124
Amaliy topshiriq
Oqish va qizg‘ish rangdagi bir nechta tanga,
tuzli suv
shimdirilgan qog‘oz yordamida volta ustuniga o‘xshash batareya
yasang.
1. Bitta galvani element hosil qilgan kuchlanish odatda 1–2 V
atrofida bo‘ladi, momaqaldiroq paytida bulutlar orasidagi
kuchlanish esa 100 million voltga boradi.
2. Katta quvvatli generatorlar kuchlanishi 15–20
kV ga teng
bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqib, foydali ish koeffitsiyenti
97–98% ga boradi.
45-MAVZU
TURMUSHDA ELEKTR TOKINING AHAMIYATI.
ODDIY ELEKTR ZANJIRI
Turmushimizni elektr tokisiz tasavvur qilishimiz juda qiyin. U bizga
hamma joyda hayotimizni yengillashtirishda yordam beradi. Ertalab
turib elektr chiroqni yoqamiz, elektr choynakda choy qaynatamiz.
Mikroto‘lqinli elektr pechda nonushtani isitamiz. Nonushtadan so‘ng
lift orqali pastga tushamiz. Metroda o‘qishga yoki ishga boramiz. Yo‘l-
yo‘lakay uyali telefonda gaplashamiz. Maktabga o‘qishga kelsak,
darsga
qo‘ng‘iroq chali
nadi. Yorug‘ xonalarda elektrga oid darslarni o‘qiymiz.
E’tibor qilinsa, bularning barchasida elektr yordamchi bo‘lib xizmat
qiladi. Turmushda biz foydalanadigan ko‘pgina narsalar kabi ularning
ijobiy tomonlari bilan birga, ehtiyot bo‘linmasa,
zararli tomonlari ham
bor. Chunki simlardan o‘tayotgan elektr toki ko‘zga ko‘rinmaydi, hidi
yo‘q, rangsizdir. Tok borligini o‘lchov asboblari yordamida aniqlash
mumkin. Tokdan zararlanishni ilk bor 1862-yilda qayd etishgan. Bunda
inson tok o‘tuvchi simning ochiq joyiga tegib halok bo‘lgan. Shu
sababli undan foydalanish uchun asboblarni tok manbalariga to‘g‘ri
ulashni o‘rganib olishimiz kerak.
O‘rganishni sodda elektr zanjiri tuzishdan boshlaylik.
Buning
uchun tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagich olinadi.
So‘ngra daftarga ularni bir-biriga ulash chizmasi chiziladi. Chizmada
tok manbai, lampochka, uzib-ulagich
va boshqa asboblar shartli
belgilar bilan belgilanadi (95-rasm).