89
PON tarmog‘ini qurish uchun “nuqta – ko‘p nuqta”
topologiyasidan foydalanilib, tamoqning o‘zi daraxtsimon strukturaga
ega. Xar bir optik tolali segment OLTdagi uzatib-qabul qiluvchilardan
biriga (OLT ning segmentlar ulanadigan portlaridan biriga) ulanadi.
PON tarmog‘ining bir optik-tolali segmenti EPON va BPON standarlari
qo‘llanilganda 20 km radiusda 32 tagacha abonent uzellarini ulanishini
ta'minlaydi, GPON standarlari qo‘llanilganda esa 60 km radiusdagi 128
tagacha abonentlarni ulanishini ta'minlaydi. Xar bir abonent uzeli
terminal xisoblanadi va ularning bittasi yoki birnechtasining o‘chirilishi
yoki ishdag chiqishi qolganlarining ishlashiga ta'sir etmaydi. Quyidagi
rasmlarda PON tarmog‘idagi asosiy elementlar va uning ishlash prinsipi
va bunday tarmoqda to‘g‘ri va teskari oqimning yuzaga kelishi
tasvirlangan.