Tahliliy qism baholash mezoni:(organayzer):
Maksimal ball 15
|
13-12 ball
|
11-10 ball
|
9-8 ball
|
7-6ball
|
100%-86%
|
85%-73%
|
70-56%
|
53%-46%
|
43% va undan kam
|
Vaziyatli masala:
1. Bemor o‘n ikki bormoq ichak yara kasalligi tashxisi bilan davolanmoqda. Unda 2 yil oldin Bilrot bo‘yicha oshqozoni rezeksiya qilingan. Hozirgi kundagi shikoyatlari : vaqti-vaqti bilan epigastral sohada og‘riq, uyqusining yomon, asabiylashishga. Laborator analizlarida EChT – 17 mm/soat; leykotsitoz. Tana harorati 36,9 o S. Bemorga qaysi elektr bilan davolash muolajasini tavsiya etish mumkin? Agar elektroforez qo‘llanilsa dori moddasi qaysi elektroddan organizmga yuboriladi?
Javob : bemorga elektr bilan davolashning galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu va umumiy franklinizatsiya muolajalarini tavsiya etish mumkin. Bemorga elektroforez muolajasi buyurilganda dori moddasi bir xil zaryadli elektrod ostidan organizmga yuboriladi.
2.Bemor terapiya bo‘limida gipertoniya kasalligi bilan davolanmoqda. U qon bosimining ko‘tarilishiga (150/80 mm simob ustuni), yuragining tez urishiga, bosh og‘rig‘iga, holsizlanishga shikoyat qilmoqda. Bemorga qaysi fizioterapevtik muolaja tavsiya etish mumkin? Qaysi usullar yordamida?
Javob : bemorga tinchlantirish, qon bosimini tushurish maqsadida elektroforez muolajasini Sherbak bo‘yicha yoqa usulida, elektr uyqu muolajasini ko‘z-ensa usulida, darsonvalizatsiya muolajasini labil usulda bosh-yoqa sohasida qo‘llanilishi mumkin.
|