• Ishni bajarish.
  • 56-MAVZU LABORATORIYA ISHI. SHISHA PRIZMA YORDAMIDA YORUG‘LIKNING SPEKTRGA AJRALISHINI O‘RGANISH Kerakli asboblar.
  • -MAVZU LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    55-MAVZU
    LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA 
    YORUG‘LIKNING QAYTISHINI O‘RGANISH
    119-rasm.
    Kerakli asboblar. 
    1) yassi ko‘zgu o‘rnatilgan optik 
    disk; 2) nurli ko‘rsatkich yoki 3–6 volt kuchlanishga 
    mo‘l jallangan cho‘g‘lanma elektr lampochkasi; 3) 
    o‘l-
    cham lari 160 
    ×
    200 mm bo‘lgan oq qalin qog‘oz.
    Ishni bajarish.
    1. 119-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yig‘iladi. Optik 
    disk o‘rtasiga yassi ko‘zgu o‘rnatiladi.
    2. Nurli ko‘rsatkichni (yoki cho‘g‘lanma elektr lam-
    poch kasini) optik disk chetiga mahkamlab, undan 
    ko‘zguga yorug‘lik tushiriladi.


    150
    3. Tushish burchagini o‘zgartirib, ularga mos kelgan qaytish 
    burchaklari aniqlanadi. Natijalari sinf doskasiga yozib boriladi.
    4. Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi tekshiriladi.
    5. Oq qalin qog‘ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopisha-
    digan qilib qo‘yiladi. Shunda qog‘oz yuzida qay 
    tayotgan nur ko‘rinib 
    turadi. Qog‘ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko‘rinadi. 
    Bu hodisadan xulosa chiqariladi.
    6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga 
    o‘rnatib takrorlanadi.
    1. Tushish burchagi va qaytish burchagi o‘zaro qanday muno-
    sabatda bo‘ ladi?
    2. Qaytayotgan nur tushgan nurga nisbatan qanday joylashadi? 
    Bir tekis likdami yoki ixtiyoriy tekislikdami?
    3. Tushish burchagi 0
    °
     ga teng bo‘lsa, qaytish burchagi nimaga teng bo‘ladi?
    56-MAVZU
    LABORATORIYA ISHI. SHISHA PRIZMA YORDAMIDA 
    YORUG‘LIKNING SPEKTRGA AJRALISHINI O‘RGANISH
    Kerakli asboblar.
     
    Proyeksion apparat (ichida cho‘g‘lanma elektr 
    lampasi va nurlarni to‘plab beruvchi optik sistemasi bo‘lgan qurilma); 
    turli shishadan yasalgan prizmalar; ko‘chma ekran.
    Ishni bajarish.
    1. 120-rasmda ko‘rsatilgan quril ma yig‘iladi.
    1
    2
    3
    120-rasm.
    2. Proyeksion apparat yoqilib, undagi nur ingichka holatda priz-
    maga tushiriladi (buning uchun pro yeksion apparatdan chiquvchi nurni 
    tor tirqishdan o‘tkaziladi).
    3. Prizmani burib, ko‘chma ekranda aniq yorug‘lik spektri hosil 
    qilinadi. Ekranda spektr kengligi o‘lchab olinadi.


    151
    4. Tajribani boshqa prizmani qo‘yib takrorlanadi.
    5. Spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga, prizma asosining 
    kengligiga bog‘liqligi o‘rganiladi. Natijalari doskaga yoziladi.
    1. 
     
    Prizmadan chiqqan nurlarning burilish burchagi nur rangiga 
    qanday bog‘liq?
    2. Spektrda nurlarning joylashish tartibi qanday?
    3. Nima uchun spektr kengligi prizma asosining kengligiga bog‘liq?

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA

    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish