• 49-MAVZU QUYOSH VA OY TUTILISHI
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    Amaliy topshiriq
    Tog‘orani suvga to‘ldiring. Qo‘lingizda qalamni ushlab uning 
    soyasini tog‘ora suvining tubida kuzating. So‘ngra qalamning 
    yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga 
    ajralishiga e’tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo‘lib, yorug‘ 
    bo‘ladi. Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
    1. 
    Nima uchun havo bulut bo‘lganda buyumlarning soyasi hosil 
    bo‘lmaydi?
    2. Agar devorga biror buyumning soyasi tushirilsa, bu soyaning 
    o‘lchami nimaga bog‘liq bo‘ladi?
    3. 
    Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini yana qanday 
    hodisalar tasdiqlaydi?
    49-MAVZU
    QUYOSH VA OY TUTILISHI
    Tabiatda soya va yarim soya hosil bo‘lishini katta masshtabda 
    Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma’lumki, Quyosh 
    atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o‘zining tabiiy yo‘ldoshi 
    Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 
    sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 29,5 
    sutkada bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir 
    momentda Yer va Quyosh oralig‘iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan 
    keluvchi nurlarni to‘sib qoladi. Shunda 
    Quyosh tutilishi
    ro‘y beradi 
    (105-rasm).


    136
    A
    B
    B
    105-rasm.
    Yerdagi 
    A
    sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to‘la 
    to‘silib qolganligidan, u yerda qorong‘ilik bo‘ladi. Bu joyda Quyoshning 
    to‘la tutilishi
    kuzatiladi. Yerning 
    B
    sohasida esa yarim soya bo‘ladi. 
    Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning 
    qisman tutilishi
    ro‘y beradi. 
    Yerda Quyoshning to‘la tutilishi kuzatilgan joylarida to‘la qorong‘ilik 
    bo‘lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko‘rinadi. Yerning bu 
    sohasi isitilishdan to‘xtaganligidan shamollar paydo bo‘ladi. Noxush 
    vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu 
    esa odamlarga ta’sir etib vahimaga tushish gan.
    Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig‘iga Yer tushib 
    qolsa, 
    Oy tutilishi 
    ro‘y beradi (106-rasm). Oy o‘zidan yorug‘lik 
    chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug‘likni qaytaradi. Oyga 
    tushayotgan Quyosh nurini Yer to‘sib qol 
    ganda Yer 
    ning soyasi Oyga 
    tushadi. Yerning atmosferasi bo‘l 
    maganda edi, Oy tutilishi davrida 
    u ko‘rin 
    may qolar edi. Yer atmo 
    sferasi Quyosh nurlarini sochib 
    yuborganligi tufayli Oyning tutili 
    shi davrida qizg‘ish disk shaklida 
    ko‘ramiz.
    106-rasm.
    Oy tutilishi sababi ma’lum bo‘lmagan davrda, odamlarda qo‘r-
    qinch paydo bo‘lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivo 
    yat va afsonalar 
    to‘qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini qayerda, qachon 
    va qanday ko‘rinishda bo‘lishi ancha oldindan aytib beriladi. Shunga 


    137
    ko‘ra olimlar bu hodisani o‘rganish uchun tayyorgarlik ko‘rishadi. 
    Quyosh to‘la tutilganda, boshqa vaqtda ko‘rinmaydigan «
    Quyosh toji
    » ni 
    kuzatish mumkin.
    Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. 
    Oy ham o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Oyning kunduzgi yorug‘ tushib 
    turgan qismi bizga ko‘rinib, yorug‘ tushmagan qismi ko‘rinmaydi. Uni 
    Oy tutilishi bilan adash tirmaslik kerak.

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish