Kelishildi




Download 0,7 Mb.
bet54/191
Sana19.03.2017
Hajmi0,7 Mb.
#342
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191
Diadinamik toklar

Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Bir taktli tok ta'sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta'sirini uyg‘otadi.

Ikki taktli tok ta'sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi.

Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytarilishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. Shuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyatsiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta'sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta'sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta'sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta'sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan : ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta'sirida patologik o‘choq sohasida vegetativ bog‘lamlarning qo‘zg‘alish hisobiga qon aylanish, ionlar konsentratsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, gistamin va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ajraladi, to‘qimalarning himoya xususiyati oshadi, funksiya normallashadi. Diadinamik toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi. Masalan : mushaklar lat yeganda, bog‘lamlarning cho‘zilishida, periartritlarda, og‘riq sindromi bilan birga davom etadigan periferik nerv sistemasi kasalliklarida va boshqa kasalliklarda, jarohatlarda keng foydalaniladi.


Download 0,7 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191




Download 0,7 Mb.