83
Xozirda rivojlangan axborotlashgan jamiyatda abonentlarning
axborotga bo‘lgan extiyojlari tobora ortib bormoqda. Yangi
telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish jarayonida bu muammolar
ayniqsa cheklanishlarni yuzaga keltiradi. Xususan bugungi kunda
telekommunikatsiya xizmatlaridan biri sifatida keng rivojlanib
borayotgan HDTV(high definition TV) - yuqori aniqlikdagi televizion
xizmatini misol keltirish mumkin. Chunki axolining(abonentlaring)
aksariyat qismi bunday xizmatlarni taqdim etishga tayyor bo‘lmoqda
ya'ni, ular ENT(elektron-nur trubkali) televizion qabul qilgichlarini
(televizorlarini) suyuq kristalli yoki plazmali tevizion qabul qilgichlarga
almashtirmoqdalir. Bu esa ularga HDTV televizion xizmatidan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Ushbu xizmatni amalga oshirish uchun tashkil qilingan tarmoqga
o‘tkazish qobiliyati va paketlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi
bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Chunki bu xizmatni taqdim qilish
internet va telefoniya xizmatlariga nisbatan ancha murakkab va nisbatan
katta o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi.
Masalan rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Osiyo-Tinch okeani
regioni mamlakatlari, Yevropa) keng polosali abonent tarmoqlarini
qurishda opperatordan abonentga 25/50 Mbit/s, abonentdan operatorga
esa 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan tezliklarni ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Ommaviy ravishda axolini bunday tezlik bilan ta'minlashda optik tolali
texnologiyalardan foydalanish eng samarali usul xisobdlanadi. Ya'ni,
keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishni FTTX (Fiber to the
X) konsepsiyasi asosida amalga oshirish. FTTX konsepsiyasini amalga
oshirishda asosan PON texnologiyasidan foydalaniladi. FTTX
konsepsiyasining bir qancha variantlari bor:
FTTHome –xonadongacha (kvartiragacha) optik tolali abonent
tarmog‘ini qurish;
FTTPremises –xususiy binogacha optik tolali tarmoq qurish;
FTTBuilding – ko‘p qavatli axoli turar joyigacha optik tolali
tarmoq qurish (taunxaus);
FTTCurb – taqsimlash shkafigacha optik tolali tarmoq qurish
(pod'ezdlarda).