Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

5.1.1. SDH tizimlarida standartlash 
SDH tizimlarida birlamchi raqamli guruhli signal (ya'ni, 
iyerarxiya’ning birinchi sathi) sifatida uzatish tezligi 155,52 Mbit/s 
bo‘lgan sinxron transport modullari STM – 1 qo‘llaniladi (SONET 
tizimida birinchi iyerarxiya tezligi 50,668 Mbit/s ga teng). STM – 1 
moduli E1 iyerarxiyasining barrcha uzatish tezliklari (2,048; 8,448; 
34,368; 139,264 Mbit/s) ni multipleksatsiya qilish imkoniyatini beradi. 
Sinxron raqamli iyerarxiya tarmoqlari va uzatish tizimlari uchun
ikkita regional standartlar (E1 va AI) paydo bo‘ldi. Turli xil 
izlanuvchilar 
yangi 
SDH 
tizimilarining 
afzalliklarini 
(ya'ni, 
iste'molchilarning barcha talablarini qondira olishini) tezda payqashdi. 
Lekin 
ikkita 
xar 
xil 
regional 
standartlarning 
mavjudligi 
telekommunikatsiyalar sohasida o‘zaro munosabatlarni yo‘lga 
qo‘yilishini ta'minlamas edi. Chunki SONET tizimi 2, 048 Mbit/s 
tezliklar bilan ishlashga mo‘jallanmagan, shuningdek, signallarni 139, 
264 Mbit/s tezlik bilan ham uzata olmaydi.
Bu muammoni hal etish maqsadida T1 qo‘mitasi 50, 668 Mbit/s 
tezlikdan voz kechdi va SONET tizimi birinchi iyerarxiyasi tezligi 
sifatida 51,84 Mbit/s tezlikni qabul qildi. Endi yeTSI qo‘mitasi 
tomonidan SDH tizimining yevropacha versiyasi uchun taklif qilingan 
STM – 1 moduli, birinchidan, SONET tiziminig yangi tezligini qayta 
ishlashi mumkin edi (51,84x3=155,52). Ikkinchidan, STM – 1 moduli 
Yevropa pezioxron tizimi so‘nggi iyerarxiyasi tezligi (139,264 Mbit/s)ni 
o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, ITU-T qo‘mitasining harakatlari natijasida raqamli 
signallarni eltish, jo‘natish uchun mo‘ljallangan butun dunyo uchun 
yagona SDH tizimi standarti uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarishga 
kelishildi. 


97 
SONET va SDH tizimlarigacha bo‘lgan tizimlar asinxron tizimlar 
deyilardi, ya'ni, markaziy tayanch generator (sinxronizatsiya manbai) 
orqali tashqi sinxronizatsiya qo‘llanilmas edi. Asinxron (plezioxron) 
uzatish tizimlarida bitning yo‘qotilishi yoki uni aniq lokalizatsiya qilib 
bo‘lmaslik nafaqat signalning biror qismini yo‘qolishiga, shuningdek, 
sinxronizatsiya’ning buzilishiga olib kelar edi. Plezioxron uzatish 
tizimlarida uzatish va qabul qilish tomonlarida sikllar yoki 
sverxsikllarning vaqt davomida bir-biridan farq qilishi (siljishi) 
natijasida signallar sinxronizatsiyasi buziladi. Sinxron raqamli 
tizimlarda aniqlik darajasi 10
-9
dan kam bo‘lmagan markaziy 
sinxronizatsiya manblarini qo‘llash natijasida joylardagi taymerlar 
o‘rtacha chastotasi yoki bir xil (sinxron), yoki sinxronga yaqin. Bunday 
holatda PDH tizimlariga tegishli bo‘lgan sikllar va sverxsikllarni 
tenglashtirish, moslash kabi muammolar sinxron tizimlarda katta 
ahamiyatga ega emas.
SDH tizimlarri asosida qurilgan tarmoqlar transport tarmoqlari 
deyiladi. Hozirda telekommunikatsiya tarmoqlarida PDH tizimi 
qurilmalari mavjud bo‘lgani uchun va PDH tizimlaridan SDH 
tizimlariga o‘tish silliq ravishda ro‘y berishi maqsadida SDH tizimlari 
oxirgi multipleksorlari va ajratish/qo‘shish multipleksorlari PDH 
tizimlarining standart raqamli oqimlari bilan ishlashni nazarda tutadi. 
PDH tizimlarining bu oqimlari (1,554; 2,048; 6,312; 8,448; 34,368; 
44,736; 139,264 Mbit/s, jami 7 ta tezlik)dan SDH tizimlarining oxirgi 
multipleksorlarida birlamchi raqamli oqim (155,52 Mbit/s tezlik) hosil 
qilinadi. Bu birlamchi oqim xosil qiluvchi qurilma TM, raqamli 
oqimning o‘zi esa STM deyiladi. SDH tizimlarining keyingi 
iyerarxiyalari tezliklari birlamchi raqamli oqim tezligidan to‘rtga karrali 
marta ko‘pdir. Bu oqimlar mos holda STM – 4 (tezligi 155,52x4=622,08 
Mbit/s), STM – 16 (tezligi 155,52x16=2488,32 Mbit/s), STM – 64 
(tezligi 155,52x64=9953,28) va hokazo nom bilan aytiladi.
Shunday qilib, SDH tizimlari uzatish sikllarini hosil qilishning 
birinchi xususiyati shundaki, SDH tizimlarida kirish signallari sifatida 
PDH tizimlarining oqimlari qo‘llaniladi. 
SDH tizimlarining asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: 
1.
Terminal yoki oxirgi multipleksorlar – TM. Bu multipleksorlar 
iste'molchilarning bir necha raqamli oqimlaridan liniyaga uzatish uchun 
kerak bo‘lgan STM - 1 raqamli oqimni hosil uchun kerak bo‘ladi.


98 
2.
Oqimlarni ajratish/qo‘shish multipleksorlari – ADM. Bu 
multipleksorlar aloqa punktlarida kerakli kanallarni ajratish/qo‘shish 
vazifalarini bajaradi.
3.
Raqamli kross – konnektorlar – DXC. Bu qurilmalar belgilangan 
oqimlarni kerakli marshrutlarga yo‘naltirish, ya'ni kommutatsiya qilish 
vazifasini bajaradi. Kommutatsiya elektron ravishda, avtomatik amalga 
oshiriladi. 
4.
Regeneratorlar - signallarning amplitudasi, shakli va sathlarini 
tiklash vazifasini bajaradi.
Quyidagi rasmda asosiy qurilmalarning shartli belgilanishi 
keltirilgan. 
5.1 – rasm. TM (a,b), ADM (v), DXC(g,d) va regeneratorlarning 
shartli (e) belgilanishlari 

Download 3,98 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish