Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari marketing faoliyatini tashkil etish




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#241237
1   2   3   4   5
Bog'liq
SIES0419

SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
 
International scientific-online conference 
79 
o‘rinbosari bajaradi. Marketing ishlari bilan birga bir nechta vazifalarni (hisobchi, 
menejer, texnolog, ta’minotchi va boshqa) olib borishadi. Bu rahbarlarning asosiy 
qismi oliy, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lsalarda, mutaxassisliklari bo‘yicha 
muhandistexnologdirlar. Ulaming ayrimlari hatto “marketing” so‘zining mazmuni 
haqida tushunchaga ega emas. Kichik korxonalarning aksariyat qismida 25 
tagacha ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ularning qariyb 90%i bevosita ishlab 
chiqarish ishtirokchilari hisoblanadi, qolgan qismi esa, bu jarayonda bilvosita 
qatnashadi. Kadrlar soni qancha kamchilikni tashkil etsa, korxonaning rahbari 
ham xo‘jalik operatsiyalarida to‘g‘ridanto‘g‘ri qatnashishiga to‘g‘ri keladi. 
Ularning asosiy qismi, tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo’lmagan va biznesni endi 
tashkil qilayotgan korxonalardir. Xodimlarining aksariyati bir-birining o‘rnini 
bosa oladigan malaka, tajribaga ega, mehnat taqsimoti va ixtisoslashish 
chuqurlashmagan, turli darajadagi masalalarni hal qilishni asosan, rahbar o‘z 
zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish miqdorini belgilash, ta’minot, boshqarish, 
mijozlarni jalb qilish va sotish ishlari ham korxona rahbarining asosiy vazifalariga 
kiradi.
Korxonada ishchilar sonini oshishi va faoliyatining kengayishi jarayoni mehnat 
taqsimotining chuqurlashishiga, o‘z navbatida, har bir xodim yoki ishchi alohida 
bajaradigan funksiyaga ega bo‘ladi. Shaxsiy tarkibi 25 ta va undan ortiq bo‘lgan 
korxona larda xuddi shunday jarayon kuzatiladi. Ularda ishlab chiqarish 
jarayonini boshqarish, hisobni olib borish, ta’minot, sotish ishlari alohida 
shaxslarga yuklanib, rahbar esa, umumiy nazoratni o‘rnatadi. Shunday bo‘lsada, 
korxonalarda marketing bo‘yicha shtat yoki bo‘lim tashkii qilinmaydi. Demak, 
adabiyotlarda keltirilgan tamoyillarga va shakllarga asoslangan, marketing 
xizmatlarini tashkii etishni korxona larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etib bo‘lmaydi. 
Shu boisdan, korxonalarga nisbatan marketingni tashkii qilishning o‘ziga xos 
tamoyilini taklif etish tabiiy zaruratdir. Bundan tashqari marketingni loyihaviy 
(vertikal) yoki matritsali tashkiliy shakllarini ham korxonalarga tatbiq etish amri 
mahol. Chunki, bunday shakllarda bir nechta marketolog mutaxassislar, ko‘proq 
moddiy va moliyaviy resurslar talab qilinadi. Korxonalarda esa, bunday 
imkoniyatlar mavjud emas. Shu sababli, ularga xos marketingning tashkiliy 
shaklini ham ishlab chiqish lozim. Ulaming xususiyatlarini hisobga olgan holda, 
marketing xizmatlarini tashkiliy tamoyili va shaklini ishlab chiqib, yangi modelini 
tuzish lozim.
Taklif etilayotgan model: KBSlarni shaxsiy tarkibining kamligi; ishlab chiqarish 
hajmining kichikligi; rahbar va xodimlarning ish bilan band vaqtlarining rejimi va 
boshqalar hisobga olingan holda tuzilgan. Ya’ni, KBS da xodimlami bir nechta 



Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari marketing faoliyatini tashkil etish

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish