79
4.9-rasm. Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari
Simsiz keng polosali tarmoqlarining paydo bo`lishi
va dunyo
bo`ylab juda keng miqyosda qo`llanilishi telekomunikatsiya tarmog`i
abonentlarining axborot uzatish tezligiga va uzatiladigan axborotning
xajmiga bo`lgan talablarini keskin ortib ketishiga olib keldi. Bu asosan
XX asrning to`rtinchi choragida yaqqol namoyon bo`ldi. Aynan o`sha
davrlardan boshlab axborot va axborot almashishning jamiyatning ishlab
chiqarish faoliyatining muhim jihatiga aylandi. Shu tariqa bugungi
kunga kelib jamiyat azolarining individual bevosita muloqoti shakli
sezilarli darajada telekomunikatsiya vositalari orqali muloqot shakliga
o`ta boshladi. Masalan sotsial tarmoqlar (network socicty).
Yangi
davrning
talablarini
qondirishga
simsiz
aloqadan
foydalanish eng samarali yechim bo`la oladi. Bunga sabab simsiz aloqa
tizimlari uzatish qurilmalarining joylashishi o`rniga bog`liq bo`lmagan
holda, xar qanday vaqtda aloqa jarayonini tashkil qilish imkoniga ega.
Radioto`lqinlarning tarqalish xususiyati va radio vositalar orasidagi
o`zaro halaqitlarning mavjud bo`lmasligiga qo`yiladigan
talablarni
hisobga olgan holda, radioaloqaning hamma joyda va ommaviy ravishda
qo`llanilishiga to`sqinlik qiluchi omil sifatida radiochastota resurs
(DUP)ni cheklanganligini keltirish mumkin. Simsiz tarmoqlarning
o`tkazgichli tarmoqlar bilan hamkorlikda, vazifalarni quyidagi tartibda
bo`lib olinishi asosida faoliyat ko`rsatishi natijasida bu radio chastota
resursi cheklanganligi muammosini hal qilish mumkin:
o`tkazgichli ( elektir yoki optik ) yoki sun’iy yo`ldoshli (radio
releyli aloqa tarmog`I orqali kichiq o`lchamli simsiz kirish tarmoqlarini
o`zaro ulanishlarini ta’minlaydi;
simsiz kirish tarmoqlari esa yuqorida
sanab chiqilgan barcha
afzalliklarga ega bo`lgan holda abonentlarni simsiz o`zaro ulanishlarni
va ularni transport.
Kichiq o`lchamdagi simsiz tarmoqlarni tashkil etishda kam
quvvatli, o`rta yuqori (UHF) va o`ta yuqori (SHF – Super High
Frequency ) chastotalar diapazonidagi radio signallardan foydalaniladi
va bunda signal manbadan uzoqlashgan sari jadal ravishda so`nib boradi.
Bu ikki omil o`zaro yaqin joylashgan ikki simsiz kirish tarmog`ida bir
xil chastotadan foydalanishga imkon beradi va xar ikki hududda keng
polosali simsiz kirish tarmog`i tashkil etiladi.
80
BWN lar ulardagi tarmoq uzellarini hududiy joylashuvi va ularning
qamrov hududining o`lchashga bog`liq ravishda quyidagi to`rtta asosiy
turga bo`linadi:
1)
Shaxsiy simsiz tarmoq (
WPAN-Wireless Personal Area
Network ). Bunday tarmoq abonentning xonasi yoki ishchi stoli
hududida o`tkazgichli ulanishlardan voz kechish maqsadida qo`llanilib
aloqa masofasi shartli ravishda 10m gacha belgilangan. WPAN
tarmog`iga misol qilib shaxsiy kompyuter va uning periferiya
qurilmalarini simsiz ulanish tarmog`ini yoki xo`jalik multimedia
qurilmalarini bog`lanish tarmog`ini keltirish mumkin.
4.10-rasm. WPAN - simsiz shahsiy tarmoq
2)
Lokal simsiz tarmoqlar ( WLAN- Wireless Local Area
Network ). Bunday turdagi simsiz tarmoqlar R=100m ga teng radiusli
hududlarda simsiz keng polosali kirish tarmog`ini
tashkil qilish uchun
qo`llaniladi. Bunday WLAN tarmoqlariga ofislardagi, mexmonxonalar,
aeroportlardagi, shuningdek xususiy xonadonlardagi simsiz kirish
tarmoqlarini (masalan Wi-Fi yasashda) misol keltirish mumkin.
81
4.11-rasm. WLAN- simsiz lokal tarmoq
3)
Shahar simsiz tarmog’i (WMAN-wireless Metropolitan Area
Network ) katta bo’lmagan aholi yashash punktlari hududida yoki katta
shaharlarning administrativ hududlarida (kvartal yoki boshqa.) simsiz
tarmoqlarni tashkil etishga mo’ljallangan. WMAN tarmog’i uzellari
orasidagi masofa 100 m dan bir necha o’nlab kilometrlargacha bo’lishi
mumkin. WMAN ga misol sifatida
kichiq shaharlardagi Wi-MAX
tehnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlarini obektlari tarqoq
joylashgan katta hududga ega tashkilot yoki zavodlar hududidagi simsiz
tarmoqlarni keltirish mumkin.
4.12-rasm. WMAN- Shahar simsiz tarmog’i
82
Shuningdek chet el davlatlarida ko’lami katta hududga yoyilgan
universitet simsiz tarmoqlarini kompus tarmoqlari (CAN-Campus Area
Network ) deyiladi.
Uyali mobil aloqa tarmoqlari regional yoki milliy masshtabdagi
hududlarda
120
km/soat
gacha
tezlikda
harakatlanayotgan
foydalanuvchilarni mobil (harakatdagi) aloqa bilan ta’minlashni ko’zda
tutadi. Uyali mobil aloqa tarmoqlarining strukturasi uzatish va qabul
qilishni amalga oshiruvchi uzellar (bazaviy stansiya - BTS) dan va bir
uzel xizmat ko’rsatish hududidan boshqa bir uzel hududiga ko’chib
o’tganda abonentlarning ayni paytdagi joylashgan uzel hududini
(joylashgan o’rnini shuningdek) aniqlash va bu abonentni uzliksiz aloqa
bilan ta’minlash vazifasini bajaruvchi kommutatsiya jihozlaridan tashkil
topadi. Tarmoqning qamrov hududi yacheykalarga (uyalarga) bo’linadi.
Transport tarmog’i sifatida elektr o’tkazgichli, radioreleyli va optik
kabelli tizimlardan foydalanilishi mumkin.
Ta’kidlanganidek simsiz keng polosali
tarmoqlar simsiz ulanishi
mobil stansiyalar (MS-abonentlar) ni o’zaro ulanishiga yoki bu MS larni
boshqa telekommunikatsiya tarmog’iga ulanishlarini ta’minlash
mumkun. Aynan qay bir vazifasi birlamchi hisoblanishiga bog’liq
ravishda BWN larni ikki xil kategoriyaga mumkin. BWAN (Broad
wireless access network) keng polosali simsiz kirish tarmoqlari. Bunday
BWAN
tarmog’ining
asosiy
vazifasi
MS
larni
boshqa
telekommunikatsiya tarmog’I
resurslariga simsiz ulanishlarini
ta’minlashdir. Masalan Wi-Fi va Wi-MAX texnologiyasi asosidagi
simsiz kirish tarmoqlari.
Uyali aloqani keng polosali tarmoqlari. Bunday simsiz keng
polosaning asosiy birlamchi vazifasi MS larni o’zaro bog’lanishlarini
ta’minlashdir.