HDSL texnologiyasi va uning ishlash prinsipi




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

4.1.2. HDSL texnologiyasi va uning ishlash prinsipi 
Raqamli abonent liniyasini qurish texnologiyasi xDSL ning 
keyingi rivojlanishi, abonent liniyalarining yuqori tezlikli texnologiyasi 
HDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Loop) ni paydo bo‘lishiga olib 
keldi. Bunday qurilma kabelning bir juftligi orqali 768/1024 Kbit/s 
tezlikda axborotni tuliq dupleks xolatda almashish imkonini beradi va 
oddiy kabelning ikki yoki uch juftligi orqali, parametrlarni tanlamasdan 
simmetrik bo‘lmagan xolda xam 2048 Kbit/s tezlikda axborotlarni 
uzatishi mumkin. Tizim bir kabeli xisoblanadi ya'ni bitta kabel orqali 


75 
axborotlarni uzatish va qabul qilish mumkin. Shuningdek SAR 
modulyasiyasi yordamida HDSL tizimi uchun bir kabelning 50-80% 
juftligini qo‘llash mumkin. 
HDSL texnologiyasining keyingi rivojlanishi, kabelning bir juftligi 
orqali ishlovchi, simmetrik raqamli abonent liniyalariga mo‘ljallangan 
SDSL texnologiyasidir. HDSL qurilmalarining ish sifatiga ta'sir qiluvchi 
asosiy omillardan biri bu liniyalarining parametrlaridir. Shulardan eng 
asosiylarini karab chiqamiz: 

signalning zaiflashishi. Kabelli liniyalardagi signalning so‘nishi 
kabelning turiga, uning uzunligiga va signal chastotasiga boglik; 

liniya qanchalik uzun bo‘lsa va uning chastotasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa uning so‘nishi shunchalik yuqori bo‘ladi; 

amplituda chastotaviy tavsifning notekisliligi. Umuman olganda 
aloqa liniyalarining kabellarini past chastotali filtr deb faraz qilish 
mumkin; 

radiochastotali interferensiya; 

guruxli o‘tish vaqtining kechiqishi, signalning kabelda tarqalish 
tezligi uning chastotasiga bog‘lik, shu tarzda agar AChT
 
bir xil bo‘lsa 
xam impuls shakli uzatishda buziladi. 
HDSL qurilmalarining asosini liniya trakti tashkil etadi, ya'ni mis 
liniyalari buyicha raqamli oqimlarni uzatish uchun kodlash usuli 
qo‘llaniladi. 
HDSL texnologiyasi liniyaviy kodlashning ikki 
texnologiyasini: 2B1Q(2 binary1 quartenaiy) va CAP (Carrierless 
Amplitudeand Phase Modulation) ishlatishni qarab chiqadi. Ikkala 
texnologiya xam uzatiladigan va qabul qilinadigan signallarni, signal 
jarayonlari deb ataladigan raqamli kayta ishlashga va bir kator umumiy 
prinsiplarga asoslangan. 
HDSL qurilmasini ishlab chiqarish bilan bir necha chetel 
kompaniyalari shug‘ullanadi. HDSL qurilmasiniig asosiy parametri 
uning ishlash masofasidir. Bu parametr 100% amalda qo‘llaniladngan 
liniya kodining turi orqali aniqlanadi. Bunday parametr (2B1Q kodi) 
qo‘llaniladigan barcha qurilmalar uchun bir xildir, ya'ni bir xil masofa 
va shovqinbardoshlik bilan ta'minlaydi. Parametrlari bo‘yicha SAR 
modulyasiyasi qo‘llaniladigan qurilmalar, 2B1Q kodi qo‘llaniladigan 
qurilmalarga mos tushadi. HDSL qurilmalari turli qo‘shimcha 
funksiyalarning mavjudligi/yuqligi, energiyaga bo‘lgan turli talablar, 
zaxira rejimlarining mavjudligi bilan boshqa qurilmalardan farq 
qiladi. Bu turli mikrosxemalar majmuasini qo‘llash, dasturiy 
ta'minotdagi farq va konstruktorlik qayta ishlashlar bilan bog‘liq. 


76 
HDSL tizimlarining turli liniyaviy kodlash texnologiyalari, 
ishlash masofasining asosiy qiymatlari quyidagi 1.1-jadvalda 
ko‘rsatilgan. 
Bu jadvalda HDSL WATSON (Schmid Telecom AG, 
Shveytsariya) qurilmalarining turli seriyalari ko‘rsatilgan.
WATSON 2 kurilmasida 2B1Q kodi qo‘llaniladi va kabelning 
ikki juftligi orqali ishlaydi, WATSON 3 da SAR-64 modulyasiyasi 
qo‘llaniladi va kabelning ikki juftligi orqali ishlaydi, WATSON 4 da 
SAR-128 modulyasiyasi qo‘llaniladi va kabelning bir juftligi orqali 
ishlaydi. 
4.1-javal. HDSL tizimlarining parametrlari 
O’t
kazgich 
diametri 
Regenerat
orlarsiz liniya 
uzunligi 
Regenerat
orlarsiz liniya 
uzunligi 
Regenerat
orlarsiz liniya 
uzunligi 
0,4 
4 km 
gacha 
4-5 km 
3-4 km 
0,6 
6 km gacha 
6-7 km 
4-5 km 
0,8 
9 km gacha 
10-12 km 
6-7 km 
1,2 
18 km gacha 
14-18 km 
10-13 km 
HDSL apparaturasining liniya traktini tashkil qilish uchun 
yuqorida aytib o‘tganimizdek kodlashning ikki texnologiyasi 2B1Q va 
SAR qo‘llaniladi. Qo‘llaniladigan liniya kodlari texnologiyalariga 
boglik xolda, signallarni regeneratorsiz uzatish masofasi tanlanadi. 
HDSL tizimlarini amalda qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, 
2B1Q texnologiyalariga asoslangan apparaturalarning sifat parametrlari 
(masofasi, shovqindan ximoyalaganligi va boshqalar) va narx 
ko‘rsatkichi buyicha nisbatan qimmat, chunki 
2B1Q 
texnologiyasi keng 
tarqalgan 
va 
ishlab 
chiqarishga 
arzonga 
tushadi. 
HDSL 
texnologiyalarining tuzilishiga misol 4.7-rasmda ko‘rsatilgan. 


77 
4.7-rasm. HDSL texnologiyasi asosidagi abonent ulanish 
liniyasi 
Yuqorida takidlanganidek xDSL oilasining HDSL vakili 
nisbatan yuqori tezlikli, simmetrik raqamli abonent ulanish 
liniyalarini qurishda ham qo’llanilishi mumkin.

Download 3,98 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 HDSL texnologiyasi va uning ishlash prinsipi

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish