7. Ta'lim texnikasi va usullari:
|
Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
|
8. Ta'lim shakillari:
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
9.Ta'lim vositalari:
|
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.
|
10. Ta'lim shart sharoitlari:
|
Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya,TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.
|
11.Monitoring va baholash :
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.
|
12. Motivatsiya
Fizioterpiya - fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini,turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida tulaqon kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatadi.
Hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash va oldini olish jarayonlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Turli patologik holatlarida o‘z vaqtida reabilitatsion dasturlarni tanlash va tavsiya etish vrachning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Amaliy tibbiyotda fizik omillar keng qo‘llanilishi, sohada o‘tkaziladigan ilmiy ishlarga, yangi davolash usullarining yaratilishiga va davolash maqsadlarida dori-darmonsiz davolash uslublarini qo‘llash talablariga bog‘liqdir. Fizik omillarning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini o‘rganish, ba'zi muolajalarning texnikasini va qo‘llanilish uslubini, apparatlarning tuzilishini, toklarning qo‘llanilishiga umumiy ko‘rsatmalarni va bunga yo‘l qo‘ymaydigan mon’eliklarni o‘rganish, davolashning ta'sirini kuchlantirishga imkoniyat beradi.
|