Tarjima transformasiyalari
Tilshunoslikda transformasiya tushunchasi, uning tarjimon faoliyatida qo’llanishi.
Asosiy til doirasidagi transformasiyalar, ularning sabablari va oldindan taxmin qilinishi mumkinligi.
Tarjima tili doirasidagi transformasiyalar, ularning sabablari va oldindan taxmin qilinishi mumkinligi.
Tarjimada transformasiyalarning turlari. Qo’shish, tushirib qoldirish, almashtirish hodisalari.
Tarjima turlari
Sinxron tarjima, ketma-ket, yozma tarjimaning rivojlanishi. Vizual tarjima, badiiy tarjima, terminologik tarjima.
Tarjimon davlatlar o’rtasidagi aloqalarni o’rnatuvchi va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan mutaxassislik ekanligi, tarjimon ma’rifat tarqatuvchi, o’z xalqining, boshqa xalqlarning buyuk olimlari, yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga mas’ul bo’lishi, har ikki tilning milliy ruhi va rang-barang vositalarini va ularning muqobillarini topish, tarjimon faoliyati shug’ullanishi zarur. Tarjimon uslubi asl nusxa avtorining uslubini tarjimada saqlash. Til vositalaridan foydalanganda tarjimonning o’ziga xos yo’li, uslubi bo’lishi zarur.
Tarjimon madaniyati. So’zlashish, bilim madaniyati, tarjima haqida olimlarning fikrlari, tarjimonning asosiy vazifalari, tarjimonlar ma’rifat tarqatuvchilardir.
Tarjimon mahorati. Badiiy asarlarni tarjima qilishda tarjimon mahorati.
Tarjimon uslubi, she’riyatda tarjimonning uslubi, tarjimon uslubining xususiyatlari, tarjimon madaniyati va uning asosiy tamoyillari, so’zlashuv madaniyati, bilim madaniyati, urf-odatlarning madaniyatga ta’siri, tarjimon fazilati.
Tarjima haqida umumiy tushuncha, tarjima tushunchasining mazmuni, tarjima va iterpretasiya, tarjimon va kitobxon, badiiy adabiyot va badiiy tarjima, tarjimon muammosi, tarjimonlik kasbi va uning maqsad, vazifalari.
5A120201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarning mutaxassislik fani bo’yicha bilimlarini baholash
MEZONLARI
5A120201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar buyicha) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun sinov yozma va og’zaki shaklida o’tkaziladi.
Mutaxassislik bo’yicha talabgorning 4 ta til ko’nikmalari va nazariy bilimlarini baholashga qaratilgan sinov tashkil etiladi. Bunda tillar bo’yicha tinglab tushunish, so’zlashish, fikrini yozma bayon etish va o’qib tushunish ko’nikmalari baholanadi.
Sinov quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
|