• 14. Mashg’ulot mazmuni 14.1. Nazariy kismi
  • Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik




    Download 0,7 Mb.
    bet50/191
    Sana19.03.2017
    Hajmi0,7 Mb.
    #342
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191
    13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

    Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



    14. Mashg’ulot mazmuni

    14.1. Nazariy kismi

    Fizioterapiya tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi. Fizik omillarga quyidagilar kiradi : suv, quyosh, havo, balchiq, elektr toki, ozokerit va boshqalar.

    Fizioterapiya 2 qismga bo‘linadi :

    Umumiy fizioterapiya – organizmning normal va patologik holatlarida ta'sir etuvchi fizik omillarning xususiyatlarini va ta'sir mexanizmini o‘rganadi.

    Xususiy fizioterapiya – o‘rganilgan fizik omillarni davolash va kasallikni oldini olish maqsadida qo‘llanilishini o‘rganadi.

    Fizik omillarning xarakteristikasi

    1.Toksigenligi yoki zaharli xususiyati yo‘q.

    2.Og‘riqlik sezgirligini chaqirmaydi.

    3.Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lantirishga, spazmga qarshi, tonusni oshiruvchi va bakteriotsid ta'sir qilish xususiyatiga ega.

    4.Organizm reaktivligiga ta'sir qilish, shu bilan birga tabiiy va maxsus immunitetni oshirish xususiyatiga ega.

    5.Organizmda har xil biologik aktiv moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan : vitamin D, gistamin, atsetilxolin, serotonin va boshqalar.

    Fizik omillar yordamida patologik jarayonlarning kechishiga ta'sir qilish va ularni maqsadga muvofiq o‘zgartirish mumkin.

    Fizioterapiya – bu patogenetik va simptomatik davolashdir, ya'ni fizik omillar kasallik patogeneziga yoki rivojlanish mexanizmiga ta'sir qilib, ularning belgilarini, ya'ni simptomlarini yo‘qotishga egadir.

    Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalar bilan kasallikni oldini olish – fizioprofilaktika ham alohida o‘rin tutadi.

    Fizioprofilaktika 2 qismdan iborat.

    Birinchi qismi – kasallikni oldini olish;

    Ikkinchi qismi – kasallikning asoratini oldni olish.

    Fizioterapevtik muolajalar organizmga teri va shilliq qavatda joylashgan nerv tolalari orqali ta'sir qilib, kerakli organlarni qo‘zg‘atadi. Bu turli muolajalarda turlicha bo‘ladi - ba'zida tez, ba'zida sekin namoyon bo‘ladi.

    Avval fizik omillar energiyasining organizmga yutilishi sodir bo‘ladi. Bu fazada sodir bo‘ladigan hamma jarayonlar fizika qonuniga bo‘ysunadi. Bunda fizik omillarning tanaga ta'sir qilish chuqurligi, to‘qima turi, qaysi to‘qimalarda energiya qay tarzda yutiladi, issiqlikning paydo bo‘lishi, ionzatsiya xodisasi, molekula hosil bo‘lishi va h.k. Masalan - nurlanish vaqtida nurlar epidermisga bir necha mikron chuqurligiga kirib boradi va o‘z yo‘lida suv molekulalarini kuchli ionlanishini hosil qiladi, buning natijasida to‘qimalarda issiqlik paydo bo‘ladi. Past chastotali impuls toklari harakatlanuvchi nervlarda 0,5-2 sm chuqurlikda ionlarni doimiy darajasini o‘zgartiradi, buning asosida harakatlantiruvchi qo‘zg‘atish yordamida mushaklarning qisilishi kuzatiladi.

    Fizik omillar energiyasining yutilishi, hosil bo‘lgan issiqlikning ta'siri natijasida organizmda biologik aktiv moddalar paydo bo‘ladi. Bunda qon tomirlarining kengayishi, qon aylanishining kuchayishi sodir bo‘ladi, buning natijasida yurak urishi tezlashadi, ba'zida bemorlarda qizish holatlari kuzatiladi. Bu organizmning umumiy reaksiyasidir.

    Fizik omillarning kam intensivlik bilan ta'sir qilishida katta bo‘lmagan sohada qizarish, qichishish, mahalliy haroratning oshishi kuzatiladi. Bu organizmning mahalliy reaksiyasidir.

    Fizik omillarning energiyasi yutilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta'sirida yoki kuchli issiqlik energiyasi ta'sirida segmentar ta'sir vujudga keladi. Agarda ularning ta'siri kam bo‘lsa, unda termoregulyatsiya sistemasi ishga tushib, mushaklar tonusini va oksidlanish –qaytarilishi reaksiyasining bosqichini o‘zgartiradi.

    Fizik omillar maxsus va nomaxsus ta'sir ko‘rsatadi. Bir necha fizik omillar ta'sirida qon aylanishi tezlashib, modda almashinuvi kuchayadi – bu nomaxsus ta'sirdir, ya'ni bir necha omillar uchun umumiy bo‘lgan ta'sirdir.

    Shu bilan birga har bir fizik omillarning o‘ziga xos maxsus ta'siri ham bo‘ladi, ya'ni faqat bitta fizik omil uchun tegishli bo‘lgan ta'siri.

    Masalan : faqat impuls toklari bilan mushaklarni qo‘zg‘atish mumkin; UFO nurlari bilan ta'sir etganda «D» vitaminini hosil bo‘lishi; vannalarning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos maxsus ta'siri bo‘ladi.

    Fizioterapiyada muolajalar ikki xil turga bo‘linadi. Biri – asosiy muolajalar, ikkinchisi qo‘shimcha muolajalardir. Har bir fizioterapevtik muolaja asosiy yoki qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

    Asosiy muolajalar - bunda ta'sir ichki organlarda kasallikni qaytarishga qaratilgandir. Masalan : DMV buyrak usti beziga ta'siri natijasida gormonlarni stimulyatsiyalaydi; elektrouyqu qondagi qand miqdorini kamaytiradi.

    Fizioterapevtik muolajalar kasallikning patogeneziga qarab, kasallikning kelib chiqish mexanizmiga ta'sirini hisobga olib belgilashimiz kerak.

    Fizioterapevtik muolajalar organizmning umumiy holatiga, patologik jarayon spetsifikasiga, uning klinik holatlariga, bosqichiga, yo‘ldosh kasalliklarga qarab tavsiya etiladi. Fizik omillarning dozasini belgilayotganimizda bemorning shu vaqtdagi boshlang‘ich holatiga va patologik jarayonning belgilariga, organizmning sezuvchanligiga e'tibor berishimiz lozim.

    Shuni doim esda tutishimiz kerak-ki, fizioterapevtik muolajalarni asosan kichik intensivlikda berish maqsadga muvofiqdir. Muolajalarni kichik dozada berish hujayra funksiyasini qo‘zg‘atadi, katta dozalar bosadi.

    Fizioterapevtik muolajalarga organizmning javob berishi asosida, muolajalarning berilishini tartibga solishimiz yoki ularni belgilashda ko‘rsatmalarni tartibga solishimiz mumkin.

    Fizioterapevtik muolajalar, jumladan elektr bilan davolash turlari xilma xildir va ular organizmga har xil ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri turli tarmoqlaridagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini yaxshilaydi, to‘qima trofikasini, modda almashinuvini, yaxshilaydi, neyro – gumoral ta'sir etadi, buzilgan immun jarayonlarni tiklaydi. Ko‘p fizik omillar sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega.



    Download 0,7 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

    Download 0,7 Mb.