• «Agdarish» o‘yini.
  • O‘zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir ommaviy
  • Drammalashgan o‘yinlar
  • Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati mundarija kirish




    Download 51.04 Kb.
    bet5/9
    Sana29.04.2022
    Hajmi51.04 Kb.
    #20484
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O
    Мус.иш N4 ДТ
    «Olomon poyga»o‘yini. Bunda bir guruh chavandozlar otni choptirib boraturib, qizlar irg’itgan xar hil rangli ro‘molchalarni ilib olishlari va o‘z egalariga keltirib berishlari lozim bo‘lgan. Shu baxonada xar bir yigit o‘zining chaqqonligi, dovyurakligi va jasoratliligini ko‘rsatgan.
    «Agdarish» o‘yini. Bu qadimiy sport o‘yini jangchilar orasida keng tarkalgan: ikki otlik yigit bir-birini otdan yiqitib tushurishga harakat qiladigan mana shu o‘yinda, albatta, dovyurak, kuchli va tadbirkor ishtirokchi golib chiqqan. Bellashuvda o‘zi mingan otni boshqarish maxorati ham katta axamiyatga ega bo‘lgan.
    «Uloq». Eng murakkab va qizikarli bu o‘yin X-XI asrlardayoq ma’lum bo‘lib, katta bayramlar va to‘ylarda o‘tkazilgan. To‘y boshlanishi oldidan bir guruh yigitlar belgilangan joyga to‘planishgan. U yerga so‘yilgan echkining tanasi tashlab qo‘yilgan. Yigitlar ba’zan bir necha o‘n kishidan iborat bo‘lib, ularning hammasi echki tanasini yerdan ko‘tarib olishga va atrofdagilarga berib ko‘ymay, marragacha olib borishga xarakat qilganlar. Bunda chaqqon, jasur, irodali, qiyin vaziyatda dovdirab kolmaydigan yigitlargina ulokni marragacha olib borgan.
    «Poyga». Bu o‘yin chavandozlarning uzoqqa ot choptirish bo‘yicha musobakasidir. Ana shu musobaka paytida qarindoshlarning bir-biriga yordamlashishi o‘yin ishtirokchisining otini kamchi bilan urishi, xay-xaylashi, hatto otning jilovidan tortishi ham mumkin bo‘lgan. Bu
    musobaqada epchil, irodali, xushyor yigitlar galabaga erishganlar. Xalq orasida kuchli odamlar juda xurmat qilingan, atrofdagilar ularga xavas bilan qaragan, taxsinlar aytgan. Shuning uchun belini boglab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalari va anjumanlarining ardoqli mehmoni bo‘lgan. O‘zaro kuch sinashiladigan o‘yin, ya’ni kurash tushish uzoq davrlardan xozirgacha o‘zbeklarning sevimli mashg’uloti va tomoshasi hisoblanadi
    O‘zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir ommaviy yig’inlarda albatta tashkil kilingan. Urush vaqtida qarama-qarshi ikki tomon o‘z qo‘shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa qilich, o‘k-yoy, nayzalar bilan jang qilishgan. Bordi-yu barcha qurollar ishdan chiksa, polvonlar o‘z qurollari, ya’ni mushtlashish bilan o‘z kuchlarini ko‘rsatishgan. Ana shu jangda raqibini yenggan polvonning tarafi bo‘lgan ko‘shin g’olib xisoblangan. Xozirgi o‘zbeklarning yanada qadimgi avlodlarida kurash an’anaviy odatlardan biri bo‘lgan. Binobarin, xozirgi kurash tushish juda kadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, jasoratni ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar kurashning tarixiy manbalari xisoblanadi. Kurash tushishning tafsiloti Zaxiriddin Muxammad Boburning asarlarida berilgan.
    Xalq o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘qigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Maxmud xind polvoni bilan bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda g’olib chiqqan va buning evaziga uning asirlikdagi o‘n ming nafar yurtdoshlari ozod kilingan.
    O‘zbek xalqi o‘yinlari orasida ayniqsa, dorboz va simvozlik san’ati aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashxur bo‘lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o‘tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko‘rilgan. Karnay-surnay va nogoralarning kattik sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to‘plangach, o‘yinlar
    boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida o‘ynayotgan dorbozning dadil xarakatlarini xayajon bilan kuzatishgan.
    Bir vaqtlar O‘zbekistonda yog’ochoyoq o‘yini keng tarkalgan. Yog’ochoyoq yugurib, sakrab, raqsga tushib va milliy cholgu asboblarida, karnay-surnay va xokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko‘rsatgan.
    O‘zbek xalqida hayvonlar va qushlar xaqidagi juda qiziqarli raqslar – «Kaptar o‘yini», «Chagalak», «Yumronqoziq», «Ot o‘yin» va xokazolar. Shuningdek, o‘zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «Qovok ekish», «Xo‘roz va tovuq», «Qoch bolam, qush keldi», «Ok terakmi ko‘k terak?» kabi o‘yinlar ham mashxur bo‘lgan. O‘zbek xalq o‘yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. An’analar, odatlar, shu jumladan, xalq o‘yinlari o‘zbeklar hayoti bilan boglik bo‘lib, avloddan-avlodga meros tarikasida o‘tib kelgan.
    Bolalar jamiyat rivojlanish bosqichida kattalar o‘yinlarini o‘ynaganlar. O‘zbek xalq o‘yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti o‘ziga xos shakllarda aks etgan.
    O‘zbek xalq o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
    Drammalashgan o‘yinlar:
    a) Hayotiy (tarixiy-hayotiy, madaniy-hayotiy, kasbkorlik-hayotiy);
    b) Kulgili o‘yinlar;
    v) qo‘shiq va raqs o‘yinlar.
    Mazmunli-rolli o‘yinlar:
    a) mazmunli – harakatli;
    b) sport - o‘yinlari;
    Ijodiy o‘yinlar.
    O‘zbek xalq o‘yinlarining tarixan vujudga kelishini taxlil qilib, drammalashgan o‘yinlar o‘zbek qo’girchoq teatrining negiziga aylangan
    qadimiy xalqning «Qo‘girchoq o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan, deya xulosa chiqardik.
    Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan ko‘girchoq mamlakat va kishilar hayotidagi tarixiy turmush voqealarini aks ettiradi. Madaniy-maishiy o‘zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go‘zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi. Harakatli, sport musobakasi o‘yinlari o‘quvchilarning harakat faolligiga asoslanadi va ularning mushaklarini, harakat a’zolarini rivojlantiradi.
    Ijodiy o‘yinlarga quyidagilar kiradi:
    - o’quvchilarning o‘zlari o‘zbek xalq ertaklari va afsonalari asosida yaratadigan o‘yinlar.
    Xalq o‘yinlari hayotiy vokealarga murojaat etib, ularni nixoyatda xilma-xil, o‘zining boyligi bilan badiiy obrazda ifodalanadi. Hozirgi sharoitda o‘zbek xalq o‘yinlari boshqacha tus oldi. Asosan, ularning maqsadi o‘zgardi, mazmuni yangilandi va variantlari paydo bo‘ldi. Masalan, «Uloq» o‘yini murakkab va o‘zbek xalqining g’oyat qiziqarli o‘yinidir. Hozirgi paytda bu o‘yinning mazmuni o‘zgargan. O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linib, 6-8 metrli aylana chizigining tashqarisida turadilar. Boshqaruvchi doira o‘rtasida turib o‘yinni boshqarishga ishora qiladi va to‘pni tashlaydi. O‘yinchilarning hammasi uni birinchi bo‘lib olishga harakat kiladi. Tupni boshqa o‘yinchining qo‘lidan tortib olib, doiradan tashkariga qochishga ruxsat etiladi.
    Pedagogik nuqtai-nazardan maktablarda o‘quvchilarga faqat qadimiy xalq o’yinlarining emas, balki hozirgi bosqichda vujudga kelgan o‘yinlarning xususiyatlarini ham ko‘rsatish yaxshi natija beradi.
    Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o‘zbek xalq o‘yinlari yosh avlodni tarbiyalash, kamol toptirishda tobora ta’sirchan omilga aylanib
    bormoqda. O‘zbek xalq o‘yinlarining vazifasini nazarda tutib, ulardan yangi insonni shakllantirishning muxim vositasi sifatida foydalanilmoqda.
    Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning turli avlodlari o’rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o’z maqsadi va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo’yicha davrlarosha o’zgarib borgan. Bu o’zgarishlar kishilar o’rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog’liq. Shundan kelib chiqib, tarbiyada Vatan himoyasiga tayyor, mehnatga ijtimoiy faoliyatga, hayotga har tomonlama rivojlangan komil insonni tarkib toptirishga e’tibor berish kerak.
    Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o’zaro bog’langan har birining mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo’ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo’lgan o’zbek xalq milliy o’yinlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana shu o’ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi.



    Download 51.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 51.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati mundarija kirish

    Download 51.04 Kb.