Galvanizatsiya
Davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.
Ta'sir qilish mexanizmi
Galvanik toklar yoki hosil bo‘ladigan impulslar teridagi nerv retseptorlariga ta'sir qiladi, ya'ni markazga intiluchi yo‘llar orqali impulslar ko‘rinishida markaziy nerv sistemasiga ta'sir etib, u yerda og‘riqdan ustun bo‘ladigan dominant o‘choqni hosil qiladi. U yerdan impulslar orqa miya orqali o‘tib, pastga tushuvchi nervlar yordamida patologik o‘choqqa tushadi. Bunday ta'sir neyroreflektor ta'sir deb ataladi. Bundan tashqari gumoral ta'sir farqlanadi – har xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib, gipotalamo-gipofizar sistemsiga ta'sir etadi.
Fiziologik ta'siri
-qon tomirlarini kengaytiruvchi;
-modda almashinuvini stimullovchi;
-og‘riqqa qarshi;
-yallig‘lanishga qarshi;
-regeneratsiyani kuchaytiruvchi;
-oziqlanishni yaxshilochi;
-ichki sekretsiya bezlarini stimullovchi;
-nerv-mushak apparatining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi;
-yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilovchi.
Galvanizatsiyada quyidagi elektrodlar qo‘llaniladi : qo‘rg‘oshinli, qalinligi 0.1 – 0.3 mm; platinali (ko‘z va quloq uchun vannalarda qo‘llanila-di); ko‘mirli, asosan AGVK apparati uchun qo‘llaniladi (4 kamerali vanna).
Patologik o‘choq jarayonining katta-kichikligiga qarab elektrodlarni 2 xil qo‘yish mumkin, ya'ni bo‘ylama va ko‘ndalang. Bo‘ylama usulda ketma-ket joylashadi va to‘qima yuzasiga ta'sir qiladi. U asosan umurtqa pog‘onasi kasalliklarida, nerv jarohatlarida (chiqish va kirish yerlari), segmentar zonalarga ta'sir qilishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang usulda elektrodlar parallel joylashadi, ya'ni ikki elektrod oralig‘ida kasallangan organ joylashadi va asosan qalinlik bo‘yicha ta'sir etadi. U bo‘g‘im va ichki organ kasalliklarida qo‘llaniladi.
Galvanizatsiyaning quyidagi klassik usullari mavjuddir
1.Vermel usuli – umumiy galvanizatsiya qilinadi. 1-elektrod ko‘krak sohasiga, 2-si 2 tarmoqligi boldir ustiga.
2.Sherbak bo‘yicha yoqa usuli – 1-elektrod yoqa sohasiga, 2-si bel sohasiga.
3.Sherbak bo‘yicha ishton usuli – 1- 2 tarmoqli elektrod sonning oldingi sohasiga, 2-si bel sohasiga.
4.Bergone bo‘yicha yarim maska usuli – 1-elektrod jarohatlangan yuz sohasiga (3 oyoqli yuz nervi bo‘ylab - peshana, yuz va dahan) yoki pastki jag‘ (ko‘z va og‘iz bo‘sh qoladi), 2-si ko‘krak oralig‘iga yoki qarama-qarshi yelkaga.
5.Yuz va bo‘yin sohasini Kellat usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-elektrod yuz-bo‘yin sohasiga, 2-si qarama-qarshi yelkaga.
6.Ko‘z sohasini Burginon usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-2 tarmoqli elektrod ko‘z sohasiga, 2-si qarama-qarshi bo‘yin sohasiga.
7.Burunning shilliq qavatini Kassil usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1- 2 tarmoqli elektrod burun shilliq qavatiga, 2-bo‘yin sohasiga.
Odamning bosh qismiga 5 Ma, tana qismiga 50 Ma tok beriladi. Muolajalar prokladka yoki qistirmalar yordamida o‘tkaziladi. Prokladkalar paxtalik to‘qimalardan tayyorlanib, 10-12 qavatdan iborat bo‘ladi, shunda tok bir tekis tarqaladi. Muolajalardan oldin prokladkalar fiziologik suyuqligi yoki suv bilan namlanadi, chunki bu bilan quruq teri qarshiligi yengiladi va elektroliz mahsulotlarining kuydiruvchi ta'siri bartaraf etiladi.
Doimiy tokning organizmga qarshi to‘qimalarining biofizik xususiyatiga bog‘liq : -to‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligiga
-qutblanishiga
-diffuziyaga va h.z.
To‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligi organizmda suyuqlik miqdoriga bog‘liq. Suyuqlik muhitlariga kiradi : qon, limfa, siydik va boshqalar.
Qutblanish – ionlarning o‘tkazilishi uchun to‘siq hisoblangan ion va ionlashgan molekulalarni har xil zaryadli yarim o‘tkazuvchi membrananing ikki tomonda yig‘ilishidir.
Doimiy tok ta'sirida diffuziya va osmos jarayonlari hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisobiga kuchayadi.
Prokladkalarning shakli qo‘yilish joylariga qarab bo‘lishi mumkin :
-yoqasimon -aylanasimon -to‘rt burchakli
Prokladkalar namlanganidan so‘ng kerakli joyga qo‘yilib, ustiga elektrod qo‘yiladi, uning ustidan elastik bint yoki qumli yostiqchalar yordamida fiksatsiya qilinadi.
Ko‘rsatmalar
-gipertoniya kasalligining I-II darajasi -ko‘z kasalliklari
-teri kasalliklari -nerv kasalligi (nevrit,
-LOR kasalliklari nevroz, pleksit)
-umurtqa pog‘anasi kasalliklari (radikulit, osteoxondroz)
-oshqozon-ichak kasalliklari (oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit)
-gepatit, xoletsistit, pankreatit
-zotiljam, bronxit, bronxial astma
-erkak va ayol jinsiy organlari kasalliklari
Galvanizatsiya asosan o‘tkir osti va surunkali davrlarda qo‘llaniladi.
Qarshi ko‘rsatmalar
1.Umumiy : -bemorlarning umumiy og‘ir holati
-miokard infarkti
-qon kasalligi (leykoz, anemiya)
-homiladorlikning ikkinchi yarmi
-haroratli holat
-yuqumli kasalliklar
-silning faol shakli
-xavfli o‘sma, shish kasalligi
-kasallikning dekompensatsiya bosqichi
-o‘tkir yiringli jarayonlar
-qon ketishga moyillik
-tokni ko‘tara olmaslik
2.Mahalliy : -teri butunligining buzilishi
-ekzema va dermatitlarning bo‘lishi
-tanada metall buyumlarning bo‘lishi
Muolajalar 10-15-20 minutgacha davom etishi mumkin, har kuni yoki kun ora, 1 davolash kursiga 6-12-15 muolaja to‘g‘ri keladi.
|