Kelishildi




Download 0,7 Mb.
bet53/191
Sana19.03.2017
Hajmi0,7 Mb.
#342
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   191
Elektr uyqu

Elektr uyquda organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi. Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda o‘zgartiriladi.

Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar bemorlarda yomon hissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil tortilish hissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi, mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya, endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora.


Download 0,7 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   191




Download 0,7 Mb.