O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib kichik maktab o’quvchi yoshlarni tarbiyalashning imkoniyatlari




Download 51.04 Kb.
bet7/9
Sana29.04.2022
Hajmi51.04 Kb.
#20484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O
Мус.иш N4 ДТ
2.1.O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib kichik maktab o’quvchi yoshlarni tarbiyalashning imkoniyatlari
O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum . Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar bilan isbotlab berishgan.
O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham o’yin xuddi shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin.
O’yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea-xodisalarga munosabatining o’zgarishida, shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. SHuning uchun bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tushuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.
Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. Chunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi.
1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
2. Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.
O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang’ich sinf o’quvchilarda ham, yuqori sinf o’quvchilarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin.
Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin.
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi.
Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Sog’lom turmush tarzi inson madaniy, jismoniy, rivojlanishi, mehnat unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o’z ichiga olib, o’quvchilarni xar tomonlama garmonik yetuk, faol shaxs qilib tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Bolani o’yinga undagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to’g’risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni shaxsiy faoliyatida sinab ko’rish istagidadir, shuningdek, jamoa bo’lib o’ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin;
1. O’yin faoliyatida bola turli harakatlarni to’laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko’rsatishga ishtiyoqmand bo’ladi;
2. Keyinchalik esa barcha hatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi.
Bolaning o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri-bolada o’z hatti-harakatini kattalar faoliyati, hatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar, ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki iborat namunasi bo’ladi va kattalar uning xulq-atvor, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi.



Download 51.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 51.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib kichik maktab o’quvchi yoshlarni tarbiyalashning imkoniyatlari

Download 51.04 Kb.