• Singan nur bilan sinish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (  )sinish burchagi
  • Amaliy topshiriq
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    Yorug‘likning sinishi. 
    Yorug‘likning sinishini o‘rganish 
    uchun optik diskda yassi ko‘zgu o‘rniga yarim doira 
    shaklidagi shishani o‘rnatamiz (108-rasm). Shishaga 
    nurli ko‘rsatkichdan nur yuborilganda, undan bir qism 
    nur qaytganligini (
    1
    ) va bir qismi sinib, shisha ichiga 
    o‘tganligini (
    2
    ) ko‘rish mumkin. 
    Singan nur bilan sinish 
    nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak 
    (

    )sinish burchagi
     
    deyi ladi.
    Tajribalar ko‘rsatadiki, sinish 
    burchagi tushish burchagidan kichik bo‘ladi. Demak, yorug‘lik nuri bir 
    muhitdan ikkinchisiga o‘tganda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirar ekan.
    109-rasm.
    Stakanga solib qo‘yilgan naycha singandek 
    bo‘lib ko‘ri 
    nishi, hovuzdagi suvga qaralganda 
    chuqurmasdek bo‘lib ko‘rinishi yorug‘likning 
    suvga tushishi va chiqishida sinishi tufaylidir (109-
    rasm). Yorug‘likning bir muhitdan ikkin 
    chisiga 
    o‘tganda sinishiga sabab, yorug‘likning tarqalish 
    tezligi o‘zgarishidir. Yorug‘lik shishadan havoga 
    yoki suv 
    dan havoga o‘tganda sinish burchagi 
    tushish burcha 
    gidan katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
    suvda yashovchilar uchun tashqi dunyo butunlay 
    boshqacha bo‘lib ko‘rinadi.
    Amaliy topshiriq
    Piyola olib, uning ichiga tanga soling. Piyolani stol ustiga 
    qo‘yib, undan tanga ko‘rinmaydigan joygacha uzoqlashing. 
    O‘rtog‘ingizdan piyolaga suv quyishni so‘rang. Shunda tanga yana 
    ko‘rinadigan bo‘ladi. Sababini tushuntiring.


    140
    1. Nima sababdan qog‘oz ho‘llansa orqasidagi yozuvlar ko‘rinadi?
    2. 
     
    Suv yoqasida o‘tirgan bola, suvda Quyoshning aksini ko‘rib 
    turibdi. Bola o‘rnidan tursa, Quyoshning aksi qaysi tomonga 
    siljiydi?
    3. Suv ichida turib atrofga qaralsa, undagi toshlar, suv o‘tlari va 
    h.k., suv ustidan turib qaralgandagidek ko‘rinadimi?

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish