Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

Parametrlari 

Hosil qilinadigan kanallar soni – 32 

Diskretizatsiya chastotasi – 8 kGs 

Siklning qaytarilish davri – 125 mks 

Kanal intervali davomiyligi – 125/32=3,92 mks 

Guruhdagi kod elementlari soni - 8 

Kvantlash sathlari soni – 2
n
=256 

Bir bit uzatish vaqti – 3,92/8=0,49 mks 

Birlamchi E1 oqim taktli chastota ( takt intervaliga teskari 
kettalik) – 2048 kGs 

ARK taktli chastotasi - 64 kGs; 
1

Birlamchi E1 oqim tezligi – 2048 kbit/s; 
1

ARK tezligi – 64 kbit/s. 
Kirish oqimlari signallari tezliklarini moslash usuli tufayli bitlar 
ketma-ketligiga asoslangan MUX chiqishida sinxron raqamli ketma-
ketlik xosil bo‘ladi. Qo‘shilgan/olib tashlangan moslashtiruvchi bitlar 
joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlar qabul qilish tomoniga uzatiladi. 
Qabul qilish tomonida demultipleksatsiya jarayonida ushbu bitlar olib 
tashlanadi/qo‘shiladi.
Keyingi sathlar (uchinchi va to‘rtinchi) da bitlar ketma-ketligiga 
asoslangan multipleksatsiyalash jarayoni qaytariladi. Bunda har bir 


93 
sathda moslashtiruvchi bitlar qo‘shiladi yoki olib tashlanadi. Qabul 
qilish tomonida mos holda har bir sathda bitlar olib tashlanadi yoki 
qo‘shiladi.
Raqamli signallar uzatishning bu usuli plezioxron yoki sinxronga 
yaqin nomi bilan ataladi. Bunday iyerarxiyalr asosida hosil qilingan 
RUT plezioxron RUT yoki PDH deyiladi. 
PDH uzatish tizimlari qurilmalari ancha murakkab (bir necha 
multipleksorlash va demultipleksorlash qurilmalari) tuzilishga ega. 
Lekin mikroelektronika sohasidagi yangi tadqiqotlar qurilmalarni 
arzonlashuviga olib keldi. Uzatish muhitida optik kabellar qo‘llanilishi 
tufayli 100 km va undan ortiq bo‘lgan regeneratsiya qismlari hosil 
qilindi. Bularning barchasi PDH tizimlarining magistral, hududiy, 
mahalliy va ayniqsa shahar aloqa tarmooqlarida keng tarqalishiga omil 
bo‘ldi. Ular 64 kbit/s tezlikli ko‘plab kanallar orqali yuqori sifatli telefon 
aloqasi, 
ma'lumotlar 
uzatish va hokazo uchun qo‘llanildi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda PDH tizimlari yanada rivojlanadi, 
degan fikrga kelingan edi. Lekin bu tizimlar moslashuvchan emasligi va 
boshqa bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgani tufayli rivojlanmay qoldi.
PDH tizimining asosiy kamchiligi shundaki, ularda bitlarni 
moslashtirishning qo‘llanilishi 64 kbit/s tezlikli ARK yoki 2,048 Mbit/s 
tezlikli birlamchi raqamli oqimni, masalan, 139, 264 Mbit/s tezlikli 
oqimdan ajratib olish uchun bu oqim butunlay demultipleksatsiya qilish 
va moslashtiruvchi bitlarni qo‘shish/olib tashlash kerak. Oraliq 
punktlarning har birida bu operatsiyalar amalga oshirilishi kerak.
Bizga ma'lumki, oxirgi yillarda aloqa tarmoqlarida pleziaxron 
raqamli iyerarxiya (PDH) tizimlaridan tashqari sinxron raqamli 
iyerarxiya (SDH) tizimlari ham keng qo‘llanila boshladi. Bu asosan 
ularning PDHga nisbatan juda ko‘p afzalliklari va xususiyatlari bilan 
bog‘liq. 
Sinxron 
raqamli 
iyerarxiya 
(SDH), 
tarmoqning 
barcha 
uchastkalarini o‘z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va 
boshqarish funksiyalarini bajaradigan ko‘p kanalli umumiy tizimni hosil 
qiladi. SDH ni qo‘llash orqali apparatura narxini, foydalanish 
harajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo‘llanadigan 
apparaturalar sonini, hajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o‘zida 
aloqa sifati sezilarli darajada oshadi. 
U quyidagi xususiyatlarga ega: 
1.
Xususiyati, SDH tizimlarining uzatish tezligi, Yevropa va Amerika 
PDH iyerarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 


94 
2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/sli tarmoqda kirish kanallarini qo‘llashga 
mo‘ljallangan terminal multipleksor (TM)lar va kirish-chiqishli 
multipleksor (KChM)lar orqali tashkil qilinadi. Uzatish tezligi 
belgilangan qatorga mos keluvchi, imkoniyatli kanallarning raqamli 
signaliga – PDH
 
triblari (trib - aloqachilar terminalogiyasida komponent 
signallar), uzatish tezligi SDH tezligiga mos keluvchi standart qator 
signallariga - SDH
 
triblari deyiladi. 
2.
Xususiyati, SDH triblari o‘lchami PDH iyerarxiyasining triblari 
satxi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart konteynerlarda 
joylashgan bo‘lishi zarur. Bunday konteynerlar – virtual konteynerlar 
deyiladi. Virtual konteynerlar guruhda ikkita har hil usulda birlashishi 
mumkin. Past satxdagi konteynerlarni yuqori satxli konteynerlarning 
zarur yuklamasi sifatida qo‘llash va multipleksorlash mumkin. Bu o‘z 
navbatida eng yuqori sathdagi (eng katta o‘lchamdagi) STM-1 freym 
konteynerining zarur yuklamasi bo‘lib xizmat qiladi. 
3.
Xususiyati, bunda virtual konteyner holatini qayta ishlashni 
sinxronlashtirish dalillari orasidagi qarama-qarshilik va maydon ichidagi 
kerakli yuklamaga ega bo‘lgan konteyner holatining mumkin bo‘lgan 
o‘zgarishini, ko‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin, xattoki, 
o‘lchamlari har xil bo‘lgan konteynerlar va yuqori sathli 
konteynerlarning hajmi ancha yuqori bo‘lganda ham, u baribir yetarli 
darajada bo‘lmasligi mumkin yoki yuklama ostida o‘lchami kichiq 
bo‘lgan bir nechtasini ajratishi mumkin. Buning uchun SDH 
texnologiyasida konteynerlarni tortishish imkoniyati qarab chiqilgan. 
Hosil bo‘lgan konteynerlar asosiysidan, mos keluvchi indeksi bilan 
farqlanadi (yuklamaning aralashishi nuqtai nazaridan), xuddi bitta katta 
konteyner singari ko‘rsatilgan imkoniyat bir tomondan nomlanishga ega 
bo‘lgan konteynerlarni qo‘llashni optimallashtiradi, boshqa tomondan 
uni aniq bo‘lmagan qayta ishlash laxzasida yangi turdagi yuklamani 
texnologiya bilan oson moslashtirish imkonini beradi. 
4.
Xususiyati, bitta satxdagi bir necha konteynerlar, shu joyning 
o‘zida ulanishi mumkin va nosandart zarur yuklamani joylashtirish 
uchun qo‘llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi. 
5.
Xususiyati, bunda 9•9=81 bayt o‘lchamli alohida sarlavxa 
maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash 
me'yori). U zarur bo‘lgan boshqarishni va nazorat axborotini 
joylashtirish va zarur bo‘lgan ichki ma'lumotlarni uzatish kanallarini 
tashkil qilish uchun baytning bir qismini olib borish uchun etarli 
darajada katta. Freym tuzilishida uzatiladigan har bir bayt, tezligi 64 


95 
kbit/s ga teng bo‘lgan oqimga ekvivalent ekanligini hisobga olgan holda 
berilgan sarlovxani uzatish 5184 Mbit/s ekvivalent xizmat axborotlari 
oqimini hosil qilishga mos keladi. 
PDH 
tarmoqlarining 
kamchiliklari 
hozirgi 
damda 
iste'molchilarning yangidan – yangi talablarini qondirishga qodir emas. 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida butun dunyo izlanuvchi – 
olimlari yangi yo‘llarni qidira boshlashdi. Bu yangi yo‘nalish orqali 
quyidagi muammolarni yechish kerak edi: 
1.
Turli xil iyerarxiyalar uzatish tezliklarini stndartlashtirish va PDH 
tarmoqlari iyerarxiyalaridan tashqaridagi holatlar uchun yangi uzatish 
tezliklari iyerarxiyalarini davom ettirish; 
2.
Oqimlarni marshrutizatsiyalash va ixtiyoriy murakkab tarmoqlarda 
raqamli oqimlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun yetarli 
miqdorda xizmat signallari (signalizatsiya)ga ega bo‘lgan raqamli 
guruhli signallar sikllarining yangi strukturasini ishlab chiqish; 
3.
Aloqa punktlarida oqimlarni ajratish/qo‘shish jarayonini bu 
oqimlarni 
murakkab 
multipleksatsiya/demultipleksatsiya 
qilish 
jarayonisiz amalga oshirish; 
4.
Xar xil firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan turli xil 
qurilmalarni o‘zaro oson ulanishini ta'minlovchi standart interfeyslar 
ishlab chiqarish.
Bu muammolarni yechish jarayonida quyidagi takliflar keltirildi: 
1.
Bitlarni ketma-ket qo‘llash bilan uzatiladigan oqimlarni plezioxron 
uzatish usulini emas, balki baytlarni ketma-ket qo‘llash orqali oqimlarni 
multipleksatsiya qilish; 
2.
Iyerarxiya’ning birinchi sathi sifatida 50, 688 Mbit/s uzatish 
tezligini qabul qilish – chunki bu tezlik 1, 554 – 6,321 – 44,736 Mbit/s 
li AI iyerarxiyalar ketma-ketligini davom ettirish imkoniyatini beradi, 
chunki bu ketma-ketlik oxirgi sathi 44,736 Mbit/s ga kerakli xizmat 
signallari baytlarini qo‘shish bilan 50,688 Mbit/s (AI standartining 
SONET sinxron raqamli iyerarxiya tizimi)ga yetkazish mumkin, ya'ni 
ketma-ketlikning oxirgi sathi yangi iyerarxiya’ning birinchi sathi sifatida 
qo‘llanilishi mumkin.
3.
Yangi iyerarxiyalar ketma-ketligi yetarli darajada sathlarga ega 
bo‘lishini va keyingi sathlar uzatish tezliklari sath nomeriga karrali 
bo‘lishini ta'minlash. Masalan, uchinchi sath tezligi 3*50,688 = 152, 064 
bo‘ladi.
4.
Virtual konteynerlar texnologiyasini qo‘llagan holda, bu paketlarga 
raqamli signallarni ketma – ket joylashtirish va ularni jo‘natish; bu 


96 
texnologiya aloqa punktlarida turli xil tezlikdagi plezioxron raqamli 
uzatish tizimlari signallarini joylashtirish va jo‘natish imkoniyatini 
beradi; 
5.
Yangi iyerarxiyadagi raqamli uzatish tizimlari liniya traktlarida 
uzatish muhiti sifatida faqat optik kabellarni qo‘llash. 
Sinxron tizimlarda uzatish va qabul qilish tomoni sinxronizatsiyasi 
bir xil takt chastotasiga ega bo‘lgan tayanch generatorlari orqali amalga 
oshiriladi. Shunday qilib, yangi raqamli iyerarxiya – sinxron raqamli 
iyerarxiya – SDH tizimi paydo bo‘ldi. 

Download 3,98 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish