141
fikrlari qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Yorug‘lik sinishi
haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo‘llagan savol va javoblarida
quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so‘raydi: «Oq, yumaloq, tiniq bir
shishani tiniq suv bilan to‘ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh
(linza) xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo‘shatilib, havo bilan
to‘ldirilgan bo‘lsa, kuydirmaydi va Quyosh sho‘lasini to‘plamaydi. Nima
uchun shunday bo‘ladi?». Savolga Ibn Sino quyidagicha javob beradi:
«Albatta
suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo‘lib, uning zotida rang
bordir. Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug‘lik akslanadi
(sinadi). Shuning uchun suv bilan to‘ldirilgan dumaloq shishada
yorug‘lik akslanadi. Sho‘laning to‘pla
nishidan kuydirish
quvvati paydo
bo‘ladi. Ammo havodagi sho‘la kuchli akslanmaydi. Chunki havo nozik
(siyrak) va tiniqdir». Bu fikrlarning qanchalik to‘g‘riligini keyingi
«linza» haqidagi mavzuda o‘rganasiz.
Ko‘rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday
savol yuboradi: «Ko‘z nuri vositasi bilan idrok qilish – ko‘rish qana
qa,
nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko‘rinib turadi, holbuki ko‘z
nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi
silliq va yaltiroq-ku».
Ibn Sino o‘zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib
qonun-
lari» nomli asarlarida aniqroq tafsiflaydi. «Agar ko‘zimizdan nur chiqib,
buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko‘radi
gan bo‘lsak,
nima uchun kechasi ko‘rmaymiz? Nahotki ko‘zimizdan chiqqan nur
butun olamni yoritishga yetsa?»
– deya Aflotunning fikrini rad etadi.
Ibn Sino ko‘rishning asosiy sababi aksincha,
buyumlardan kelayotgan
nurlarning ko‘zimizga tushishi va ko‘z gav haridan o‘tib sinishi, so‘ngra
ko‘zdagi to‘r pardada tasvirning paydo bo‘lishi natijasida deb tushuntiradi.
Osmonda ba’zan yomg‘irdan keyin ko‘rinadigan kamalak (Hasan-
Husan kamalagi) hodisasini ham to‘g‘ri tushuntiradi. Uning sababi
Quyosh nurlarining atmosferadagi bulutlardan o‘tgan vaqtda rangli
nurlarga ajralishidir. Uning yoy shaklida bo‘lishi sababi, Yer atmo-
sferasining sharsimonligidandir.
Shunday qilib, allomalarimiz yorug‘lik hodisalarini turli afsonalarga
emas, balki o‘zlarining ilmiy kuzatishlariga asoslanib tushunti rishgan.