Tekshirish tadbirlari
O‘quv mashg‘ulotini o‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.
1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi :
-savollarga og‘zaki javob berishi;
-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;
-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;
-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;
-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.
Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayda, krasvord, tarqatma material, vaziyatli masala, barner) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, taxlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi.Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi.
Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va TTA rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi.
2.Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:.
-YaB ga joriy bahoning maksimal reyting balining 55 va undan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi;
-yakuniy baholash OSKI shaklida og‘zaki yoki yozma test shaklida olinadi;
-reyting nazorat tizimi asosan ballarda baholanadi.
Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi.
Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi :
86,0 – 100,0 ball - a'lo
71,0 – 85,9 ball - yaxshi
55,0 – 70,9 ball - qoniqarli
54,9 va undan past - qoniqarsiz
|