ikkinchisiga erkin elektronlarning o‘tib qolishi.
Musbat zaryad-
langan jism
O‘zidan elektronlarni bergan jism.
Manfiy zaryad-
langan jism
O‘ziga elektronlarini olgan jism.
Proton
Atomning yadrosida musbat zaryadga ega bo‘lgan zarra.
Neytron
Atomning yadrosida zaryadga ega bo‘lmagan zarra.
Elektron
Yadro atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadga ega bo‘lgan
zarra.
Batareya
Bir marta ishlatiladigan galvani elementi.
Akkumulyator
Qayta zaryadlab ishlatiladigan galvani elementi.
Voltmetr
Elektr kuchlanishini o‘lchaydigan asbob.
Ampermetr
Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchini o‘lchaydigan asbob.
Elektr zanjiri
Tok manbai, ulovchi o‘tkazgichlar, tok iste’molchisi va
uzib-ulagichdan tashkil topgan zanjir.
Elektr zanjiri-
ning chizmasi
Asboblarning shartli belgilari yordamida o‘zaro ulanish
chizmasi.
|
| |