Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

 
Nazorat savollari 
1.
Mis o’tkazgichli analog abonent kirish tarmoqlarining asosiy 
muammolari qanday? 
2.
Oxirgi miliya muammosini hal etish ussullarini sanab o’ting. 
3.
Raqamli abonent kirish tarmoqlarini qurishdan maqsad nima? 
4.
Raqamli abonent kirish tarmoqlarini qurish texnologiyasi? 
5.
Simmetrik va asssimmetri abonent kirish tarmoqlarini farqini 
tushuntiring. 
6.
VDSL ning asosiy texnik parametrlari qanday? 
7.
xDSL tarmogida DSLAM qurilmasini vazifasi qanday? 
8.
xDSL tarmog’ida chastota splitterining vazifasi qanday? 
9.
Optik abonent kirish tarmoqlarining asosiy afzalliklari qanday? 
10.
Passiv optik abonent kirish tarmog’i deyilganda qanday tarmoqni 
tushunasiz? 
11.
OLT qurilmasining vazifasi? 
12.
ONU qurilmasining vazifasi qanday? 
13.
ONT ning qo’llanilishini tushuntiring. 
14.
Optik abonent kirish tarmoqlarining qurilish jarayonini 
tushuntiring. 
 
 


90 
5 - BOB. KENG POLOSALI TRANSPORT TARMOQLARI VA 
ULARNI QURISH USULLARI 
5.1. Sinxron raqamli iyеrarxiyali SDH texnologiyasiga 
asoslangan keng polosali transport tarmoqlari 
Birlamchi tarmoqlarda kanallarni hosil qilishning eng ko‘p 
tarqalgan quyidagi usullari bular kanallarni chastota bo‘yicha ajratish, 
vaqt bo‘yicha ajratish va aralash usullar. Chastota bo‘yicha ajratish 
orqali kanallarni hosil qilish usuli asosan analog tarmoqlarda qo‘llaniladi 
va hozirgi davrda ba'zi bir aloqa usullari (televidenie, radioeshittirish)ni 
hisobga olmaganda sof holda uchramaydi. Vaqt bo‘yicha ajratish orqali 
kanallarni hosil qilinish usuli hozirgi paytda keng tarqalgan va 
zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llanilmoqda. Aralash 
(ham vaqt, ham chastota bo‘yicha ajratish) usul orqali kanallarni hosil 
qilinishi ham hozirgi vaqtda o‘z qo‘llanilish nuqtalari (masalan, mobil 
aloqa tizimlari)ga ega.
Birlamchi tarmoqlarda ma'lumotlar uzatish va almashish, 
kanallarni hosil qilishning Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan 
texnologiyalari PDH, SDH, WDM (WDM, DWDM) texnologiyalaridir.
Signallarni qayta ishlashning raqamli usulida n:1 turdagi 
multipleksor n ta raqamli ketma ketliklardan bitta chiqish hosil qiladi. 
Agar kirishdagi bitta oqim tezligi V bo‘lsa n:1 turdagi multipleksor 
chiqishidagi umumiy oqim tezligi n* V bo‘lishi kerak. Agar bu 
multipleksor m:1, 
k:
1 turidagi ikkinchi, uchinchi va hokazo darajali 
(sathli) multipleksorlardan tashkil topgan kaskadli ulanishning birinchisi 
bo‘lsa, turli xil tezlikdagi raqamli iyerarxiyalar hosil qilish mumkin. 
Ular yordamida va mos holda n,
 m, k 
karralilik koeffitsentlarini qo‘llab 
oxirgi multipleksor chiqishida kerakli sondagi asosiy raqamli kanallar 
(ARK)(tezligi 64 kbit/s) hosil qilish mumkin. Asosiy raqamli kanal 
raqamli iyerarxiya’ning nolinchi sathi sifatida qabul qilingan. 5.1-
jadvalda turli iyerarxiya sathlari, uzatish tezliklari va turli 
iyerarxiyalarga mos holda hosil qilinadigan ARK lar soni keltirilgan. Bu 
iyerarxiyalar PDH iyerarxiyalar deb ataladigan umumiy nomga ega. 
5.1-jadval 
Iyerarxi
ya 
sathlari 
Uzatish tezliklari (kbit/s)/turli iyerarxiyalarga mos holda hosil 
qilinadigan ARK lar soni 
Amerika standarti 
Yevropa standarti 
Yaponiya standarti 

