Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari marketing faoliyatini tashkil etish




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#241237
1   2   3   4   5
Bog'liq
SIES0419

SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
 
International scientific-online conference 
78 
Bozorda tobora kuchayib boraѐtgan raqobat sharoitida kichik biznes 
sub’ektlarining muvaffaqiyatini ularning marketing faoliyati va marketing 
dasturlari samaradorligi belgilab beradi. Marketingning bugungi kundagi zarur 
vositalarini bilish va ularni amaliѐtga joriy etish kompaniyalarga bozorda 
muvaffaqiyatga erishishiga ѐrdam beradi. Kichik biznesdagi marketing 
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bozor mehanizmi elementlari, uning 
tamoyillari va funksiyalari bilan bog‘liq ravishda chuqur o‘rganmay turib 
iqtisodiѐtni rivojlantirish qiyin kechadi. 
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim asosidir, zero undan ko‘zlangan 
maqsad iste’molchilar ehtiѐjini aniqlash va ushbu ehtiѐjlarni qondirish 
maqsadida kichik korxona resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiѐtda 
raqobatni keskinlashtirish yo‘lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish 
yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishi 
samarali qo‘llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida 
boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi . 
Har bir kichik korxona o‘ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va 
o‘zining muayyan masalalarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi 
ham uning qaerda, qaysi tarmoqda qo‘llanilishiga qarab turlicha ko‘rinishda 
bo‘ladi. Marketologlar bozor muhitida resurs imkoniyatlari va iste’molchilar 
talabini muvofiqlashtirish jaraѐnida iqtisodiѐt tarmoqlarining o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olishlari kerakligining sabablaridan biri mana shunda. 
Kichik biznesda marketing texnologiyalari qo‘llanilishidagi jiddiy to‘siq bunday 
korxonalarning moliyaviy resurslari cheklanganligi bilan izohlanadi. Yirik ishlab 
chiqarish birlashmalarining (xoldinglar, korporatsiyalar), zarar ko‘rish xavfi 
mavjudligini bila turib marketing tadqiqotlariga, hech bo‘lmaganda eksperiment 
sifatida qo‘l urishga imkoniyati yetadi. Bunga ular an’anaviy texnologiyalarni rad 
etmagan holda qo‘l uradilar. Kichik korxona esa marketing uchun ulkan xarajatlar 
qilishga deyarli jur’at qilolmaydi. Biroq, bozorni o‘rganish ѐki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
(vositachisiz) savdo kabi marketing texnologiyalari har doim ham katta 
mablag‘larni talab qilavermaydi va ko‘p hollarda bu kabi marketing tadbirlarini 
korxona o‘z ichki resurslari bilan ham amalga oshirishi mumkin. Yana shunisi 
ham ma’lumki, marketing ishiga e’tiborsiz qarashdan ko‘rilgan bevosita zarar 
ko‘p hollarda “tejab qolingan” mablag‘lardan oshib ketadi . 
Marketing xizmatini tashkil qilish tamoyillari va shakllari asosida kichik biznes 
subyektlarida marketing xizmatlarini tashkil etish uchun ularning barchasida 
bunday ishlarni alohida shtatli xodimlar emas balki, korxona rahbari yoki uning 



Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari marketing faoliyatini tashkil etish

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish