|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 136-144“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023
138
muhim omil sifatida qaralmoqda. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik
quyidagi vazifalarni amalga oshira olishi bilan ahamiyatlidir:
bozor iqtisodiyotiga kerakli bo’lgan moyillikni beradi;
aholining moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarini yo’naltiradi (mehnat va
xom-ashyo resurslari);
raqobat muhitini yaratishda hissa qo’shadi;
ilmiy-texnik taraqqiyotning eng zarur yo’nalishlari bo’yicha taraqqiyotni
amalga oshiradi;
bandlik muammosini hal qiladi;
ijtimoiy zo’riqishni yumshatadi va bozor munosabatlarini demokratlashtiradi;
ko’pgina insonlarda o’z ijodiy imkoniyatlarini ochishda rag’bat yaratadi;
aholining ijtimoiy himoyalanmagan guruhlari mehnatidan foydalaniladi;
yosh kadrlarni malakasini oshiradi va ishlab chiqarishdagi tajribasini ortiradi.
Shundan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
respublikamizda keng ko’lamli islohotlar va modernizasiya yo’lini izchil davom
ettirishda asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Bunda, ayniqsa qishloq
xo’jaligiga berilayotgan e’tiborni misol keltirishimiz mumkin. Prezidentimiz Islom
Karimovning 2019 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
hamda 2020 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida
“2014 yilda mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish
hisobidan 1 millionga yaqin yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, shundan 60
foizga yaqini qishloq joylariga to’g’ri kelganligini qayd etib o’tdi”. Tadbirkorlarning
muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish xizmat ko’rsatish bo’yicha
faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonunida
ta’riflanishicha “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan qonuun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal
qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan
tashabbuskor faoliyat”. Tadbirkorlik faoliyati asosida bir qator shart va talablar
mavjud bo’ladi.
Birinchidan, tadbirkor Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab
chiqarish omillarini birlashtiradi va “kotalizator” vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar qabul qilishdek
qiyin bir vazifani zimmasiga oladi.
Uchinchidan tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo’lib yangi ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi.
To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan insondir.
|
| |