74
Xozirgi vaqtda ADSL, tarmoqdan abonentga keluvchi ma'lumotlar
oqimining tezligini 1,5 Mbit/s dan 8 Mbit /s gacha tezlikda va
abonentdan tarmoqda keluvchi ma'lumotlar oqimining tezligini 640
Kbit/s dan 1 Mbit/s gacha ta'minlaydi. Bunday texnologiyalarning
kelgusidagi rivojlanish tendensiyasi tarmoqdan abonentga keluvchi
ma'lumotlar oqimini tezligini oshirish kutiladi.
ADSL texnologiyasi ta'minlaydigan ma'lumotlar oqimining
tezligini baxolash uchun, boshqa texnologiyalar qo‘llanilganda
foydalanish uchun lozim bo‘lgan tezlik bilan solishtirish lozim. Analog
modemlar ma'lumotlar oqimini 14,4 - 56 Kbit/s gacha tezlikda uzatishni
ta'minlaydi.
xDSL ning turli texnologiyalari foydalanuvchilarga IDSL uchun
128 Kbit/s, HDSL uchun 768 Kbit/s, ADSL uchun tarmoqdan
talabgorgacha 1,5-8 Kbit/s va abonentdan tarmoqqacha 640-1000 Kbit/s,
VDSL uchun tarmoqdan talabgorgacha 13-15 Mbit/s va abonentdan
tarmoqkacha 1,5- 2,3 Mbit/s gacha ma'lumotlar oqimini uzatish tezligini
ta'minlaydi.
Kabel modemlari 500 Kbit/s dan 10 Mbit/s gacha tezlikda
ma'lumotlar oqimini uzatish imkoniga ega (bunda kabel modemlarining
o‘tkazuvchanlik oralig‘i shu liniyadan foydalanish imkoniyati bo‘lgan
barcha foydalanuvchilar orasida bo‘lishini xam nazarda tutish lozim.
Shuning uchun xam bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilar soni, ularning
xar biri uchun xaqiqiy ma'lumotlarni uzatish tezligiga sezilarli darajada
ta'sir qiladi). Ye-1 va Ye-Z raqamli liniyalar mos xolda 2048 Mbit/s va
34 Mbit/s gacha uzatish tezligiga ega.
ADSL texnologiyasini qo‘llaganda magistral tarmoq bilan
foydalanuvchi bog‘langan liniya’ning o‘tkazuvchanlik oralig‘i har doim
va faqat foydalanuvchiga tegishli.