• Asosiy tushunchalar
  • Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot
  • Кейс-стади таълим технологияси: афзалликлари ва имкониятлари




    Download 0.97 Mb.
    bet1/5
    Sana27.02.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #163371
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    CASE STUDY
    7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), metod DILNOZZZZZZ, 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb

    KEYS-STАDI TА’LIM TEXNOLOGIYASI: АFZАLLIKLАRI VА IMKONIYATLАRI


    Abilov Muslim Normuxammadovich

    Keys-stadi haqida tushuncha

    Keys‑stadi inglizcha сase - aniq vaziyat, stadi – taʼlim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan taʼlim metodidir. Mazkur metod muammoli taʼlim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Аgar u o‘quv jarayonida maʼlum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, maʼlum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi.

    Asosiy tushunchalar

    Asosiy tushunchalar

    Keys‑stadi (inglizcha case - to‘plam, aniq vaziyat, stadi - taʼlim) - keysda bayon qilingan va taʼlim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sunʼiy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan taʼlim uslubidir.

    Keys-stadi - taʼlim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan taʼlim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda taʼminlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan taʼlim texnologiyasidir.

    Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot

    Ushbu metod dastlab 1870 yilda Garvard universitetining huquq maktabida, keyinchalik 1920 yilda Garvard biznes maktabi (Harvard Business School)da qo‘llanilgan. Garvard biznes maktabining o‘qituvchilari biznes yo‘nalishidagi aspirantura bo‘limi uchun to‘g‘ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining o‘qituvchilari tomonidan qo‘yilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish bo‘ldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to‘qnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo‘lib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ‘ib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari ko‘payib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari INSEAD, LBS, HEC, LSE, ESADE va boshqalar keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.


    Download 0.97 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кейс-стади таълим технологияси: афзалликлари ва имкониятлари

    Download 0.97 Mb.