SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
77
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI MARKETING
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Ashurov Jahongir Ergash o'g'li
Surxondaryo viloyati hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini
rivojlantirish, eksportga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash
guruhi bosh mutaxassisi.
jahongirrashurov@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.7197069
Annotatsiya. Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida
marketing va menejment faoliyatini tashkil qilish va bu borada amalda qilinishi
lozim bo’lgan ishlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan
Kalit so’zlar: innovatsion marketing, konsepsiya, xolding, korporatsiya, imidj.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga
murojaatnomasida “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini
boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni
tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori
texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-
uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib
sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa,
xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli
hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz
lozim“ ,- deb ta’kidlaganlar. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da 29-maqsad sifatida Tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun
sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga
va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan . Faol tadbikorlikni
shakllantirish va rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida
marketing faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kunda marketing tushunchasi biznesning falsafasiga aylanib ulgurdi va u
bugungi zamon kompaniyalariga iste’molchilar ehtiѐjlarini oldindan ko‘ra bilish
va iste’molchilar ehtiѐjlarini qondirish imkonini beradi. Marketing
texnologiyalaridan foydalanish bu faqat kompaniyada ishni tashkil etish va uni
boshqarish emas, balki boshqaruv jaraѐnlariga ijodiy ѐndoshuv hamdir.
|