Kelishildi




Download 0,7 Mb.
bet71/191
Sana19.03.2017
Hajmi0,7 Mb.
#342
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191
Darsonvalizatsiya

Darsonvalizatsiya - yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015 – 0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usulidir. Bu tok turini birinchi marta fransuz olimi D.Arsonval taklif qilgan. D.Arsonval toklari teriga elektroddan tushib turadigan mayda-mayda uchqunlar bilan, hamda bu uchqunlardan havoda paydo bo‘ladigan ionlar va kimyoviy moddalar (ozon, azot-oksid va boshqalar) bilan ta'sir ko‘rsatadi. Bu bemorda igna sanchilish xissiyotini uyg‘otadi, ayni vaqtda issiqlik sezilishi paydo bo‘ladi.

Muolajalarni o‘tkzishda “Iskra” apparatidan foydalaniladi. Bunda 7 xil shakldagi shisha vakuumli elektrodlardan foydalaniladi va asosan ikki xil usul qo‘llaniladi, ya'ni labil va stabil.

D.Arsonvl toklari teridagi retseptorlarning sezgirligini pasaytirib, tomir va sfinkterlarning spazmini yo‘qotuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ular to‘qimalar trofikasiga ta'sir etib, to‘qimalarda modda almashinuvini kuchaytiradi.

Ko‘rsatmalar : yurak nevrozi, venalarning varikoz kengayishi, gipertoniya, klimakterik buzilishlar, quruq ekzema, teri qichishi, nevralgiya, soch to‘kilishi, trofik yara va jarohatlar, anusning yorilishi, gemoroy, parodontoz, surunkali gingivit, vazomotor rinit, eshitish nervining nevriti va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : tokni ko‘tara olmaslik, yomon sifatli shishishlar, qon ketishga moyillik, miokard infarkti, isteriya v h.z.




Download 0,7 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191




Download 0,7 Mb.