64/1 
64/1 
64/1 


91 

1544/24 
2048/30 
1544/24 

6312/96 
8448/120 
6312/96 

44736/672 
34368/480 
32064/480 

274176/4032 
139264/1920 
97728/1440 


564992/7680 
397200/5760 
Yuqorilarga asoslanib dunyoda uchta raqamli uzatish tizimlari 
(RUT) iyerarxiyalari mavjud deb xisoblash mumkin: 
1.
Amerikancha iyerarxiya:
nolinchi sathli 64 kbit/s tezlikli 24 ta ARK 
dan tezligi 1,554 Mbit/s bo‘lgan birinchi sath hosil qilinadi. Ikkinchi, 
uchinchi va to‘rtinchi sathlar tezligi 6,312; 44,736 va 274,176 Mbit/s ga 
teng. Bu Yerda karralilik koeffitsentlari mos holda : 
p = 
24, 
t = 
4, 
i
= 7


= 6 ga teng. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos holda 24, 96, 
672 va 4032 ta ARK hosil qilinadi.
2.
Yaponcha iyerarxiya:
nolinchi sath ARK, birinchi, ikkinchi va 
hokazo sathlar tezligi mos holda 1,544; 6,312; 32,064; 97,728 va 
397,200 Mbit/s ga teng. Bu Yerda karralilik koeffitsentlari mos holda 
p - 
24, 
t = 
4, 
i
= 5, 
k = 
3, 
r = 
4. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos 
holda 24, 96, 480, 1440 va 5760 ta ARK hosil qilinadi.
3.
Yevropacha iyerarxiya:
nolinchi sath ARK, birinchi, ikkinchi va 
hokazo sathlar tezligi mos holda 2,048; 8,448; 34,368; 139,264 va 
564,992 Mbit/s ga teng. Karralilik koeffitsentlari 
p = 
32, 
t = 
4, 
k = 
4, 


4. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos holda 30,120,480,1920 
va 7680 ta ARK hosil qilinadi.
Taktli chastota termini bilan raqamli ma'lumot uzatish tezligi 
termini o‘zaro bog‘liq. Ma'lumot uzatish tezligi sekund davomida 
uzatilgan bitlar soniga teng. 
PDH iyerarxiyalar birinchi sath multipleksorlarida baytlar yoki 
oktetlarni ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlash usuli qo‘llaniladi. 
Qabul qilish tomonda birlamchi E1 oqimdagi har bir ARK baytlari 
identifikatsiya qilinishi (o‘rni aniqlanishi) kerak. Buning uchun oson 
aniqlanadigan sinxron guruh xosil qilish va uzatish orqali uzatish 
tomonining MUX va qabul qilish tomonining DMUX uskunalari 
o‘rtasida aniq, qat'iy siklli sinxronizatsiya o‘rnatilishi kerak. Bu 
sinxroguruh birlamchi raqamli oqimda alohida kanalni egallaydi. 
Bundan bizga ikkinchi, uchinchi va hokazo sath multipleksorlarida ham 
kirish oqimlarini sinxron multipleksorlashni amalga oshirish osonga 
o‘xshaydi. Lekin MUX ga turli xil manbalardan kelib tushayotgan 
raqamli oqimlar umumiy sinxronizatsiyasi mavjud emasligi tufayli 


92 
ikkinchi va undan yuqori sath iyerarxiyalarida baytlar emas, bitlar 
ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlash usuli qo‘llaniladi. 
Multipleksorlashning bu usulida, masalan E1 ikkinchi sathida bir 
xil 2,048 Mbit/s tezlikli to‘rtta turli xil kirish oqimlardan bitlarni ketma-
ketlash yo‘li bilan 8,448 Mbit/s tezlikli chiqish oqim hosil qilinadi. 
Bitlarni ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlashda har bir kirish 
oqim biti pozitsiyasini aniqlash uchun kerak buladigan maxsus signallar 
mavjud emasligi tufayli, kirish oqimlari tezligi esa har xil (E1 = 2,048 (1 
± 3 x 10
-5
) Mbit/s) bo‘lganligi uchun MUX
 
tezliklarni o‘zi 
tenglashtiradigan ichki bitli (taktli )sinxronizatsiya qo‘llaniladi. Agar 
tezlikni moslash maqsadida kirish signalardan bitlar olib tashlansa, 
tezlikni bunday moslash musbat, bitlar qo‘shilsa manfiy, agar har ikki 
operatsiya bir vaqtda bajarilsa musbat-manfiy deyiladi. 5.2-jadvalda 
PDH ning E1 oqimi parametrleri keltirilgan. 
5.2-jadval. PDH ning E1 oqimi parametrleri. 
№ 

Download 3,98 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish